29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:14
Jamiyat 👁 280

Tezoqar suv havzalarida, taqiqlangan hududlarda aslo choʻmilmang!

Tezoqar suv havzalarida, taqiqlangan hududlarda aslo choʻmilmang!

Har faslning oʻziga xos gashti bor. Ayniqsa, yoz — toʻkin-sochinligi, dala-yu bogʻlarining tarovati bilan yanada fayzli. Kun boʻyi dalada, bogʻ yumushlarida yuqori harorat ostida ishlab toliqqan inson uchun bir necha daqiqa suvda choʻmilib, salqinlash orombaxsh damlarni ato etadi. Yoz mavsumida  maxsus plyajlar, basseynlar, hatto turli suv havzalarining gavjum boʻlishi ham insonlarning “bir shoʻngʻib, salqinlash” orqali  huzurlanish istagining kuchliligidan. Lekin ayrim holatlarda fuqarolarning oʻziga va yaqinlariga nisbatan befarqliklari tufayli ana shu istaklarini amalga oshirish maqsadidagi xatti-harakatlari jiddiy koʻngilsizliklarga sabab boʻlayotgani achinarli. Taʼqiqlangan hududlarda choʻmilish, yosh bolalarning tezoqar suv manbalarida “bir shoʻngʻib olish” qabilidagi istaklariga ota-onalarning loqaydliklari, katta yoshdagi kishilarning spirtli ichimlik isteʼmol qilib, salqinlash uchun suv havzasiga tushishlari oqibatida, afsuski choʻkish bilan bogʻliq oʻlim holatlari sodir boʻlayotgani sir emas.

Yoz mavsumini betalafot oʻtkazish, choʻmilish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi  Vazirlar  Kengashi raisi, fuqaro muhofazasi boshligʻining joriy yil 28-aprel kungi tegishli buyrugʻiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida, shu jumladan Amudaryo tumanida  ham  Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan aholining barcha qatlamlari oʻrtasida tushuntirish-targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.

Amudaryo tumani hududidan bir qancha kanallar va yirik Amudaryo daryosi oqib oʻtadi. Ushbu kanallar va daryoda choʻmilish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda tegishli soha vakillari ishtirokida choʻmilish taqiqlangan hududlar roʻyxatiga kiritilgan suv havzalari atrofiga  taqiqlovchi belgilar oʻrnatilib, bu joylarga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga choʻmilmaslik kerakligi, ayniqsa, yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, ularning oʻzboshimchalik bilan taqiqlovchi belgilar oʻrnatilgan hududlarda choʻmilishlarining oldini olish zarurligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Shunday boʻlsa-da, doimiy ravishda targʻibot va tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan fuqarolarimiz tomonidan spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda choʻmilish, fermer xoʻjaliklaridagi ekin maydonlarini tomchilatib sugʻorish uchun moʻljallangan sunʼiy hovuzlar, yaʼni geomembranalarda choʻmilish holatlari kuzatilmoqda. Buning oqibatida suvda choʻkish bilan bogʻliq boʻlgan ayanchli holatlar kuzatilmoqda. Natijada voyaga yetmagan yosh bolalar  suvga choʻkishi oqibatida  hayotdan bevaqt koʻz yumib, ayrim oilalarda ota-onalar achchiq farzand dogʻini totishga majbur boʻlishmoqda.

Inson aziz, ayniqsa, Allohning ulugʻ neʼmati — farzand yanada aziz. Hayot esa goʻzal va  maroqli. Hayot goʻzalliklaridan bahra olib, oilamiz, farzandlarimiz baxt-u kamolini koʻrib yashash esa  oʻzimizga,  umrimizning har bir  lahzasida ehtiyotkor  va ogoh yashashimizga bogʻliq. Shunday ekan, hurmatli ota-onalar, farzandlaringizning  tezoqar suv havzalarida, ayniqsa, “sayoz-ku”, degan nomaqbul oʻy bilan daryoning sayoz koʻringan qismida, fermer xoʻjaliklari hududlaridagi sunʼiy hovuzlarda,shuningdek, zaxkashlarda choʻmilishlariga aslo yoʻl qoʻymang. Chunki bunday suv havzalari bolangiz uchun ham, oʻzingiz uchun ham xavfli boʻlib, tezkor oqim va chuqur suv bosimi  tufayli choʻkish ehtimoli yuqori boʻladi. Zaxkashlar suvi esa anchayin ifloslangan  hamda tarkibida kasallik qoʻzgʻatuvchi bakteriyalar boʻlishi mumkin  va bu sogʻlik uchun jiddiy xavf tugʻdirishi tabiiy.

Yana bir bor taʼkidlaymiz, taqiqlangan hududlarda choʻmilmang va oilangiz, farzandlaringiz hayotiga  xavf tugʻilishining oldini oling!               

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026