14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 03:12
Qishloq xoʻjaligi 👁 293

OʻZBEKISTON FERMERLARI KENGAShINING BOʻLIM BOShLIGʻI AMUDARYoDA FERMER XOʻJALIKLARI FAOLIYaTINI OʻRGANDI

OʻZBEKISTON FERMERLARI KENGAShINING BOʻLIM BOShLIGʻI AMUDARYoDA FERMER XOʻJALIKLARI FAOLIYaTINI OʻRGANDI

Mamlakatimizning barcha hududlaridagi paxtachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklarida kuzgi yigʻim-terim ishlari avj pallaga kirgan. Paxta yigʻim-terimida ishtirok etayotgan terimchilarga zarur shart-sharoitlar yaratish, paxta terish mashinalarining quvvatlaridan unumli foydalanish, shuningdek, fermer xoʻjaliklarida energiya tejamkor texnologiyalari, tomchilatib sugʻorish agregatlarini oʻrnatish orqali iqtisodiy tejamkorlikka erishish borasidagi ishlar Oʻzbekiston Fermerlari Kengashi tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda. Shu maqsadda Kengashning boʻlim boshligʻi Mehriddin Muhammadiyev Amudaryo tumanida boʻlib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mehriddin Muhammadiyev tumandagi “Pirmatov Bahrom”, “K-Hamid”,”Murodbek Zebo”, “Sitmamut”, “Haytakov Ulugʻbek” fermer xoʻjaliklarida boʻlib, dalalardagi terim surʼati, paxta terimi jarayonida ishtirok etayotgan terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrgandi. Ilgʻor terimchilar bilan uchrashib, ularga Kengash tomonidan tayyorlangan sovgʻalarni topshirdi.

Oʻrganishlar jarayonida “Sitmamut”, “Haytakov Ulugʻbek” fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan uchrashib, moliyaviy masalalarda, xususan, turli jamgʻarmalar va subsidiya mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan maslahatlar berdi. Shu bilan birga, tumandagi fermer xoʻjaliklarida jamgʻarma mablagʻlaridan samarali foydalanish holati ham oʻrganildi.

Bundan tashqari, fermer xoʻjaliklarida kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish, “yashil iqtisodiyot” tamoyiliga muvofiq olib borilayotgan ishlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Unga koʻra, tumandagi “Murodbek Zebo” fermer xoʻjaligi tomonidan 1 mlrd. 303 mln soʻm kredit mablagʻlari hisobidan 250 kilovatt quvvatga ega quyosh panellari, “K-Xamid” fermer xoʻjaligi tomonidan esa 268 mln. soʻm kredit mablagʻlari hisobidan 70 kilovatt quvvatli quyosh panellari oʻrnatilib, bugungi kunda fermer xoʻjaligi isteʼmolidan ortganini tarmoqqa sotayotganligi ijobiy baholandi va mazkur fermer xoʻjaliklari tajribasini butun tuman boʻylab keng ommalashtirish zarurligi taʼkidlandi.

Mehriddin Muhammadiyev bu boradagi ishlarni yanada yaxshilash, suv oʻlchagich uskunalari oʻrnatish va tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish istagida boʻlgan fermerlar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha Amudaryo tuman Fermerlar Kengashi raisi Ilhom Polvonov va boshqa masʼullarga zarur koʻrsatmalar berdi.

Shuni alohida eʼtirof etish joizki, Amudaryo tumanidagi “Haytakov Ulugʻbek” fermer xoʻjaligi tomonidan "Amudaryo kelajagi" ishlab chiqarish kooperativi tashkil qilingan boʻlib, mazkur kooperativga hududdagi 4 ta fermer xoʻjaliklari aʼzo boʻlgan hamda 2025-yil paxta hosilini ushbu kooperativga topshirmoqda. Kooperativ "Agro tarozi" platformasiga ulanganligi unga aʼzo boʻlgan fermer xoʻjaliklaridan paxta hosilini qabul qilishda shaffoflikni taʼminlash imkonini bermoqda.

Kooperativning ilgʻor tajribasini tuman miqyosida ommalashtirish, shuningdek, dalalarning chetlariga koʻchat ekish, ariqlarni betonlash, suv oʻlchagichlar oʻrnatish, tomchilatib sugʻorishni hamda sohaga doir innovatsion yangiliklarni keng joriy etish yuzasidan “Haytakov Ulugʻbek” fermer xoʻjaligi va “Amudaryo kelajagi” ishlab chiqarish kooperativi masʼullariga qator tavsiyalar berildi.

Oʻrganishlar jarayonida kamchiliklarga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, fermer xoʻjaliklarida mavjud nasoslardan foydalanishda elektr energiyasidan yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf qilish boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi. Paxta va gʻalla yetishtirishda nasoslarga sarflanadigan elektr energiyasi toʻlovini subsidiya hisobidan qoplash tartibi haqida markaz xodimlariga tushuntirishlar berildi.

Oʻrganishlar natijalariga koʻra Amudaryo tumanidagi fermer xoʻjaliklari rahbarlarini tarmoqdagi bir qator muammolar qiynab kelayotganligi ham maʼlum boʻldi va ularni hal qilish choralari koʻrildi.

Mehriddin Muhammadiyev fermer xoʻjaliklari rahbarlari bilan alohida suhbatlashish va ularning faoliyatiga doir yutuq va muammolarini oʻrganishlar jarayonida amudaryolik fermerlarga oʻz faoliyatlarini zamon talablari darajasida tashkillashtirish, agrar tizimga doir yangilik va oʻzgarishlarni sohaga keng joriy etish yuzasidan zarur tavsiyalar va topshiriqlar berdi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019