28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:28
Fan va taʼlim 👁 413

MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY TAVALLUDINING 150 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

MAHMUDXOʻJA BEHBUDIY TAVALLUDINING 150 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI

Inson hayotida ilm-maʼrifatning oʻrnini hech narsa bilan qiyoslab boʻlmaydi. U biz uchun yoʻlchi yulduz misoli. Bugungi shiddatli axborot asrida yosh avlod tarbiyasiga jiddiy qarash zaruriy ehtiyojga aylandi. Shunday ekan, yurtimizda ham muhim islohotlar olib borilayotgan bir paytda, davr talablariga mos, har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, masʼuliyatli, tashabbuskor, zamonaviy texnologiyalarni mukammal oʻzlashtirgan, shijoatli va iqtidorli yoshlarni tarbiyalash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Prezident maktablari tizimidagi Amudaryo ixtisoslashtirilgan maktabi pedagogik jamoasi ham shu maqsad yoʻlida harakat qilishmoqda. Bu borada oʻquvchilarning erishayotgan yutuqlari ham quvonarli. Ayniqsa, noanʼanaviy uslubdagi dars mashgʻulotlari, darsdan tashqari tashkil qilinayotgan turli fakultativ kurslar va iqtidorli yoshlarning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklar oʻquvchilarning istiqboli uchun oʻzining samarali taʼsirini koʻrsatib kelmoqda.

Ayni kunlarda maktabda jadid bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bagʻishlangan adabiy-badiiy kechalar oʻtkazilib, bu tadbirlarga deyarli barcha sinflarning oʻquvchilari qamrab olinmoqda.

Ana shunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan biri Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazildi. “Mahmudxoʻja Behbudiy ­– buyuk maʼrifatparvar olim” mavzusida oʻtkazilgan tadbirni tashkil etishda maktabning “Turon” teatr toʻgaragi oʻquvchilari faol ishtirok etishdi. Shuningdek, Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Mahmudxoʻja Behbudiy ijodiga mansub asarlar, buyuk bobokalonimizning jadidchilik faoliyatiga oid tarixiy adabiyotlar, suratli lavhalardan iborat koʻrgazma ham namoyish qilinib, oʻquvchilar tomonidan Behbudiy haqida maʼruzalar oʻqildi, turli sahna koʻrinishlari, viktorina oʻyinlari, sheʼrlar va kuy-qoʻshiqlar ijro qilindi.

Tadbir davomida oʻquvchilarga jadidchilik haqida keng tushunchalar berildi. Unga koʻra, jadidchilik oqim emas, balki harakatdir. Bu – ijtimoiy, siyosiy, maʼrifiy harakat ekanligi yuzasidan fikrlar aytilib, yaqin kunlargacha ham u faqat maʼrifatchilik harakati deb kelinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etildi. Aslida esa bu harakat oʻzining samarali faoliyati bilan jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta olgani va uygʻonish mafkurasi boʻlib xizmat qilgani, mustaqillik uchun kurash olib borgani toʻgʻrisida mufassal soʻz yuritilib, buyuk bobokalonimiz Mahmudxoʻja Behbudiyning bu boradagi beqiyos katta xizmatlari faxr bilan eʼtirof etildi.

Xususan, uning gʻayrati va tashabbusi bilan dunyo koʻrgan Turkiston muxtoriyati bu yoʻldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi boʻldi. Shu barobarida maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab, qayta ishlab chiqdi. Jadidchilik harakatining mazmun-mohiyati haqida, Mahmudxoʻja Behbudiy va bobomizning zamondoshlari boʻlgan jadidchilik harakati aʼzolarining ilm-maʼrifat yoʻlida qilgan ezgu ishlari haqida tadbirda yoshlarga yetarlicha maʼlumotlar berildi.

Bundan tashqari, Behbudiy tavalludining 150 yilligiga bagʻishlab oʻquvchilar orasida insholar tanlovi va ochiq dars ham tashkil qilindi. Tanlov yakunlariga koʻra 8-02-sinf oʻquvchisi Ruxsora Ziyatboyeva yozgan insho eng yaxshi yozilgan insho deb eʼtirof etildi va 1-oʻringa munosib koʻrildi. 2-oʻringa 9-01-sinf oʻquvchisi Diana Jumaboyeva, 3-oʻringa esa 8-02-sinf oʻquvchisi Rayhona Erdosheva yozgan insholar munosib deb topildi.

Behbudiyning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ochiq darsni maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Yulduz Tursunboyeva tashkillashtirdi. U mazkur darsi orqali 9-03-sinf oʻquvchilariga Mahmudxoʻja Behbudiyning oʻz faoliyati davomida Turkistonda jadidchilikni rivojlantirishga qoʻshgan mislsiz katta hissasi xususida batafsil tushunchalar berdi.

Mahmudxoʻja Behbudiy xotirasiga yuksak ehtirom ruhida oʻtkazilgan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni tashkillashtirishda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Muyassar Rahmatullayeva, ona tili fani oʻqituvchilari hamda Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari oʻzaro hamkorlik qilishdi.

Hamkorlikdagi saʼy-harakatlar zamirida esa yoshlarni ilmga qiziqtirish, ularga toʻgʻri yoʻnalish berish, ustozlar bilan ishlash, turli sohalarga oid bilimlarini, ayniqsa, kasb-hunar egallashga boʻlgan intilishlarini ragʻbatlantirish, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida buyuk ajdodlarimiz xotirasiga va ularning maʼnaviy merosiga chuqur hurmat tuygʻusini uygʻotish kabi ezgu niyatlar mujassam.

Yulduz TURSUNBOYeVA, maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026