28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 19:52
Jamiyat 👁 458

EL-YuRT OSOYIShTALIGI POSBONI

EL-YuRT OSOYIShTALIGI POSBONI

Amudaryolik Azimjon Matyusupov Ichki ishlar organi xodimi boʻlishni orzu qilganida hali umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻquvchisi edi. Adabiyot darslarida "Mening orzuim" mavzusida insho yozganida har doim el-yurt osoyishtaligi posboni — militsioner boʻlish, ona Vatanini, xalqini turli xavf-xatarlardan himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish borasidagi orzulari xususida toʻlqinlanib yozardi. Insonning koʻnglida biror bir kasbga nisbatan mehr va ishtiyoq boʻlsa, bu tuygʻu uni orzularning oydin yoʻllari tomon yetaklaydi. Azimjonning Ichki ishlar organi xodimlari faoliyatiga boʻlgan qiziqishlari, bu kasbga nisbatan beqiyos mehr va ishtiyoqi uni bolaligidan qalbida ardoqlagan osoyishtalik posboni boʻlishdek ezgu orzulari yoʻliga boshladi.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 21-sonli umumtaʼlim maktabini faqat aʼlo baholarga tamomlagan Azimjon Matyusupov 2007-2011-yillarda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining tarix fakultetida milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari yoʻnalishida tahsil oldi. Mamlakatimiz va dunyo xalqlari tarixini puxta biladigan, qolaversa, milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari yoʻnalishida chuqur bilimga ega mutaxassis, albatta, Ichki ishlar organlari uchun suv bilan havodek zarur. Chunki sohada nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurash olib boriladi, balki fuqarolar ongida milliy istiqlol gʻoyalarini shakllantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

FIDOKORONA XIZMAT YOʻLI

Azimjon Matyusupov 2014-yilda Beruniy tumani Ichki ishlar boʻlimining tumanlararo Qoʻriqlash boʻlimi 1-sonli militsiya otryadi tarkibidagi 2-vzvodi militsioneri sifatida ilk mehnat faoliyatini boshlagan kunidanoq aholi bilan muloqot va ish jarayonida milliy-maʼnaviy qadriyatlarga tayandi va buning samarasini oʻz ish jarayonida namoyon eta oldi. U qayerda, qaysi hududda ishlashidan qatʼiy nazar, kasbiy faoliyatini bekamu koʻst ado etishga intildi hamda buning uddasidan chiqdi.

Azimjon Matyusupov 2015-2017-yillarda Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi Qoʻriqlash boʻlimi 1-sonli vzvod militsioneri, 2017-2022-yillarda Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimining huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi tayanch punktlari profilaktika inspektori lavozimlarida xalq tinchligi va osoyishtaligini saqlashdek mashaqqatli, shu bilan birga masʼuliyatli vazifani sidqidildan ado etdi. 2022-yildan beri u tuman Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi tayanch punktlarining profilaktika katta inspektori lavozimida Choykoʻl ovuli hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ovul aholisining osoyishtaligini taʼminlash borasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

“XAVFSIZ HUDUD” TAMOYILI ASOSIDA

Azimjon Matyusupovning profilaktika inspektori sifatida amalga oshiradigan faoliyat koʻlami anchagina keng. Xususan, ovul hududidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining sababsiz dars qoldirib, koʻcha-koʻylarda bekor yurishlarining oldini olish maqsadida 22-, 59- va 42-sonli maktablarda tez-tez boʻlib, maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy mavzularda suhbatlar oʻtkazadi. “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda maktablararo sport musobaqalari, tumanimizdan yetishib chiqqan taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, huquqshunoslar ishtirokida huquqiy savodxonlik, kitobxonlik kechalari tashkil etadi.

Ayniqsa, "Xavfsiz hudud", "Xavfsiz xonadon" tadbirlarini amalga oshirishdagi uzviylik tufayli ovulda 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida bironta ham jinoyat sodir etilmadi. Natijada Choykoʻl ovuli jinoyatchilik va huquqbuzarliklardan xoli, xavfsiz “yashil” hududlar toifasiga kiritildi.

Har bir xonadonning xavfsizligi, farovon va obodligi mazkur xonadonlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning oʻzaro ahillikda, tinch-totuv hayot kechirishlariga bogʻliq. Shu bois, Azimjon Matyusupov “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda muntazam ravishda oʻtkazilib kelinayotgan “Xavfsiz xonadon” profilaktik tadbiri doirasida xonadonlarga kirib borib, ularning turmush tarzi, qanday ishlar bilan mashgʻul boʻlishayotgani, ularni qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganadi. Oʻrganishlar jarayonida aniqlangan muammolarga ijobiy yechim topish choralarini koʻradi.

Uning ish kunlari ana shu zaylda, hamisha xalq orasida, el-yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashdek mashaqqatli va sharafli vazifani ado etish yoʻlida beorom oʻtadi. Bundayin halovatsiz kechadigan mehnat onlari Azimjon Matyusupovning taqdiriga aylangan. Ana shu mashaqqatli kasbi tufayli u el aro hurmat, eʼtibor va obroʻ topdi, xizmat mavqeida mayor darajasiga yetishdi. Taqdirning bu sharafli tuhfasi oilaviy hayotida ham oʻz aksini topdi. Umr yoʻldoshi, 21-sonli maktab oʻqituvchisi Gulnoza Yuldasheva bilan birgalikda bunyod etgan oila boʻstonida 3 oʻgʻil va bir qizni aqlli, bilimdon insonlar qilib voyaga yetkazishmoqda.

Har gal 25-oktyabr sanasi – Ichki ishlar organlari xodimlari kunida Azimjon Matyusupovning xonadoni hamkasblari, doʻstlari tashrifidan fayzga toʻladi. Uning barcha yaqinlari bu kunni Azimjon bilan birgalikda alohida quvonch bilan nishonlaydilar. Chunki el-yurt tinchligi va osoyishtaligi posbonlari barcha uchun birday qadrli. Biz ham militsiya mayori Azimjon Matyusupovni kasb bayrami munosabati bilan chin dildan muborakbod etamiz hamda oilaviy baxt, sharafli va mashaqqatli kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat, mustahkam sogʻlik tilaymiz.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026