HAYoTDAGI USTOZIM
“Otasining izini bosibdi”. Bu iborani men öz maʼnosida tuşunganman. Maktab direktori bölib işlagan dadam tong yorişişi bilan maktabga otlanar, çoyimni çala içgan qizaloq – men uning orqasidan ergaşardim. Har kuni dadam bosgan izni bosişga harakat qilardim. Agar biror sabab bölib, izlarini bosa olmasam, “Endi öqituvçi bölolmay qolaman”, – deb ökinardim.
Otamiz örgatgan tartibga köra, oilamizda qatʼiy mehnat taqsimoti mavjud bölib, yoşimizga yaraşa iş taqsimlanardi. Men öt örsam, Dilbar çaqaloqqa qaraydi, Bahrom tomorqaga suv tarasa, Ikrom tovuqlarga don beradi. Keçgi ovqatgaça har birimizdan hisobot olgan dadam qay birimizni maqtar, qay birimizga boşlarini çayqab qöyardi. Ularning ikki oğiz maqtoviga erişiş uçun aka-ukalar rosa harakat qilardik.
Qizlar dadamizni juda-juda yaxşi körardik, har birimizni Toşkentga, oliygohga hujjat topşirişdan tortib, uç oydan bir uyga qaytganimizda Toşhovuzdami, Urgançdami, Nukusdami, kutib olişga doim özi çiqişiga örganib qolgandik. Yöl çarçoği ham darrov esdan çiqar edi. Dadamning hazil aralaş, erkalatib hol söraşlarini hozirgaça soğinamiz. Institutni qizil diplomga tugatib keldim, ammo, özimça öqituvçi bölmoqçi emasdim. Nizomiy nomli Toşkent Davlat pedagogika instituti filologiya fakultetidagi domlalarim ilmiy iş qilişni maslahat berişdi. Onamning köz yoşlariga çidamay, qişloqqa qaytdim. Redaktsiyada yo şu paytdagi komsomol qömitasida işlaşni istardim. Adabiyot olamiga yetaklagan ustozimiz Rajab aka Ahmedov kolxoz raisiga örinbosar böldilar, menga maktabda iş örni paydo böldi, men esa özimça, osmonlarda uçardim. “Qizim, maktabda sen tuğilgan elning bolalari öqiydi. Elning ertasi ularning qanday öqişiga boğliq”, – dedi dadam. Garçi, öşa vaqtda bu sözlar maʼnosini unçalik çuqur tuşunmasam ham, işga kirişdim. Aspiranturaga jönatişmaganlarining alamini işdan oldim, öquvçilarim tumandan respublika bosqiçigaça olimpiada ğoliblari bölişdi, qattiq işladim.
Sobiq Ittifoq deputatligidan tuman, Jöqorği Kenges deputatligiga qayta-qayta saylanganim ham elga qayişmoqlik qondan ötgani sababdir, balki? Xudoybergan akam oilaning kattasi, juda mehnatkaş, halol, kelişgan, öktam yigit edilar. Tuman suv xöjaligi, melioratsiya bölimi boşliği, kolxoz raisi, tuman hokimi örinbosari kabi masʼul lavozimlarda işladi. Akam tösatdan avariyaga uçrab, vafot etganida, birinçi marta dadamning yiğlaganini kördim. Bizningça toğday mustahkam va salobatli insonning farzand doğiga çiday olmay, faryod çekişini körganimda dadamning öğillariga qançalar suyanganliklarini his qildim. 32-yil maktab direktori bölib işlasa ham, partiyaga ötmagan dadam kiçik ukam Akbarjon töqqiz yilda farzand körganligini eşitganida, “Allohga şukur, birini oldi, birini berdi”, – deb yiğlaganida, undagi haqiqiy eʼtiqod nimaligini anglab yetdim.
Esimda, men birinçi sinfni tugatgan yilda dadam uyga televizor olib keldi. Qişloqda birinçi paydo bölgan televizorni körgani kelgan hamqişloqlarimiz körsatuvlar tugagunça ketmas, biz esa örnimiz solinişini kuta-kuta, joy tekkan yerda uxlab qolişimizga töğri kelardi. Kattagina oilaga pişirilgan oddiy taom barçaga yetar, qornimiz unça töymasa ham, örtoqlarimiz bilan ovqat yeganimizga quvonardik. Bugun yaxşi-yomon kunlarimizda uylarimizdan odam arimasligi, rizqimizning butunligi ota-onalarimizning bağrikengliklari evaziga bölsa, ajabmas. Qöşnim bilan sal arazlaşganimda, dadam “Ertalab nigohing qöşniga tuşadi. Oğir kuningda ham, yaxşi kuningda ham xabardor böladigan kişi qöşning. Heç qaçon qöşniçilikka xiyonat qilma, ularni aka-ukangdan, jigarlaringdan ham yaqin körgin”, – degan edi. Qöşnilarim bilan bir oila farzandlariday ahilligimizga ham ota-onamdan olgan ibratim sababdir....
Yozaversam, ado bölmaydigan saboqlar, hayotiy namuna, kasbga sadoqat, el-yurtga sodiqlik, fidoyilik kabi hayotiy darslarni ota-onamdan oldim. Ular mening ilk ustozlarim, umr saboğini bergan murabbiylarim. Beş öğil, beş qizni oq yuvib, oq taragan munisa Onam, butun umrini yoş avlod tarbiyasiga bağişlagan, ulkan maʼnodagi Ustozim – Otamdan olgan ibratlarim meni bugun “Xalq öqituvçisi” unvoniga erişişimga, el orasida ehtiromga loyiq bölişimga sabab bölgandir. Bugun “Sanobar haqiqiy otasining qizi böla oldi”, – degan eʼtiroflardan boşim kökka yetadi, 18-yildan buyon boşqarayotgan jamoamiz yutuqlarida hayotiy saboqlar hissasi bor.
Ota-onamiz dunyodan ötib ketgan bölsalar ham, ularning yaşaş tarzlari, hayotiy ögitlari biz uçun mayoqdir. Dadamlarning qöllaridan uşlab, ilk qadamimni özim öqigan maktabda boşlaganim, ahil va inoq jamoada tarbiyalanganim – kelgusi yutuqlarim poydevori böldi.
Şunday jamoada hayotiy saboqlarni öqiganimdan va uqqanimdan ğururlanaman. Ota-onam va ustozlarimdan örgangan bu saboqlarni farzandlarimga, el farzandlariga örgatişdan tolmayman.
Sanobar Xöjamurodova, 40-sonli maktab direktori,
Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶