28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:17
Jamiyat 👁 390

Mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish – xavfsiz va osoyishta hayot garovi

Mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish – xavfsiz va osoyishta hayot garovi

Bugungi kunda mamlakatimizda jamoat xavfsizligi va ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Mahalla tizimi orqali jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlarni yot gʻoyalardan asrash borasidagi ishlar yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori bu borada muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumanida ushbu qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar masʼul rahbarlar tomonidan muvofiqlashtirilib borilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Tergov boshqarmasi boshligʻi polkovnik Muzaffar Rahmatullayev tomonidan tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar oʻrganildi. Oʻrganishlar mobaynida tuman Davlat xizmatlari markazi binosida fuqarolar bilan sayyor qabuli oʻtkazildi.

Sayyor qabul mobaynida 18 nafar fuqarolardan turli masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. Muammoli masalalarning ijobiy hal etilishi yuzasidan tuman IIB masʼullariga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek fuqarolik pasportini olish bilan bogʻliq muammoli masalalar ijobiy hal etilib, 4 nafar fuqarolarga yangidan fuqarolik pasportlari berildi.

Masʼul rahbarlar Kuyuk koʻpir ovulida “Mahalla yettiligi” masʼullari tomonidan hududda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati oʻrganildi. Hududda shu vaqtgacha sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, unga imkon yaratib bergan shart-sharoitlar tahlil qilindi. Aniqlangan muammolar, mavjud kamchiliklar tanqid qilinib, ularni bartaraf qilish yuzasidan tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, mahalla – jamiyatning asosiy boʻgʻini boʻlib, u yerda har bir fuqaroning yashashi, ishlashi, farzand tarbiyasi bilan bogʻliq asosiy muammoli masalalar yechimini topadi. Shu bois jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar faollari hamda nuroniylarning hamkorligi juda muhimdir. Bu borada mahalla masʼullari hamkorlikdagi faoliyatining toʻgʻri tashkil etilishi natijasida hududlarning kriminogen vaziyati yaxshilanadi hamda jinoyat va huquqbuzarliklardan holi hududga aylanishiga zamin yaratiladi.

Mahalla masʼullari bilan suhbat chogʻida profilaktik tadbirlarni koʻproq oʻtkazish, xususan, xavf ostida boʻlgan shaxslar bilan doimiy muloqotda boʻlish, ularning muammolarini aniqlab, ijtimoiy yordam koʻrsatish, yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish muhimligi qayd qilindi. Mahalla posbonlari va faollar orqali mahalladagi muammoli hududlarni nazorat qilish, videokuzatuv tizimlarini joriy etish, sport, madaniyat, sanʼat va kasb-hunar toʻgaraklari orqali yoshlarning salbiy illatlarga berilishining oldini olish, shu yoʻl bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirish lozimligi xususida tushuntirishlar olib borildi.

Mahallada xavfsiz muhit yaratish – har bir fuqaroning osoyishta hayot kechirishi, bolalarimizni tinch va barqaror jamiyatda voyaga yetkazish uchun zamin yaratadi. Bu borada har bir fuqarodan hushyorlik, faollik va masʼuliyat talab etiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026