Jinoyatçilikning oldini oliş – barqarorlik va taraqqiyot kafolati
Bugun yurtimizda xavfsizlik, qonun ustuvorligi va fuqarolar osoyiştaligini taʼminlaş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi. Jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, xavfsiz muhitni yaratiş masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, hududlarda tizimli işlar yölga qöyilgan.
Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurorining birinçi örinbosari Oybek Şomuratov rahbarligida jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, qonun ustuvorligini taʼminlaş hamda islohotlar ijrosi kabi muhim va dolzarb masalalarga bağişlangan kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi.
Mazkur yiğilişda tuman hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, tegişli bölim va taşkilotlar rahbarlari, "Mahalla yettilik"lari masʼullari iştirok etdi. Asosiy eʼtibor jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, huquqbuzarliklarning oldini oliş, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş va eng muhimi – xavfsiz mahalla tizimini takomillaştirişga qaratildi.
Yiğiliş davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş böyiça qabul qilingan 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuzilgan yöl xaritalari böyiça olib borilgan işlar çuqur tahlil qilindi. Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etiş yöllari belgilab olindi.
Tahlillarga köra, baʼzi hududlarda profilaktik işlar yetarli darajada olib borilmayotgani, yoşlar bilan işlaşda sustkaşlikka yöl qöyilayotgani, oilaviy nizolarni vaqtida hal etmaslik kabi omillar jinoyatçilik xavfini oşirmoqda. Uşbu kamçiliklarni bartaraf etiş, “Mahalla yettiligi” institutining faolligini kuçaytiriş, mahalla profilaktika inspektorlari, ijtimoiy xodimlar va imomlar hamkorligida barqaror mexanizm yaratilişi lozimligi taʼkidlandi.
Oybek Şomuratov öz çiqişida jinoyatçilikka qarşi kuraşiş faqatgina huquq-tartibot idoralarining vazifasi bölib qolmasdan, barça davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari va har bir fuqarodan bu borada çuqur masʼuliyat talab qilinişini alohida taʼkidladi.
Yiğiliş yakunida hududlarda jinoyatçilikni kamaytiriş, xavfsiz muhitni şakllantiriş böyiça amaliy çoralar, aniq vazifalar belgilab olindi. Jumladan, “xavfsiz hudud” kontseptsiyasini tölaqonli amalga oşiriş, axborot-tahliliy monitoringni kuçaytiriş, yoşlar bilan işlaşni tizimli taşkil etiş kabi yönalişlar böyiça masʼullarga aniq topşiriqlar berildi.
Aytiş joizki, jinoyatçilikning oldini olişda tizimli yondaşuv, hamjihatlik va qatʼiyat asosiy omillardan sanaladi. Aholi osoyiştaligi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş esa nafaqat bugunning, balki ertangi taraqqiyotning ham kafolatidir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶