BOĞÇADA SOĞLOM TURMUŞ TARZI TARĞIB QILINDI
Jamiyatimizda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlodni murğak bolaligidan boşlab sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etişga örgatiş orqali ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bölib voyaga yetişlarini taʼminlaş nafaqat har bir ota-onaning, balki taʼlim-tarbiya sohasi xodimlari, şu bilan birga şifokorlarning ham zimmalaridagi masʼuliyatli vazifalaridir.
Bu borada Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari tomonidan muntazam ravişda amalga oşirilayotgan tibbiy-maslahat tadbirlari, taʼlim-tarbiya muassasalarida ötkazilayotgan “Salomatlik saboqlari” mavzusidagi profilaktik tadbirlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri joriy yilning 6-noyabr sanasida Amudaryo tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 43-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotida ham bölib ötdi.
“Salomatlik saboqlari” mavzusida ötkazilgan mazkur tadbirda tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari T.Saidova, M.Abdurahimova, G.Madiyorovalar hamda 43-sonli MTT xodimlari, şuningdek, muassasa tarbiyalanuvçilari iştirok etdilar.
Tadbirda şifokorlar muassasa xodimlariga tarbiyalanuvçilarda kundalik hayotda soğlom turmuş tarziga, xususan, şaxsiy gigiyena qoidalariga amal qiliş, tozalikka rioya etiş könikmasini şakllantiriş borasida tavsiyalar berdilar.
Şuningdek, tarbiyaçi-xodimlar uçun reproduktiv salomatlikni saqlaş, erta va qarindoşlar nikohining zararli oqibatlari, qandli diabet kasalligidan saqlaniş xususida hayotiy misollar orqali maʼlumot va kerakli tavsiyalar ham berdilar. Jajji bolajonlar esa qöllarini yuvib, toza yuriş muhimligi töğrisidagi maʼlumotlarga ega böldilir va şifokor opalarining maslahatlariga qatʼiy amal qilişga söz berdilar.
Mahmudjon Şomurodov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶