28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:20
Iqtisodiyot 👁 2,211

Farovonligimiz omili

Farovonligimiz omili

Bugun rivojlangan dunyo iqtisodiyotida kichik biznes aholi bandligini taʼminlash va farovonligini oshirishning muhim omiliga aylanib bormoqda. Bozor konʼyukturasiga tez moslashuvchan, global iqtisodiy taʼsirlarga bardosh bera oladigan mazkur sohaning jamiyat taraqqiyotida qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yana bir bor oʻz tasdigʻini topdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak eʼtibor samaralari barqaror taraqqiy etayotgan mamlakatimiz iqtisodiyotida ham oʻz ifodasinin topmoqda.

Mustaqillik yillarida yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida tadbirkolrlik harakati rivojlantirilib, mulkdorlar sinfi shakllandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari vujudga keldi. Mazkur tizimga qaratilayotgan alhida eʼtibor, yaratilayotgan qulay shart-sharoit, eng asosiysi davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar tufayli ular bugungi kunda iqtisodiyotimizda yetakchi kuchga aylandi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ragʻbatlantirish, mamlakat iqtisodiyotida uning roli va ahamiyatini tubdan oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga asosan bir qator imtiyozlar berilib kelinmoqda.

Yurtimizda Davlat hokimiyati organlari hamda tadbirkorlik subʼektlari oʻrtasida muloqotsiz munosabatlarni rivojlantirish orqali xoʻjalik yurituvchi subʼektlar bilan davlat organlari oʻrtasidagi munosabatlarda subʼektiv aralashuvlarni bartaraf qilish borasida bir qator meʼyoriy xujjatlar qabul qilindi. Jumladan Prezidentimizning 2014-yil 7-apreldagi " Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2014-yil 15-apreldagi "Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, qulay investitsiya iqlimini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, natijada iqtisodiyotning xususiy sektorida aholi bandligini taʼminlash borasida oʻziga xos omil boʻldi. Shuningdek mamlakatimizda Prezidentimiz Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlariga asosan soliq tizimida ham tadbirkorlar manfaatiga xizmat qiluvchi oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda.

Masalan yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning oʻz faoliyatini boshlashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlikka keng jalb qilishni ragʻbatlantirish maqsadida Soliq kodeksining 311- va 375-moddalariga qoʻshimchalar kiritilib, yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat koʻrsatuvchi oilaviy tadbirkorlik subʼektlari tomonidan sugʻurta badallari va qatiy belgilangan soliqni toʻlash ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan boshlab (tegishli oyning 25-sanasiga qadar) amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi.

Soliq kodeksining 375-moddasiga kiritilgan yana bir muhim yangilik kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun katta imkoniyatlarni yaratib beradi. Yaʼni, 2015yildan boshlab, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin oʻn ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan eʼtiboran qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashdan 6 oy muddatga ozod etiladi.

Yurtimizda aholi turmush farvonligini yuksaltirish, uning bandligi darajasini oshirish, umuman mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlari hal qiluvchi kuchga aylanmoqda.

Ulugʻbek BOZORBOYeV, DSI boʻlim boshligʻi.

(Foto - http://uza.uz)


Maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha doirasida eʼlon qilindi.


🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026