Matematikaning real hayotdagi qöllaniliş yönalişlari
Matematika – insoniyat tarixida eng qadimgi va eng muhim fanlardan biri hisoblanadi. Bu fan nafaqat nazariy bilimlar yiğindisi, balki kundalik hayotimizning barça sohalarida amaliy yeçimlar topişga xizmat qiluvçi vosita sifatida ahamiyatlidir. Har kuni odamlar savdo qilişda, binolar qurişda, moliyaviy qarorlar qabul qilişda yoki hatto taom tayyorlaşda matematikaga murojaat qiladilar.
Bugungi kunda matematikaning amaliy qöllanilişi yanada kengayib bormoqda, çunki zamonaviy texnologiyalar, sunʼiy intellekt va katta maʼlumotlar bilan işlaşda matematik bilimlar muhim örin tutadi. Uşbu mavzu öquvçilarga matematikani real hayotda qanday qöllaş mumkinligini körsatişga qaratilgan.
________________________________________
1. Iqtisodiyot va moliya
Matematika iqtisodiyotda muhim rol öynaydi. Banklar foizlarni hisoblaşda, investitsiya rejalari tuzişda va valyuta kurslarini tahlil qilişda matematik formulalarga tayanadi.
Masalan: Öquvçilarga oddiy foizni hisoblaş böyiça masalalar beriladi:
• "Agar siz bankka 10 million sömni yillik 12% foizda qöysangiz, 5-yil içida qança daromad olasiz?"
Bu kabi misollar öquvçilarning moliyaviy savodxonligini oşiradi.
2. Texnologiya va muhandislik
Kompyuter dasturlaşdan tortib, sunʼiy intellekt yaratişgaça bölgan jarayonlarda matematika asosiy vosita hisoblanadi. Fizika va muhandislikda matematik modellar yordamida yangi texnologiyalar loyihalaştiriladi.
Amaliy topşiriq: Öquvçilarga köprikning oddiy maketini yaratiş uçun uçburçak geometriyasidan foydalanişni örgatiş.
3. Tibbiyot
Tibbiyotda matematikadan tahlillar va prognozlar tuzişda foydalaniladi. Epidemiyalar tarqaliş tezligini ölçaşda matematik algoritmlar qöllanadi.
Masalan: Öquvçilarga quyidagi misol beriladi:
• "Agar har kuni 5% yangi kasallaniş qayd etilsa, bir oyda jami qança odam kasallanadi?"
Bu orqali ular matematik progressiyani tuşunadilar.
4. Arxitektura va dizayn
Binolarni loyihalaşda, şuningdek, dizayn yaratişda simmetriya, nisbatlar va geometrik hisob-kitoblar zarurdir.
Misol: Öquvçilarga uy maketini loyihalaş topşiriği beriladi. Bu ularni ijodkorlik va matematikani birlaştirişga undaydi.
5. Kundalik hayotdagi qöllaniliş
Oddiy xarid qiliş, ovqat tayyorlaş yoki vaqtni rejalaştirişda ham matematika öz örniga ega.
Misol:
• "Bir kunda 3 soat kitob öqigan öquvçi bir haftada jami qança vaqt öqiydi?"
Bu oddiy misollar orqali öquvçilarda matematik tafakkur şakllanadi.
Zulfiya Matkarimova, 19-sonli maktabning matematika fani öqituvçisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶