Til – millatning ruhi
Til — har bir xalqning eng aziz boyligi, uning maʼnaviy poydevori, ruhiy asosidir. Qoraqalpoq xalqining ham asrlar davomida şakllanib, boyib, takomillaşib kelayotgan ona tili bugun davlat maqomiga ega bölib, millatning mustahkam tayançiga aylanib ulgurgan. 1-dekabr — Qoraqalpoğiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilingan sana ana şu bebaho merosning yuksak eʼtirofi sifatida nişonlanadi.
Uşbu qutluğ sana munosabati bilan Amudaryo tumani Madaniyat bölimida kötarinki ruhda bayram tadbiri taşkil etildi. Tadbirda davlat tilining ahamiyati, uning jamiyat hayotidagi örni, şuningdek, tilni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida söz yuritildi.
Tadbir avvalida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi boşliği Islom Matkarimov sözga çiqib, barçani bayram bilan tabrikladi. U davlat tili insonning özligini anglaşidagi örni beqiyos ekanini, tilni asrab-avaylaş va kelajak avlodga musaffo holda yetkaziş — har birimiz zimmasidagi şarafli masʼuliyatligini taʼkidladi.
Bayram tadbiri tuman Madaniyat bölimi tomonidan tayyorlangan rang-barang kontsert dasturi bilan davom etdi. Ijodkorlar qoraqalpoq va özbek tillaridagi kuy-qöşiqlar, jöşqin raqslar va sahna çiqişlari orqali tomoşabinlarga yuqori bayramona kayfiyat ulaşdilar.
Qayd etiş joizki, bugungi kunda dunyoda olti mingdan ortiq til mavjud bölsa-da, ularning atigi 170 dan ortiğiga davlat tili maqomi berilgan. Ular qatorida qoraqalpoq tilining ham alohida eʼtirof bilan turişi xalqimiz uçun katta faxr va iftixordir. Bu maqom xalqimizning özligini anglaşida, milliy ğurur va öziga xoslikni tiklaşda, ajdodlar merosini asrab-avaylab, kelajak avlodlarga yetkazişda muhim tarixiy qadam bölib xizmat qiladi.
Sönggi yillarida qoraqalpoq tilini rivojlantiriş, uning ilmiy asoslarini mustahkamlaş, fonetika, leksikologiya va grammatika borasidagi tadqiqotlarni yangi bosqiçga kötariş böyiça muhim ahamiyatga ega qator işlar amalga oşirildi. Tilning jahon miqyosidagi örni va nufuzini oşirişga qaratilgan islohotlar natijasida sezilarli yutuqlar qölga kiritildi. Bular qatorida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Vazirlar Kengaşi qöllab-quvvatlaşi bilan VII jilddan iborat “Qoraqalpoq tilining izohli luğati”ning naşr etilişi til taraqqiyotidagi yirik ilmiy voqea sifatida tarixga kirdi.
Tadbirda ijro etilgan milliy kuylarning jarangi, xalq raqslari va ikki tilning uyğunligi tadbirga öziga xos jilo berib, iştirokçilarda unutilmas taassurot qoldirdi. Har bir sahna çiqişi qoraqalpoq tilining boyligi, milliy madaniyatning teran ildizlarini yana bir bor namoyon etdi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶