Navoiy, Çordara, Böston mahallalarida deputat yordami bilan tabiiy gaz bosimi yaxşilandi
Kunlar sovişi bilan tabiiy gazga bölgan ehtiyoj yanada ortadi. Insonlar salqin havodan panalanib, uyiga tomon şoşadi. Haqiqatan, issiqqina xonada ötirib dars tayyorlaydigan bolaning uyga vazifasi çala-çulpa qolib ketmaydi, issiqqina oşxonada ovqat qiladigan kelinçak doktorga kamroq körinadi, isitiş tizimi soz, tabiiy gaz bilan boğliq muammo bölmagan xonadon egalarining kayfiyati ham ijobiy böladi.
Xonadonlarimizga quvurlar orqali yetib keladigan qimmatli boyliklarimizdan biri bölgan tabiiy gaz Amudaryo tumani Manğit şahrida joylaşgan Çordara, Navoiy, Böston MFYlarda bir paytlari muammo edi. Tabiiy gaz bosimining pastligi aholining noroziligiga sabab bölib kelayotgan edi.
Muhtaram Prezidentimizning maxsus qarori asosida Qoraqalpoğistonda aholining turmuş farovonligini taʼminlaş va infratuzilmani yaxşilaş masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Qolaversa, oramizda xalq dardi bilan yaşab, xalqning duosini olib kelayotgan, savobtalab insonlar ham yöq emas. Ana şunday insonlarning biri – Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Quvonçboy Baymuratovning saʼy-harakatlari va taşabbusi bilan bu muammolar ijobiy yeçim topdi.
Deputatning amaliy yordami va gaz taʼminoti korxonasi xodimlarining saʼy-harakatlari tufayli Çordara hamda Navoiy mahallalari hududlaridan ötuvçi eski gaz quvurlari yangilanib, diametri 219 mm, uzunligi 4,8 km. bölgan yangi gaz quvurlari tortildi hamda yuqori bosimli gaz tarmoğiga ulandi.
Natijada Çordara mahallasidagi 386ta, Navoiy mahallasidaga 355ta hamda Böston mahallasidagi 412ta, jami 1 ming 153ta xonadonlar yetarli darajadagi gaz bosimi bilan taʼminlanib, köp yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri bartaraf qilindi.
Uşbu xayrli tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov ham qatnaşib, yangidan örnatilgan gaz quvurlarini borib kördi hamda mutasaddilarga qiş mavsumida aholini yetarli miqdorda tabiiy gaz bilan taʼminlaş böyiça körsatmalar berdi.
Inson hayotida qilgan yaxşiliklari qadar baxtli böladi, degan gap bor. Çindanda, suv çiqariş, biror joyni obod qiliş singari aholini tabiiy gaz bilan muammolarsiz taʼminlaş ham bir yaxşilik. Zero, quvurlar orqali kelayotgan tabiiy gazdan hosil böladigan issiq harorat köngillarga köçib, odamlar qalbini yanada ilitsa ajab emas.
Aziza Madrahimova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶