28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:45
Maqolalar 👁 862

PODAChI (Voqeiy hikoya)

PODAChI (Voqeiy hikoya)

– Chuh, ho jonivorlar, chuh!

Bir oyogʻi oqsoq, soch-soqoli oʻsib, egnidagi juldur kiyimi quyosh taftida rangi oʻngib ketgan Gulmirza tong otmasdanoq podani qoʻradan chiqardi va har doimgidek choʻpontayogʻini olib yoʻlga chiqdi...

Qishloq yoʻli tizzagacha tuproq, gʻadir-budir. Ellikta qoʻy-qoʻzi-yu yigirmata echki va besh-oltita sigir tuproq changitib katta yoʻl bilan dasht tomon keta boshladi. Poda birpasda katta yoʻlni toʻsib qoʻydi, oldidan chiqqan arava yoki mashina oʻtib ketishi qiyin, bunday paytda qoʻy-qoʻzilar har tomonga chopib, choʻponni bezor qilib yuboradi.

Bugun Gulmirza egnidagi rangi unniqib ketgan kiyimlaridan achchiq ter hidi kelayotganiga umrida birinchi marta jahli chiq-di. U yuzini sekin siladi, anchadan beri olinmagan soqoli qoʻliga ignadek sanchildi...

Oriqqina, pakana, 50 yoshlarni qoralab qoʻygan choʻpon, bugun oʻz hayotidan jirkandi va ich-ichini kuydirayotgan noroziligi asta pichirlayotgan lablaridan sirgʻalib, jaranglab ketgandek boʻldi va yuzi tirishdi.

Qaygʻu toʻla koʻzlaridagi yosh yuzi va soqolidan sizib koʻkragiga tushdi. U oriq kafti bilan oftobda qorayib ketgan yuzini artdi. Bexos koʻzi qoʻllariga tushdi.

Tirnoqlari oʻsib, qoʻpollashib ketgan, tayoq ushlayverganidan kaftlari dagʻallashib, qavarib qolgandi.

U birdan “uf!” tortib yubordi. Uning ichidan chiqayotgan bu ogʻriqli nafas sirtiga chiqmay, yana olov boʻlib ichiga kirgandek va butun tanasini qizdirayotgandek edi goʻyo...

Shalvariga solingan yamoq hozirgi holatini yanada gʻariblashtirib, dilini ogʻritdi.

Oyoqlariga ilib olgan kirza etigi qishloq yoʻlida yuraverganidan qiyshayib, tagi teshilib qolgan, oʻzini xuddi bundan 100-yil avvalgi zamondan bexos kelib qolgan odamday his etdi va: “Men ham odammanmi?!” – deb qichqirib yubordi. “Odammanmi?” – bu soʻzni oʻn, yoʻq, ellik, yuz martalab takrorladi va dagʻal qoʻllarini musht qilib tugib, koʻkragiga mushtlayverdi, mushtlayverdi...

Ota-onadan juda erta yetim qolgan Gulmirza yaqin qarindoshlarining uyidan qoʻnim topdi. Na oʻqish-yozishni biladi, na odamlarga oʻxshab yashashni. Qarindoshi bemehr chiqdi. Bergan oshnoniga minnat qilganligini koʻrgan Gulmirza bolaligidan mehnatga oʻrgandi. Ogʻir ishlarni ham oʻylab oʻtirmasdan bajarib ketaverdi. Qarindoshi uni oilali qilishni ham oʻylamadi...

Avval beshta qoʻy bilan podachilik qilgan Gulmirzaning podasiga Alloh baraka berdi. Qoʻy-qoʻzilar koʻpaysa-koʻpaydiki, kamaymadi. Ammo bemehr qarindoshi uning mehnatini mukofotlash oʻrniga, kamsitish va doʻq-poʻpisaga odatlanib qolgan edi.

Taqdir, umr charxpalagi ana shunday tez aylandi. Podachi bugun oʻtgan umriga achinib, toʻygunicha, bolalardek oʻksib-oʻksib yigʻladi...

Qoʻshni xonada turgan kichkina koʻzguni qoʻliga olgan Gulmirza oʻzini-oʻzi taniy olmadi.

Koʻzgu qarshisida 50 yoshli Gulmirza emas, 70 yoshli chol qiyofasi aks etib turar edi. Tepa sochlari toʻkilib ulgurgan, faqat chakkalaridagi sochlari qolgan, ular ham qordek oppoq. Tishlari toʻkilib, yuzlarini esa son-sanoqsiz ajin bosib ketgan, umrida yuziga sovun yoki ustara tegmaganligidan yovvoyi odamlarga oʻxshab qolgan edi.

“Nahot bu menman? Yoʻq, yoʻq, bu odam men emasman!” –qoʻlidagi koʻzguni zarb bilan devorga otib yubordi, koʻzgu chil-chil sinib, atrofga sochildi. Gʻazab va nafrat, ichki alam bilan titrab, oʻziga, oʻtgan umriga achinish tuygʻusi yuragini choʻgʻdek kuydirayotgan edi. “Ming laʼnat, taqdirga ming laʼnat!”

– Chuh, ho jonivorlar, chuh!

Gulmirzaning podasi bugun ham tong yorishmasdan yoʻlga chiqdi. Poda ortida toʻzonlarni kechib, Gulmirza bir oyogʻi oqsab ketib borardi. Keng dashtga yetgan poda chor-atrofga yoyildi. Shudring qoʻngan barra oʻtlar ularning jon-u dili, podachi buni biladi.

Bugun kun juda issiq edi, tushlikka yetmasdan oftob kuydira boshladi. “Podani qaytarish kerak”, oʻyladi u va qoʻy-qoʻzilarni toʻplashga oshiqdi. Podani yoʻlga solguncha bir yarim soatcha vaqt oʻtib ketdi. Oftob uning tinka-madorini quritib yubordi. U podani qoʻtonga qamagach, soy boʻyiga kelib oʻtirdi. Gulmirza juda charchagan edi. Qarindoshining kelinlari gilam yuvayotganligini koʻrib, ularga yaqinlashdi. Kelinlar:

– Yordam bermaysizmi Gulmirza aka, – deyishgach, suv qatnab, kelinlarning mehnatini yengillashtirdi. Kelinlar rahmat aytib, “boringizga shukr”, deya minnatdorlik bildirdilar. Umrida yaxshi gap eshitmagan podachi oʻzida yoʻq xursand edi.

Kechki ovqatni charchaganligidan shoshilib yedi-yu, hovliga solingan oʻrniga shoshildi, boshi yostiqqa tegishi bilan dong qotib uxlab qoldi...

Tong yorishar-yorishmas xoʻrozlar birin-ketin qichqira boshladilar. Qoʻtondagi qoʻy-qoʻzilar, sigirlar egasini kutayotgandek navbatsiz maʼrashar, podani haydash vaqti boʻlganligini bildirib, toqatsizlanar edi.

– Gulmirza, hoy Gulmirza! – Xonadon egasining dagʻal ovozi eshitildi. – Tur, nonushta qil, poda kutib qoldi.

Ammo Gulmirzadan javob kelavermagach, toqatsizlanib, uni uygʻotish uchun hovli egasining oʻzi shoshildi.

– Tur, turmaysanmi? – qatʼiy ohangda buyruq berdi u. Gulmirza qimirlamadi, u shu yotishida uyqusida beozorgina jon bergan edi.

Uning tongdami, balki tunda uxlash uchun oʻrniga kirgan zahoti joni uzilgandir, buni hech kim bilmaydi. Uning har kuni poda ortidan yugura-yugura charchagan oyoqlari muzday qotib qolgan edi.

Bir zumda yomon xabar qishloqqa tarqaldi.

– Podachi vafot etibdi...

Qoʻni-qoʻshni, ayollarning dod-faryodi olamni tutdi.

Azaga kelgan odamlar, ayniqsa, ayollar:

– Bu dunyoga kelib nimani koʻrdi, na oilasi, na ortida suyanch togʻi – farzandi bor! – deya yigʻladilar...

Tobut yerdan koʻtarildi. Qishloq odamlari hech kimdan kam qilmay, navbat talashib, mayyitni qishloq qabristonigacha yelkalarida koʻtarib bordilar. Mayyit yerga qoʻyilgach, mahalla imomi hassakashlarga odatiy savolni berdi:

– Gulmirza qanday odam edi?

Hamma baravariga:

– Juda yaxshi, jannati odam edi, – dedilar...

Bir haftadirki, poda qoʻtonda. Podachini kutib bezovta boʻlayotgan qoʻy-qoʻzilar, sigirlar tinmay maʼrashadi. Yulib solingan oʻtlarni chimdimadilar ham. Qaytanga oyoqlari tagiga bosib tashladilar.

Ular bir nimani sezgandek shunday maʼradilarki, ovozlari butun qishloqqa eshitildi.

Yoʻl-u soʻqmoqlar, qishloq jim-jit.

Har tong podachining ovozi, qishloqqa fayz bagʻishlab turar, qishloq ahli uning: “chuh, ho chuh, jonivorlar!” – degan ovozidan uygʻonar, lekin hech kim oʻzlari bilan bir qishloqda, bir mahallada yashayotgan Gulmirza ismli koʻngli toza, begʻubor inson haqida oʻylab ham koʻrmas edilar. U dunyodan oʻtgachgina bu koʻngli yarim inson qishloqni toʻldirib turganligini, beminnat xizmati bilan qarindoshining xonadoniga qut-baraka olib kirganini his etdilar. Ammo ... Endi kech edi...

Zuhra AHMEDOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026