FOTIHA (hikoya)
"Odamzot kuni yetib qazo qilar bölsa, tobuti ketidan yiğlab yuguradiganlari qolsin ekan”, -xörsindi buvam çoy ustida serajin yuzini bosgan marjon-marjon terlarini oppoq soçiq bilan artar ekan. Suriştirib bilsam, buvam qişloğimiz qariyalari bilan birgalikda uç qişloq hatlab, Xudoyor qayiqçi degan kişini oxirgi yölga kuzatib qöygani borib kelgan ekanlar.
Oradan yillar ötib ketgani sababli oldiniga bu kişining nomi menga tanişday tuyulgani bilan, özini sira eslay olmadim. Xudoyor qayiqçi, qayiqçi Xudoyor...
Bir neça kun miyamdan çiqmagan bu nom meni xayol oğuşida örpong yöllar tözğitib ötgan beğubor bolalik yillar sari eltdi va...
Yozgi taʼtil kunlarining birida onam bizga katta akam Haydarni qöşib, Matkarim toğamiznikiga bir-ikki kunga mehmonga borib kelişimizni tayinladi. Bunday quvonçli taklifdan özimizga siğmay, apil-tapil kiyina solib törtovlon yölga çiqdik.
Orqamizdan onamning qölida nimanidir körsatib, qiçqirib qolganiga ham unçalik eʼtibor qilmay, örpong yölni çangitib oldinda Haydar akam - kim özarga yugurganimizça uydan uzoqlaşdik. Quvonganimdan oyoq kiyimimni kiyişgayam ulgurmapman, yoz tuproği tovonlarimni çöğday qizdirgani-qizdirgan.
"Mayli deyman özimça, -Asov kanaligaça yetib olsak bas, u yoği dadamlarning taʼbiri bilan aytganda "qölni uzatsang yetgulik”. U paytlari avtobus qayda, quyoş hovuridan tuşib qolgan çoğda "komandir”imiz Haydar akam boşçiligida bir yugurib, bir yurib Asov kanaliga bir amallab yetib keldik. Akamning qirğoqdagi qayiqqa tomon "olğa” degan buyruğidan şoşa-pişa qayiqqa çiqib ulgurmasimizdanoq, notaniş kişining yöğon ovozidan turgan joyimizda taraşaday qotib qoldik.
Yugurib pastlikka tuşganimiz uçunmi, qirğoqda turgan qayiqdan önqadamlar çapda, qölida qarmoq uşlab ötirgan, qoradan kelgan, kökragini qop-qora tuk bosgan, dadamlar qatori keladigan yarim-yalanğoç kişini payqamagan ham ekanmiz.
- Qayiq sizlarga öyinçoq emas, tuşinglar darrov! - öşqirdi u ötirgan joyidan.
Qayiqqa çiqib ulgurgan Haydar va Şuhrat akamlar darrov undan sakrab tuşişdi.
Bir-birimizga qörquv aralaş alanglab, keyin bir kelgan yölimizga, bir haligi notaniş kişiga qaraganimizça qayiqdan nariroqqa tisarildik. Biroz davom etgan jimlikdan söng "komandir”imiz özini qölga oldi çoği, qöliga onam berib yuborgan tugunni olib, notaniş kişi tomon yurdi.
- Siz qayiqçimisiz? Iltimos bizni narigi qirğoqqa ötkazib qöying... -dedi duduqlanib u.
- Töğri topding, qayiqçi Xudoyor men bölaman... Qança pullaring bor?-söradi bizga boqmasdan u.
Akam bizga, biz akamga termuldik. Şundagina orqamizdan qiçqirib qolgan onamning qölidagini anglaganday böldim.
- Bizda pul yöq. Iltimos, biz... -Haydar akamning gapi içida qoldi.
- Bekorga ötkaziş yöq. Har bittangiz bir sömdan, tört söm bermaganingizça qayiqqa yaqinlaşmanglar! - deya örnidan turdi qayiqçi. U xöragini baliq yeb ketgan qarmoğiga xamir ildirarkan, yana joyiga ötirdi.
Endi navbat unga kelganini payqab, Şuhrat akam qayiqçiga yaqinlaşdi.
-Qayiqçi aka, biz pul olib çiqmapmiz, ötkazib yuboring. Qaytişimizda hammasini bir qilib taşlab ketamiz, -yalina boşladi u. - Mana körasiz, Matkarim toğamdan sikkiz söm pul olib, taşlab ketamiz sizga...
- Gap bitta, quloq ikkita, -barmoğini körsatdi davomini aytmasdan qayiqçi.
Oraga endi uzoq jimlik çökdi. Men bilan singlimdan heç qanday naf çiqmasligini sezgan Haydar akam sovuq nafas olganiça yerga qaradi. Turnaqator bölib qirğoqda qan-ça turganimizni bilmayman.
Quyoş nurlari zarğaldoq rang olib, bizni kelgan yölimizga boşladi. Qirğoqdan yuqoriga endi çiqib ham edik-ki, orqamizdan öşa tanişovoz eşitildi.
- Mayli, tugunni çöz, ötkazib qöyganim bölsin. Ötiringlar qayiqqa, -dedi u miyiğida kulib.
Quloqlarimga işonmay, hammadan söng qayiqdan joy oldim.
Kanalning u qirğoğidan bu qirğoğiga tortilgan sim yöl böylab qayiq suza boşladi.
Baland böyli qayiqçi qayiğini tik turib haydab kelarkan, quyoşning oç qizil nurlari ostida u menga qörqinçli bölib körindi. Şu payt qayiq suzişdan töxtadi.
- Mana, kanalning örtasiga keldik. Istasanglar, aytgan qirğoğingizga ötkazib qöyaman. Faqat bitta şartim bor. Şuni bajarsalaring bas!- dedi qayiqçi baland ovozda.
- Mayli, bajaramiz! -dedik hammamiz birvarakayiga.
- Unda eşitinglar, hozir: "Ey xudo, mana şu turgan Xudoyor akamizga köp-köp, bizdan ham çiroyli, aqlli, şirin-şirin farzandlar ber, omin, - deb fotiha öqiysizlar...”, - dedi negadir gaplari bir-biriga qovuşmay.
Soddadil bolalikda, biz şartning bu qadar osonligidan quvonib, kula boşladik.
- Kulmanglar, -baqirdi u, -qani boşladik.
- Ey xudo, mana şu turgan Xudoyor qayiqçi akamizga...
- Töxtat! Xudoyor qayiqçi emas, Xudoyor akamizga, -öşqirdi u, -qani kaftlaringizni oçib, aytinglar.
Biz buni ham uddalay olmadik. Şundan söng biz kaftlarimizni oçganimizça yuzimizga yaqin olib Xudoyor qayiqçi aytib turgan gaplarnitakrorlab, fotiha öqiy boşladik: "Ey xudo, mana şu oldimizda tik turgan Xudoyor akamizga köp-köp, bizdan ham çiroyli, bizdan ham aqlli, bizdan ham şirin-şirin farzandlar ato et. Bufarzandlarining unga xizmatlari buyursin, omin, fotihamizni özing qabul et”.
U tik turganiça yuziga qip-qizil kaftlarini surtdi. Öz istagiga erişgan bu odamning yuzida men negadir baribir quvonç sezmadim. Xudoyor qayiqçining şu alpozda turişi menga yoqmadi.
Biz esa qirğoqqa tuşişimiz bilan, öqigan fotihamizni ham unutib, yugurganimizça, qöl uzatsa yetgulik Matkarim toğamiznikiga çopqillab ketaverdik...
"Odamzot kuni yetib qazo qilar bölsa, tobuti ketidan yiğlab yuguradiganlari qolsin ekan...”-xörsindi buvam çoy ustida serajin yuzini bosgan marjon-marjon terlarini oppoq soçiq bilanartar ekan. Suriştirib bilsam, buvam qişloğimiz qariyalari bilan birgalikda uç qişloq hatlab, şu-şu taqdir meni qayta heç uçraştirmagan, bir umr befarzand ötgan Xudoyor qayiqçini oxirgi yölga kuzatib qöygani borib kelgan ekanlar...
Yendirboy RAJABOV

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶