Fuqarolik jamiyati haftaligi boşlanişi munosabati bilan bayram tadbiri taşkil etildi
18-noyabr kuni Nukus şahrida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqelik – "Fuqarolik jamiyati haftaligi"ning boşlanişi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri taşkil etildi. Uşbu yirik anjuman davlat va jamiyat örtasidagi muloqotni yangi bosqiçga olib çiqiş, nodavlat notijorat taşkilotlarining mamlakat taraqqiyotidagi örnini mustahkamlaş maqsadida taşkil etilmoqda. Tadbirda fuqarolik jamiyati institutlari, mahalla faollari, davlat taşkilotlari mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etib, özaro hamkorlikning yangi qirralarini muhokama qildilar.
Tadbir nogironligi bölgan şaxslar tomonidan mehr va mahorat bilan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi, davlat granti mablağlari hisobiga amalga oşirilgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar taqdimoti hamda hududdagi milliy madaniyat markazlarining rang-barang çiqişlaridan iborat körgazma bilan boşlandi. Uşbu körgazma nafaqat yutuqlar namoyişi, balki inklyuziv jamiyat va millatlarlaro totuvlikning yorqin ifodasiga aylandi.
Tantanali marosimda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlaniş, yoşlar siyosati va jamoat birlaşmalari masalalari qömitasi raisi Murat Atamuratov sözga çiqib, barça yiğilganlarni "Fuqarolik jamiyati haftaligi"ning boşlanişi bilan samimiy qutladi. U öz nutqida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi "Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi 124-sonli Farmoni soha rivojida yangi davrni boşlab berganini alohida taʼkidladi.
Mazkur hujjatga muvofiq, endilikda har yili dekabr oyining birinçi haftasi "Fuqarolik jamiyati haftaligi" sifatida keng nişonlanişi belgilangan. Bu yilgi tadbirlar respublikamiz hududlaridan boşlanib, 1-5-dekabr kunlari Toşkent şahrida yakuniy bosqiç bilan davom etişi rejalaştirilgan. Haftalikning aynan Qoraqalpoğistondan start olişi ham bejiz emas, çunki bugungi kunda uşbu hududda fuqarolik jamiyati institutlari faol va samarali iş olib bormoqda.
Tadbir davomida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining bölim boşliği Zuhra Ibragimova sözga çiqib, sohani moliyaviy qöllab-quvvatlaş borasidagi raqamlarga töxtaldi. Taʼkidlanişiça, birgina joriy yilning özida mamlakat miqyosida fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaşga rekord darajada – 1 trillion 200 milliard söm mablağ yönaltirilgan. Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasida davlat ijtimoiy buyurtmasi şaklida 2 ta va davlat granti şaklida 19 ta loyiha jami 3 milliard 724 million söm miqdorida moliyalaştirilgan bölib, hozirgi vaqtda ulardan 14 tasi muvaffaqiyatli yakunlangan. Bu raqamlar davlatning uçinçi sektor rivojiga bölgan jiddiy eʼtiboridan dalolat beradi.
Marosimning davomida jamiyat hayotida faol iştirok etayotgan, dolzarb muammolar yeçimida taşabbus körsatayotgan bir guruh nodavlat notijorat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillariga taşakkurnomalar hamda esdalik sovğalari topşirildi. Şundan söng, Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyiş etildi. Yangragan kuy-qöşiqlarda döstlik, tinçlik va hamjihatlik ğoyalari tarannum etilib, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşildi.
Haftalik dasturiga muvofiq Adliya vazirligida oçiq muloqot, Nodavlat notijorat taşkilotlari milliy forumi, turli mavzulardagi konferentsiyalar ötkazilişi közda tutilgan. Şuningdek, imkoniyati çeklangan şaxslarning qöl mehnati mahsulotlari yarmarkasi, sport musobaqalari va xayriya aktsiyalari taşkil etiladi.
Uşbu haftalik davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari örtasida samarali muloqot mexanizmini yölga qöyiş, mavjud muammolarni tizimli tahlil qiliş hamda mamlakat taraqqiyoti uçun xizmat qiladigan istiqbolli ğoyalarni hayotga tatbiq etişda muhim platforma vazifasini ötaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶