28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:18
Jamiyat 👁 488

FVVning Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilariga tavsiyanomalar topshirildi

FVVning Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilariga tavsiyanomalar topshirildi

Maʼlumki, har yili Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida harbiy xizmatchilarga tegishli tartibda tavsiyanomalar topshiriladi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, yuqori natijalarga erishgan askarlarga ham qoʻmondonlikning shu kabi tavsiyanomalari Amudaryo tumanida tantanali ravishda topshirildi.

Marosimda Muhandislik muhofaza va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Nurmuxammad Saidov, Amudaryo tuman xokimi Sobir Xoʻjametov, tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Muxametali Xojamuratov, Milliy Gvardiyaning tuman boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Baxtiyor Atajanov, tuman Mudofaa boʻlimi boshligʻi Shuhrat Mamatov, Afgʻon urushi faxriylari hamda askarlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston hamda Qoraqalpogʻiston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi.

Muhandislik muhofaza va qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi boshligʻi polkovnik Nurmuxammad Saidov taqdirlash marosimini kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻzga chiqib, oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar olayotgan barcha askarlarni tabrikladi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar bunday imkoniyatlar yoshlar kelajagi uchun poydevor boʻlishi, ularning hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmak berishi xususida soʻz yuritdilar.

Taʼkidlanganidek, tavsiyanomalar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan, jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha yuksak natijalarga erishgan, zaruriy bilim saviyasiga ega, namunali harbiy intizomini namoyon etgan eng munosib harbiy xizmatchilarga harbiy qism komandiri tomonidan beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga harbiy qismlar qoʻmondonligi tomonidan oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.

Marosim davomida Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi boshligʻining 2025-yil 7-martdagi buyrugʻiga asosan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishlari uchun imtiyozli tavsiyanomalarga loyiq deb topilgan askarlar taqdirlandi. Xizmat mobaynida oʻzining tartib-intizomi, xulq-atvori, masʼuliyatini namoyish etgan, namuna koʻrsatgan askarlarga tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Qayd etish joizki, Qoraqalpogʻiston Respublikasining mahallalarida “Obod xonadon”, “Obod koʻcha”, “Obod mahalla”, “Yashil belbogʻ” hamda ichki yoʻllarni taʼmirlash mezonlarini bajarish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasida amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi 1-muhandislik qurilish batalonining 220 nafar shaxsiy tarkibi Amudaryo tumaniga jalb etilgan edi. Ular tumanda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qoʻshdilar. Tadbir mobaynida askarlar va ularning ota-onalari soʻzga chiqib, berilayotgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, taqdirlash marosimi tuman Madaniyat boʻlimi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Xonandalar Vatan, tinchlik va doʻstlik haqida kuy-qoʻshiqlar ijro qilishdi. Tadbir raqqosalarning betakror raqslari bilan bayramona kayfiyatda oʻtdi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026