Noodatiy ösimliklar olami
Ösimliklar va hayvonot dunyosi Yer yuzidagi hayotning ikki asosiy şakli bölib, ular bir-biridan farq qilsa-da, özaro çambarças boğliq. Ösimliklar hayvonlar uçun oziq-ovqat va boşpana vazifasini ötasa, hayvonlar esa ösimliklarning tarqalişiga yordam beradi. Har ikkisi ham ekotizim muvozanatini saqlaşda muhim rol öynaydi.
Barçamizga maʼlumki, hayvonlar yoki ötxör, yoki yirtqiç turmuş tarziga ega. Xöş, bu holat ösimliklar dunyosida qanday keçadi? Yirtqiç ösimliklar ham mavjudmi?
Nepentes – yirtqiç ösimliklar turkumiga mansub bölib, fanda uning 170ga yaqin turi mavjudligi aniqlangan. Uşbu ösimliklar asosan tropik va subtropik hududlarda, masalan, Janubi-Şarqiy Osiyo, Avstraliya va Madagaskarda uçraydi. Nepentes boşqa ösimliklardan farqli ravişda haşarotlar, örgimçaklar va hatto mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi.
Nepentesning eng diqqatga sazovor jihati – uning közaçalaridir. Uşbu öziga xos tuzilma ösimlikning barglaridan hosil bölib, öljani jalb qiliş va uşlaş uçun xizmat qiladi. Közaçaning içki qismi şilimşiq suyuqlik bilan qoplangan bölib, bu öljani hazm qiliş jarayonini osonlaştiradi.
Nepentes turli şakl va ölçamlarga ega. Ayrim turlari juda kiçik bölsa, boşqalari bir neça litr suyuqlik siğdira oladigan darajada yirik bölişi mumkin.
Nepentesdan taşqari, boşqa köplab yirtqiç ösimliklar ham mavjud. Ulardan biri Sarraseniya bölib, u Şimoliy Amerikada uçraydi va haşarotlarni uşlaş uçun nay şaklidagi barglaridan foydalanadi. Dioneya, yaʼni Venerina çangak, öziga xos "qopqon" barglari yordamida haşarotlarni uşlaydi va asosan Şimoliy Karolina hududida uçraydi. Drosera esa yopişqoq suyuqlik bilan qoplangan barglari orqali haşarotlarni öziga tortadi va deyarli barça qitʼalarda tarqalgan.
Yirtqiç ösimliklarning suvda yaşovçi turlari ham mavjud bölib, ular asosan suvdagi mayda organizmlar bilan oziqlanadi. Ultrikulariya özining maxsus pufakçalari yordamida suvdagi mayda hayvonlarni uşlaydi va hazm qiladi. Aldrovanda esa Dioneyaga öxşaş "qopqon" barglari orqali öz öljasini uşlaydi.
Yirtqiç ösimliklar tabiatda muhim rol öynaydi. Ular haşarotlar va boşqa mayda hayvonlar sonini tartibga solişga yordam beradi. Şuningdek, bunday ösimliklar kam uçraydi va köpçiligi yöqolib ketiş xavfi ostida.
Nepentes va unga öxşaş yirtqiç ösimliklar – tabiatning ajoyib möʼjizalaridan biridir. Ularning noyob yaşaş tarzi va oziqlaniş xususiyatlari olimlar uçun qiziqarli tadqiqot obʼekti hisoblanadi.
Internet maʼlumotlari asosida QDU talabasi Zulfizar Ollomberganova tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶