Axborot almaşinuvining jamiyat taraqqiyotidagi örni
Asrimizda axborot va zamonaviy texnologiyalarining çeksiz imkoniyatlari natijasida globallaşuv şiddat bilan rivojlanib bormoqda. Bu jarayonda milliy çegaralar ahamiyati kamayadi, turli davlatlarning iqtisodiyoti, madaniyati va texnologiyalari bir-biriga yanada yaqinlaşadi.
Inson hayoti axborot almaşiş bilan boğliq bölgan hozirgi kunni axborot-kommunikatsiya vositalarisiz tasavvur qiliş qiyin. Yangi xabarlar, ob-havo maʼlumotlari, siyosat va iqtisodiyotdagi özgarişlar jamiyat uçun muhim ahamiyatga ega. Axborot almaşiniş tizimi kun sayin jahonning turli burçaklaridagi insonlar bilan aloqa örnatiş, yangi fikrlar, ğoyalar almaşiş va raqobatlaşiş imkoniyatini taqdim etadi. Bu esa global axborot maydonini yaratişga xizmat qiladi.
Zamon rivojlangani sari ayrim jamiyatlarda anʼanaviy axborot yetkaziş vositalari, masalan, matbuot naşrlarining ahamiyati kamayib bormoqda. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalar, xususan, Telegram, YouTube, Instagram va Facebook kabi ilovalar jamiyatning axborotlaşuvi uçun yanada zarur vositalarga aylandi. Bu texnologiyalar iş unumdorligini oşirib, axborotni tezkor va qulay yetkazişga yordam bermoqda.
Elektron axborot tizimlari özining köplab afzalliklariga qaramay, salbiy taʼsirlarga ham ega. Uzoq vaqt mobaynida axborotni tinimsiz kuzatiş insonning psixologiyasiga salbiy taʼsir qilib, stress va depressiyaga olib kelişi mumkin. Kompyuter vizual sindromi, yaʼni köz çarçaşi, qizarişi va qurişi kabi muammolar ham köpaygan. Axborot almaşiş jarayonida turli xil yot ğoyalar va manipulyatsiyalarga tuşib qoliş holatlari uçrab, inson ongini buzişi mumkin.
Inson ongidagi fikrlaş va tafakkur jarayoniga sunʼiy intellektning taʼsiri ham ortib bormoqda. Sunʼiy aql texnologiyalari inson aqlining imkoniyatlarini qiyoslab bölmaydigan darajada rivojlantirib, köp sohalarda odamlarning faoliyatini avtomatlaştirayotgani haqidagi prognozlar aytilmoqda. Olimlar kelajakda sunʼiy intellekt yordamida işlayotgan robotlar iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda katta özgarişlarga olib kelişi mumkinligini taʼkidlamoqda.
Şuningdek, axborot texnologiyalari har bir sohada yangi kasblar va ixtisosliklar yaratgani holda, anʼanaviy kasb egalariga ehtiyojni kamaytirmoqda. Şunga qaramay, uşbu texnologiyalar insonning vaqtini, mablağini tejaşiga va hayotini osonlaştirişga qaratilgan. Axborot almaşinuvi va texnologiyalarning rivojlanişi insonni global darajada yaqinlaştirmoqda, ammo şu bilan birga, jamiyatni ijtimoiy faollik, psixologiya va iqtisodiy jarayonlar asosida tinimsiz kuzatişni talab qilmoqda.
Diyorbek Jumaboyev, QDU talabasi, tahririyat amaliyotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶