Barça uçastka saylov komissiyalari saylovga tayyor
Ayni kunlarda muhim siyosiy tadbir – Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va mahalliy Kengaşlarga bölib ötadigan saylovlarga tayyorgarlik jarayoni butun mamlakatimiz böylab yakuniy pallaga kirgan. Maʼlumki, Saylov Kodeksiga muvofiq uşbu muhim siyosiy jarayonga kamida oltmiş kun qolganida saylov uçastkalari tuziladi. Amudaryo tumanidagi uçastka saylov komissiyalari ham qonunçilikda körsatilgan muddatda şakllantirilib, öz faoliyatlarini qonun talablari asosida olib bormoqda.
Markazi Amudaryo tumani Ixtisoslaştirilgan maktabi binosida joylaşgan 93-sonli saylov uçastkasida tumanning Farovon mahallasida yaşovçi 1392 nafar saylovçilar röyxatga olingan. Binoda komissiyasi raisi, örinbosari, kotibi va aʼzolari hamda saylovçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan bölib, komissiya aʼzolari saylovni qonun talablari asosida ötkazişga alohida masʼuliyat bilan yondoşmoqdalar.
Uçastka saylov komissiyasi uçun maxsus xonalar ajratilgan bölib, uşbu xonalar va ovoz beriş xonasi belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan. Ovoz beriş xonasida yaşirin ovoz beriş uçun yetarli miqdorda kabinalar mavjud bölib, saylov byulletenlarini beriş uçun joylar ajratilgan hamda saylov qutilari örnatilgan. Uçastka saylov komissiyasi joylaşgan bino hamda ovoz beriş xonasi Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining Davlat bayroqlari, gerblari, saylov uçastkasining tartib raqami körsatilgan peşlavha, metall şkaf, yozuv anjomlari bilan taʼminlangan va yaşirin ovoz beriş kabinalari bilan taʼminlangan.
Qolaversa, binoda jismoniy imkoniyati çeklangan şaxslar uçun maxsus jihozlangan yaşirin ovoz beriş kabinasi, köçma saylov kabinasi, statsionar saylov qutisi, köçma saylov qutisi va boşqa zarur jihozlar ham taxt qilib qöyilgan.
Uçastka saylov komissiyasi aʼzolari uçastka böyiça saylovçilarning röyxatini aniqlaş va tasdiqlaş, fuqarolarni saylovçilar röyxati bilan taniştiriş, röyxatda yöl qöyilgan xatolar va noaniqliklar töğrisidagi arizalarni qabul qiliş hamda körib çiqiş va zarur hollarda röyxatga tegişli özgartirişlar kiritiş, saylov kuni öz yaşaş joyida böliş va ovoz berişda iştirok etiş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçilardan töldirilgan saylov byulletenlarini qabul qilib oliş, aholini saylov kuni va ovoz beriş joyi töğrisida xabardor etiş kabi vazifalarni öz muddatlarida bajarmoqdalar.
Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida esa 88-sonli uçastka saylov komissiyasi joylaşgan. Binoning kiriş qismida saylovçilar röyxati, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunçilik palatasiga, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşiga deputatlikka nomzodlar röyxati, ularning tarjimai hollari, siyosiy partiyalar va nomzodlarning saylovoldi dasturlari hamda boşqa zarur axborotlar mavjud bölgan bannerlar va plakatlar osilgan.
Bino zarur mebellar, orgtexnika vositalari, telefon, televizor, Saylov jarayonini boşqariş axborot tizimi talablariga javob beruvçi kompyuter va ularga kerakli bölgan moslamalar, uzluksiz internet aloqasi hamda yonğinga qarşi vositalar bilan taʼminlangan. Binoda siyosiy partiyalardan, fuqarolarning özini özi boşqariş organlaridan, boşqa davlatlar va xalqaro taşkilotlardan keladigan kuzatuvçilar uçun alohida joylar ajratilgan.
Uçastka saylov komissiyasining saylov byulletenlarini berişga masʼul aʼzolari uçun ajratilgan stollarda saylovçilar familiyasining boş harflari körsatilgan belgilar örnatilgan. Tibbiyot xonasi birlamçi tibbiy vositalar, birinçi tibbiy yordam körsatiş uçun zarur vositalar bilan taʼminlangan.
Zarur hollarda uçastka saylov komissiyasining töliq tarkibi iştirokida yiğilişlar ötkazilib, yiğilişlarda saylovga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilib borilmoqda va yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf qiliş böyiça zarur çoralar körilmoqda.
Bir söz bilan aytganda, Amudaryo tumanidagi barça uçastka saylov komissiyalari saylovga tayyorgarlik işlarini yakunlab, saylov kunida ovoz beriş jarayonini qonun talablari asosida taşkil qiliş masalasiga bor eʼtiborini qaratgan.
Şu örinda barça saylovçilarni öz konstitutsion huquqlaridan foydalangan holda saylovda qatnaşib, özlari munosib deb bilgan partiya va nomzodlarga ovoz berişga çaqiramiz.
Ğ.Yeşniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶