“BIR NURONIY—ÖN YoŞGA MASʼUL” TAMOYILI ASOSIDA FAOLIYaT YuRITAYoTGAN FAOL NURONIYLAR ÖRTASIDA KÖRIK-TANLOV ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda yoşlar bilan işlaşning yangiça boşqaruv mexanizmlarini yaratiş, yoşlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etiş, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy işlarning samaradorligini yanada oşiriş maqsadida amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar tufayli bugun yoşlar jamiyatimizning faol qatlamiga aylangan.
Ayniqsa, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2023-yil 11-martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarorlari ijrosini taʼminlaşga qaratilgan saʼy-harakatlar özining ijobiy samarasini bermoqda.
Unga köra, maʼnaviy kömakka muhtoj yoşlar bilan işlaş, yoşlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik ruhida tarbiyalaş, nuroniylarning yoşlar örtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaş borasidagi faoliyatini yanada takomillaştirişga eʼtibor qaratilmoqda. “Bir nuroniy – ön yoşga masʼul” tamoyili asosida yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida özining faol hissasini qöşib kelayotgan, obrö-eʼtiborli, ibratli hayotiy tajribaga ega bölgan faol nuroniylar va faxriylarga mahallalarda yaşovçi tarbiyasi oğir, maʼnaviy kömakka muhtoj, uyuşmagan, işsiz yoşlar biriktirilib, bevosita ular bilan birgalikda iş yuritayotgani yoşlar hayotini ijobiy tomonga özgartiriş imkonini bermoqda.
Bu borada Amudaryo tumanida öziga xos tajriba maktabi yaratilgan, desak aslo mubolağa bölmaydi. Tumandagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida katta hayotiy tajribaga, özlari yaşayotgan hududda yuksak obrö-eʼtiborga ega bölgan keksa avlod vakillaridan iborat nuroniylar guruhlari tuzilib, ular hududlardagi ijtimoiy va maʼnaviy himoyaga muhtoj, huquqbuzarlikka moyil, uyuşmagan yoşlarga biriktirilgan. Ular yoşlarning kasb-hunar örganişlari, şaxsiy tadbirkorligini yölga qöyişlari, ijaraga yer olib, dehqonçilik, çorvaçilik va parrandaçilik bilan şuğullanişlari uçun şart-şaroitlar yaratmoqda.
Yoşlar bilan işlaşişdagi samarali faoliyatlari bilan yuqori natijalarga erişayotgan nuroniylarni aniqlaş va ularni rağbatlantiriş maqsadida “Nuroniy” jamğarmasi Amudaryo tuman bölimi tomonidan körik-tanlov ötkazildi.
Madaniyat bölimi binosida bölib ötgan körik-tanlovning tuman bosqiçida “Bir nuroniy – ön yoşga masʼul” tamoyili asosida özlariga biriktirilgan ön nafar tarbiyasi oğir, maʼnaviy kömakka muhtoj, uyuşmagan, işsiz yoşlarga yaqindan yordam berib kelayotgan nuroniylarning faoliyatiga baho berildi.
Tadbirni “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi boşliği Tursunboy Abdijabbarov oçdi va mamlakatimizda mahalla institutini yanada xalqçil tuzilmaga aylantiriş, ösib kelayotgan yoş avlodni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantiriş orqali ijtimoiy faolligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar, bu boradagi davlatimizning izçil siyosati va ğamxörliklari xususida batafsil söz yuritdi va tanlov iştirokçilariga muvaffaqiyat tiladi.
Körik-tanlovda “Bir nuroniy – ön yoşga masʼul” tamoyili asosida özlariga biriktirilgan ön nafar tarbiyasi oğir, maʼnaviy kömakka muhtoj, uyuşmagan, işsiz yoşlarga yaqindan yordam berib kelayotgan 85 nafar nuroniy otaxon hamda onaxonlar, şuningdek, ovul va mahallalar fuqarolar yiğinlari masʼullari, yoş avlod vakillari iştirok etdilar.
Asosiy uç şart böyiça bölib ötgan körik-tanlovda Uyşin mahallasidan Bekbergan Qutlimuratov, Böston mahallasidan Nina Xöjayeva, Qoramon mahallasidan Habibaxon aya Maʼmurova, Durunki mahallasidan Amangul Kayupova va Qiliçboy ovulidan Amina Yusupovalar tanlov yakuniga qadar berilgan şartlarni mahorat bilan bajarib, hakamlar hayʼati aʼzolarining eʼtibor va eʼtiroflariga sazovor böldilar.
Ayniqsa, iştirokçilarning “Taniştiruv”, “Yoşlar – bizning kelajagimiz” deb nomlangan şartlar böyiça çiqişlari tomoşabinlar uçun juda qiziqarli taassurotlarga boy böldi. Şuningdek, iştirokçilarning hakamlar hayʼatiga taqdim qilgan “Bir nuroniy – ön yoşga masʼul” tamoyili asosida yoşlar bilan işlaşiş böyiça amalga oşirayotgan işlaridan hikoya qiluvçi suratli albomlari tomoşabinlar tomonidan olqişlar bilan kutib olindi.
Körik-tanlovning uçinçi – oxirgi şarti – “Nuroniylar bellaşuvi”da iştirokçilar mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar, asosiysi, özlariga biriktirilgan uyuşmagan, maʼnaviy kömakka muhtoj yoşlar bilan amalga oşirgan işlari va erişgan natijalari, şuningdek, yoşlarning muammolariga yeçim topgan yoki ajrim yoqasida turgan oilalarni yaraştirişga qaratilgan işlari böyiça maʼruzalar qilib, bu boradagi hujjatlarini taqdim etişdi.
Körik-tanlov şartiga köra, nuroniylar özlariga biriktirilgan yoşlar bilan işlaş jarayonlari, ularni iş bilan taʼminlaş, biror bir kasbni egallaşi uçun kasbga öqitiş, davlat subsidiya mablağlarini jalb qiliş orqali bandligini taʼminlaş, oilaviy ajrimlarning oldini oliş böyiça amalga oşirayotgan işlari hamda galdagi rejalari aks ettirilgan suratli-lavhalarini namoyiş etişdi.
Körik-tanlovning yakuniy natijalariga köra, Durunki mahalla fuqarolar yiğini faol nuroniysi Amangul Kayupova 1-örinni egalladi. 2-örin Qoramon mahalla fuqarolar yiğini faol nuroniysi Habibaxon aya Maʼmurovaga nasib etdi. Böston mahalla fuqarolar yiğini faol nuroniysi Nina Xöjayeva esa 3-örinni egalladi.
Şuningdek, Uyşin mahalla fuqarolar yiğini faol nuroniysi Bekbergan Qutlimuratov, Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini faol nuroniysi Amina Yusupovalar öz faoliyatlarining fidoyilari sifatida eʼtirof etildilar.
Tanlov ğoliblari “Nuroniy” jamğarmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan pul mukofotlari hamda diplom bilan taqdirlandi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶