28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:00
Siyosat 👁 567

“Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasida tibbiyot xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi

“Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasida tibbiyot xodimlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi

Bugungi kunda korruptsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning huquqiy ongi va jamoatchilik nazoratini yuksaltirish, halollik va adolatni hayot tarziga aylantirish dolzarb vazifaga aylangan. Bu borada ommaviy axborot vositalarining faol ishtiroki, turli sohalar vakillarini jalb etgan holda tashkil etilayotgan targʻibot tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi tomonidan moliyalashtirilgan “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasida “Amudaryo televideniyesi” tahririyati tomonidan bir qator chora-tadbirlar tashkil etilmoqda.

Yaqinda mazkur loyiha doirasida “Amudaryo TV” telekanali jurnalist va muxbirlari tomonidan tuman Prokuraturasi, mahalliy deputatlar va imomlar bilan hamkorlikda Qipchoq shaharchasida joylashgan 1-sonli oilaviy poliklinika binosida tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Unda korruptsiya va tamagirlikning salbiy oqibatlari, unga nisbatan jazo muqarrarligi xususida tushuntirish va targʻibot ishlari olib borildi.

Tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mansur Oʻrazboyev, tuman prokurorining yordamchisi Sanjar Abdullayev, “Hoji eshon bobo” jomeʼ masjidi imom noibi Sherzod Oʻrazboyev, 1-sonli oilaviy poliklinika mudiri Rustam Qidirboyev, tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Tamara Saidova, “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” loyihasi koordinatorlari, jurnalistlar hamda tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Jamiyatda korruptsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan mazkur uchrashuvda loyiha koordinatorlaridan biri, "Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi maxsus muxbiri Robiya Yoʻldosheva tadbir ishtirokchilariga “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” loyihasini amalga oshirishdan koʻzlangan maqsad va kutilayotgan natijalar xususida batafsil maʼlumot berdi.

Shundan soʻng Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Mansur Oʻrazboyev mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat idoralari oʻrtasidagi hamkorlik mexanizmlari hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, har bir fuqaro ushbu jarayonda faol ishtirok etishi, adolat va shaffoflikni taʼminlashga hissa qoʻshishi zarurligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv davomida tuman prokurorining yordamchisi Sanjar Abdullayev tadbir ishtirokchilariga korruptsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslar uchun jazo muqarrar ekanligi, fuqarolar esa oʻz qonuniy huquq va manfaatlarini yaxshi bilishi zarurligi haqida atroflicha maʼlumot berdi. Shu bilan birga, u korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar, manfaatlar toʻqnashuvi va poraxoʻrlik kabi illatlar haqida keng tushunchalar berdi hamda ularning jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan salbiy oqibatlari xususida toʻxtalib oʻtdi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan “Hoji eshon bobo” jomeʼ masjidi imom noibi Sherzod Oʻrazboyev islom dinida poraxoʻrlik va tamagirlik kabi holatlar ogʻir gunoh sifatida baholanishi, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslar uchun shariatda qattiq hukmlar belgilab qoʻyilgani haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, halollik, adolat va vijdonli boʻlish inson uchun eng ulugʻ fazilatlardan ekani alohida taʼkidlandi.

Tadbir yakunida 1-sonli oilaviy poliklinika mudiri Rustam Qidirboyev soʻzga chiqib, tibbiyot muassasasida shunday muhim va dolzarb mavzu yuzasidan oʻtkazilgan uchrashuv uchun tadbir tashkilotchilariga samimiy minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, bu kabi targʻibot tadbirlarini muntazam oʻtkazish orqali tibbiyot xodimlarining huquqiy ongi va masʼuliyati oshishi, fuqarolarga yanada samarali xizmat koʻrsatishga intilish mustahkamlanishi taʼkidlandi.

Muxtasar aytganda, korruptsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat organlari, balki barcha fuqarolarning ham burchi va masʼuliyatidir. Bu kubi uchrashuvlar jamiyatda adolat, halollik va qonun ustuvorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. “Amudaryo televideniyesi”ning mazkur tashabbusi ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Shohzod Qurbonboyev, loyiha koordinatori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026