Har kuni bir yangilik
Bugungi globallashuv davri deya atalayotgan zamonda hayotimizni axborotsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Chunki bugun jamiyatimizdagi har bir fuqaro axborotga ehtiyoj sezadi, u orqali tafakkurida maʼlum bir oʻzgarishlarni his etadi. Bu borada ommaviy axborot vositalarining oʻrni juda katta.
Tumanimiz aholisiga tezkor, xolis va ishonchli axborot yetkazishda 3 ta ommaviy axborot vositalari – «Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasi, Amudaryo televideniyesi va www.amunews.uz veb-sayti faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning voqea va hodisalarni yoritishdagi tezkorligini oshirish va aholiga yetkazilayotgan axborot hajmini koʻpaytirish maqsadida «Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasi tahririyati jamoasi tomonidan yangi loyiha ishlab chiqildi. «Har kuni - bir yangilik» tamoyiliga koʻra, endilikda tahririyat ijodiy jamoasining har bir xodimi har kuni bittadan tegishli sohalarda sodir boʻlayotgan voqea va xodisalarni, yangilik va oʻzgarishlarni oʻzida mujassam qilgan informatsiya toʻplab boradi. Yangiliklar va informatsiyalar www.amunews.uz veb-saytida eʼlon qilinadi, shuningdek, «amunews» xabarlari» rukni ostida «Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasida sahifalarida chop qilinadi va Amudaryo televideniyesining «Zamin» informatsion dasturi orqali efirga beriladi.
Gazeta tahririyatidan yana bir yangilik: endilikda gazetaning elektron koʻrinishini asl holicha Internet orqali oʻqishingiz mumkin. Gazetaning eng oxirgi soni bosmadan chiqishidan avval asl koʻrinishida PDF formatida www.amunews.uz veb-saytining «Taraqqiyot koʻzgusi» gazetasi» sahifasiga joylashtirib boriladi.
Demak, endilikda gazetamiz mushtariylari dunyo boʻylab nafaqat uning elektron shaklini oʻqishi, balki dizayni va sahifalanishiga ham baho berishlari mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶