OYBEK NOMLI MAHALLADA “XUSNIYA KIDS” NODAVLAT MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTI ÖZ FAOLIYaTINI BOŞLADI
Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya işlarini zamon talablari darajasida taşkil etiş, sohaga innovatsion ğoyalarni keng joriy qiliş hamda nodavlat taʼlim taşkilotlari faoliyatiga keng yöl oçişga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli bugungi kunda, ayniqsa, maktabgaça taʼlim tizimi jadal rivojlanmoqda. Nodavlat maktabgaça taşkilotlarining ham yil sayin nufuzi va taʼlim-tarbiya sifati tobora yaxşilanib, natijada maktabgaça taʼlim yoşidagi bolalarni qamrab oliş körsatkiçi oşib bormoqda. Sohaga tadbirkorlarning jalb qilinişi aholining maktabgaça taʼlim taşkilotlariga bölgan talab va ehtiyojlarini qondiriş imkonini beriş bilan birga yangi iş örinlarining ham paydo bölişiga zamin yaratmoqda.
Amudaryo tumanida ham Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgaça taʼlim tizimini yanada rağbatlantiriş va rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga köra, maktabgaça taʼlim tizimida nodavlat sektor iştirokini yanada rivojlantiriş, maktabgaça taʼlim tarmoğini kengaytiriş, xususiy MTTlarni taşkil etiş istagida bölgan tadbirkorlarga zarur şart-şaroitlar yaratib beriş, quriliş-taʼmirlaş işlarida yaqindan kömaklaşiş va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan eʼtibor va rağbat tufayli köplab xususiy muassasalar faoliyati yölga qöyilmoqda.
Ana şunday nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan biri yangi 2025-yilning ilk haftasida Manğit şahrining Oybek nomli mahallasida ham taşkil etilib, öz faoliyatini boşladi.
Bugungi kunda mazkur mahalla hududida 1ta davlat, 2ta oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari mavjud bölib, ularda 373 nafar kiçkitoylar tarbiyalanayotgan edi. Yangidan taşkil etilgan “XUSNIYA KIDS” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti esa 120-öringa möljallangan bölib, 4ta guruhning har biriga 30 nafardan bolajonlar qamrab olinişi rejalaştirilgan.
Muassasaning oçiliş marosimida Amudaryo tumani hokimining moliya, iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Faxriddin Yusupov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomurodov, mahalla fuqarolar yiğini masʼullari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
“XUSNIYA KIDS” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotini taşkil etiş, muassasa binosini quriş va jihozlaş uçun tadbirkorning salkam 3 mlrd söm öz mablaği yönaltirilib, şuning 2,4 mlrd sömi quriliş va rekonstruktsiya işlari uçun, 500 million sömdan ortiq qismi esa binoni töliq jihozlaş uçun sarflandi.
Gulxumor Qozoqboyeva rahbarligida öz faoliyatini boşlagan mazkur maktabgaça taʼlim taşkilotida bolajonlarning yayrab ulğayişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan. Xususan, yumşoq örindiqlar, bolalarning töyib uxlaşlari uçun qulay va zamonaviy divan-karavotlar bilan jihozlangan dam oliş xonasi, turli ertak qahramonlari, ona tabiat manzaralari bilan bezatilgan, biri-biridan yoqimtoy öyinçoqlar turkumlarini özida mujassam etgan öyinxona, yuviniş va kiyimlarni almaştiriş xonalari, tantanalar zali, oşxona va ovqatlaniş xonalari körgan közni quvontiradi.
Tadbirkor Feruza Madrahimova tomonidan taşkil etilgan “XUSNIYA KIDS” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti iş boşlaşi bilan 15 nafar ayol-qizlar doimiy iş bilan taʼminlandi. Muassasa töliq quvvat bilan faoliyat yuritişni boşlagaç, yaʼni 4 ta guruhning har biriga 30 nafardan bola qamrab olingandan keyin iş örinlarini yanada kengaytiriş rejalaştirilgan.
– Maqsadimiz – xalqimizga munosib xizmat qiliş, – deydi tadbirkor Feruza Madrahimova. – Davlatimiz tadbirkorlar uçun keng imkoniyatlar yaratib bermoqda. Fidoyi mehnat qilgan tadbirkorga esa eʼtibor va ğamxörlik körsatilayotir. Bunga javoban biz tadbirkorlar ham yanada yaxşiroq, yanada faolroq işlaşimiz kerak.
Biz esa el-yurt manfaati yölida xizmat qilişga bel boğlagan Feruza Madrahimovaga:
– Ezgu işlaringizda omad va muvaffaqiyatlar yor bölsin, – deya tilak bildirdik.
Iroda ERDOŞEVA, Qoraqalpoq davlat universiteti Jurnalistika fakulteti 2-bosqiç talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶