DEPUTAT XONIMJON RAJABOVA NOGIRONLIGI BÖLGAN FUQAROLAR BILAN UÇRAŞDI
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni Birlaşgan millatlar taşkiloti tomonidan 1992-yilda belgilangan va butun dunyoda keng nişonlanib kelinmoqda. Uning maqsadi – jamiyat hayotining barça sohalarida nogironlar ijtimoiy faolligini oşiriş, ularning huquqlarini himoya qiliş, şuningdek, nogironlar muammolariga keng jamoatçilik eʼtiborini jalb qiliş orqali nogironligi bölgan şaxslarning har qanday soğlom odamdan kam emasligini amalda namoyon etişdir. Mamlakatimizda, şu jumladan Amudaryo tumanida ham uşbu tadbirni nişonlaş anʼanaga aylangan. Nafaqat sana munosabati bilan, balki yil davomida, turli bayramlarda ham tumanning turli hududlarida istiqomat qiluvçi nogironligi bölgan şaxslarga hurmat-ehtirom körsatiladi.
“Bir miskin köngilni şod etiş – Kaʼbatullohni ziyorat qiliş bilan barobar”, deydi dono xalqimiz. Haqiqatan ham salgina mehr va eʼtibordan qalblari bir olam şodlikka töluvçi nogironligi bölgan insonlarning quvonçlariga şerik böliş, orzu-intilişlarini rağbatlantiriş, ularning muammolarini hal etişga kömaklaşiş, haq-huquqlarini himoya qiliş har bir soğlom insonning burçidir.
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi deputati Xonimjon Rajabova Xalqaro nogironlar kuni arafasida Manğit şahrining Boyovul mahallasida istiqomat qiluvçi nogironligi bölgan fuqarolar bilan uçraşdi va özining deputatlik vakolati doirasida ularning muammolarini örganib, orzu-intilişlarini rağbatlantiriş maqsadida dildan suhbat ötkazdi.
Deputat mahallada yaşovçi 1992-yilda tuğilgan II guruh nogironi Inobat Karimova, Bahor köçasida istiqomat qiluvçi, 1977-yilda tuğilgan I guruh nogironi Salomat Kazakova, Qiliçboy köçasida yaşovçi, II guruh nogironlari, 1988-yilda tuğilgan Ravşan Atabayev va 1992-yilda tuğilgan Şoira Yerlapasova hamda 1996-yilda tuğilgan Yulduz Gabdulxabirovalar bilan uçraşib, ularga bayram munosabati bilan şaxsiy sovğalarini topşirdi.
Nogironligi bölgan fuqarolar orasida şunday insonlar ham borki, soğlom odamlarga nisbatan ularning imkoniyatlari çeklangan bölsalar-da. alohida qobiliyatlari bilan ajralib turişadi. Boyovul mahallasida ham bunday iqtidor egalari talaygina. Ulardan biri – I guruh nogironi Salomat Kazakova şeʼriyat, adabiyot şaydosi. U “men nogironman”, deb özining könglini özi çöktirmadi. Öz ustida tinimsiz işlab, biri-biridan dilbar şeʼrlar, hayotiy hikoyalar yozdi. Yozganlari tuman va respublika miqyosidagi gazetalarda yoritilib, davriy naşrlar orqali keng ommaga tarqatilganida, uni har doim ijod qilişga undagan ustozlari – “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati ijodkorlarining işonçini oqlaşga intildi. Salomatning turli davriy naşrlarda çop etilgan ijod namunalari möʼjaz bir kitob bölgulik.
Xonimjon Rajabova Boyovul mahallasida istiqomat qiluvçi nogironligi bölgan fuqarolar bilan uçraşuvida dildan, samimiy muloqot qiliş orqali ularning har biriga maʼnaviy kuç va bayramona kayfiyat bağişladi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶