Uruş faxriylari – jasorat va vatanparvarlik namunasi
1989-yil 15-fevral – Sovet Ittifoqi qöşinlarining Afğoniston hududidan töliq olib çiqilgan kun sifatida tarixga muhrlangan. Bu sana butun xalqimiz uçun unutilmas voqea bölib qoldi. Afğon uruşi u yerda jang qilgan askarlar, ularning oilalari va jamiyat hayotiga katta taʼsir körsatgan maşʼum voqealardan biri edi. Oradan 36-yil ötgan bölsa-da, bu uruş izlari hali ham öçmagan.
Şu kunlarda yurtimizda Afğon uruşida qatnaşgan faxriylarga hurmat va eʼtibor körsatiş maqsadida turli tadbirlar ötkazilmoqda. Ana şunday jasur insonlardan biri – Afğon uruşi faxriysi, Amudaryo tumanining faxrli farzandi Maxsud Murodov “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş uçun” medali bilan taqdirlandi. Şu munosabat bilan Amudaryo tuman Mudofaa işlari bölimi boşliği, mayor Şuhrat Mamatov, Özbekiston “Veteran” jangçi-faxriy va nogironlar birlaşmasining vakili Bahodir Jumaniyozov hamda uyuşma aʼzolari uning xonadoniga taşrif buyurib, holidan xabar olişdi.
Maxsud Murodov 1961-yil 4-fevralda Amudaryo tumanida tuğilgan. Maktabni 1978-yilda tugatgaç, 1979-yilda harbiy xizmatga çaqirilgan. U Afğonistonning Qobul şahrida xizmat qilib, jang maydonida oddiy askarlikdan serjantlikkaça kötarilgan. Namunali xizmati tufayli u nafaqat jasur jangçi, balki haqiqiy vatanparvar sifatida şakllangan.
Harbiy xizmatdan qaytganidan söng, Maxsud Murodov öz hayotini suv xöjaligi sohasiga bağişladi. 1982-yilda Anora Qöçqorova bilan oila qurib, tört farzandning mehribon otasiga aylandi. Bugungi kunda ham Maxsud Murodov oilasi, mahallasi va barça amudaryoliklar uçun qadrli inson hisoblanadi.
Şu kuni yana bir Afğon uruşi faxriysi – Saʼdulla Yuldaşev ham “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş uçun” medali bilan taqdirlandi. U 1969-yil 1-fevralda Tölqin ovulida tuğilgan. Maktabni tugatganidan söng, 1987-yilda harbiy xizmatga çaqirilgan. Samarqandda boşlanğiç harbiy tayyorgarlikdan ötib, Afğonistonning Qandahor viloyatiga yuborilgan. 1988-yilda esa xizmatini Rossiyaning Saxalin viloyatida davom ettirgan.
1989-yilda harbiy xizmatni tamomlab, öz qişloğiga qaytgan Saʼdulla Yuldaşev köp yillar qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yuritdi. Oila qurib, turmuş örtoği Oqçagul Kenjaboyeva bilan 3 nafar farzandni jamiyatga naf keltiradigan insonlar qilib tarbiyalaşdi.
Afğon uruşida iştirok etgan, öz hayotini Vatanga xizmat qilişga bağişlagan bunday insonlar yuksak hurmat va eʼtiborga sazovor. Ular jasorat va matonat timsoli sifatida bugungi yoşlar uçun örnak sanaladi. Mamlakatimizda bunday mard yurtdoşlarimizning hayot yöli, fidokorona xizmati va vatanparvarlik ruhi hamişa qadrlanadi.
Davlatimiz tomonidan harbiy faxriylarni qöllab-quvvatlaş, ularning ijtimoiy himoyasini taʼminlaş va jasoratlarini yoş avlodga yetkaziş borasida olib borilayotgan işlar ham alohida ahamiyatga ega. Zero, tarix – nafaqat yodgorliklar va obidalar, balki jasur insonlar xotirasi va ularning ibratli işlari orqali ham qadrlanadi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶