Jayxun ilhomlari
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
(Yoxud bir hasadgöyning hasrati)
Neçun hamma mendan özib ketmoqda? –
Orzu-maqsadiga tezda yetmoqda,
Aslo zarar körmay, foyda etmoqda,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Öqib-örganganlar bölişdi olim,
Men esa özimga özimman zolim,
Hayronman, ertaga ne keçar holim,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Yondagi qöşnimning jöralari köp,
Moliga yaraşa qöralari köp,
Sabzi-yu turpi möl – öralari köp,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Bir oşnam kundan-kun bormoqda boyib,
Parvozi balanddir qanotin yoyib,
Muzdayam oyoği ketmaydi toyib,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Goh yöqdir heç kimni körgani közim,
Faqat men yaşasam, yaşarsam özim,
Afsus, yelga uçar niyatim – sözim,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Qayonga qaramay, yuksaliş bordir,
Buni körgan onim keng dunyo tordir,
Ne qilay, oldimda öpqonu jardir,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Ming niqob kiysam ham bölmoqdaman foş,
Menga atalgandir möl malomat toş,
Şu bois yuraman kötarolmay boş,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Boşimni suqsam gar qaysi sohaga,
Heç kimsa alişmas meni çaqaga,
Öxşab qoladurman baʼzan baqaga,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Yutuqni eşitsam ketaman yonib,
Bir paqir suv içib, yurolmam qonib,
Qança-qança oşnam ketişdi tonib,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Özimdan özgani tan ololmayman,
Niyatim haq yölga heç sololmayman,
Yaxşilar qoşida, eh, qololmayman,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Bilaman, pastkaşman, hatto marazman,
Ahillik duşmani – fitna, arazman,
Ölim ne, bilmovçi daydi-ğarazman,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Taqdirim şu ekan, aslo çoram yöq,
Oqni bulğamoqqa goho qoram yöq,
Işim önglamoqqa sovğa-poram yöq,
Bunga çidamoğim qiyin-ku, axir!!!
Saʼdulla Xöjaniyozov, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.
Iftixor
Özbekiston mening şaraf-şonimdir,
Hurriyat nafasi qulf urgan makon.
Yuragimda ungan boğ-böstonimdir,
Vatanim husniga havasda jahon.
Quyoş quçib yotar sarhadlarini,
Boğlari jannatiy olamga öxşar.
Tabiati nodir sanʼatlarini
Namoyon etuvçi naqqoşga öxşar.
Toğlari öpadi samolarini,
Zilol çaşmalari jonga oromdir.
Xuşxonlari tuzgan navolarini
Kuylab, tinglayotgan jumla olamdir.
Dunyoning havasli közlari unda,
Öğil-u qizlari zukko, bilimdon.
Ming şukr, tuğildim şundayin yurtda,
Poyingga töşalay, hur Özbekiston!
Oltinoy BOBOJONOVA,
Manğit şahri
Xayr, maktab
Yetti yoşda, quçoğingga kelgandim,
Bolalikning gaştini ham surgandim.
Taʼlim-tarbiyani, senda örgandim,
Xayr endi, jonajon maktab.
Oğuşingga oğuşlading onamdek,
Erkalading olim bölgin bolam, deb,
Ilm buloqlaring göyo olamdek,
Xayr endi, jonajon maktab.
Parvozga şaylading qanotlarimni,
Uluğ hayot sari yöllab turibsan.
Quçgin, deb ilmning sarhadlarini,
Hamonki otamday qöllab turibsan.
Sen bergan tarbiya - eng uluğ matlab,
Xuş qolgin Onajon! Jonajon maktab!
Asadbek NURADDINOV,
11-sonli maktab öquvçisi.
Sönggi qönğiroq
Bugun çalinasan, dilga öt solib,
Qalblarda bir hazin hislar uyğotib.
Bitiruvçi könglida qandaydir titroq,
Çalinmay turaqol, sönggi qönğiroq!
Yuzimizni yuvar sevinç közyoşlar,
Qalblarda tuyğular ham tölib-toşar.
Muallimga bölgan hurmat ham oşar,
Çalinmay turaqol, sönggi qönğiroq!
Maktabim, sen bilan xayrlaşamiz,
Sinfdoşlar ila ayrilişamiz.
Dildagi tuyğular oşkora, biroq,
Çalinmay turaqol, sönggi qönğiroq!
Qunduzoy YuSUPOVA,
16-sonli maktab öquvçisi.
Vatan
Men şaharga ketgan pallada,
Qişloğim yöllari qoldi kuzatib.
Tuğilgan yer va mahallamda
Elim qoldi qölin uzatib.
Murğak bola edim öşanda,
Ön yoşimda qaytdim qişloqqa.
Topdim izim aziz gulşanda,
Qadam qöygan onim ötloqqa.
Izlarimda unibdi maysa,
Gulga tölib bu gözal makon.
Quçoğimni oçib şu lahza,
Dedim:
"Qaytdim, aziz Onajon!”
Şahzod XÖJABOYeV,
80-sonli maktab öquvçisi.
Hayot söqmoqlari
Hayot söqmoqlari naqadar sirli,
Baland-past tösiqlar, tikanli ğovlar.
Goh ravon, gohida çaqirtoş qirli,
Yurolmay qiynalar böş-u bayovlar.
Men ham ketayapman şu sirli yöldan,
Adaşib, qoqilib, dovdirab goho.
Dovonlardan oşmoq kelarmi qöldan,
Maşaqqat yukidan çöçirmanmi yo?
Ezgu yöl tanladim özim uçun men,
Vatan kamolida kördim baxtimni.
Pok orzu-niyatga yöldoş böldim men,
Heç kim özgartolmas dilda ahdimni.
Ozodabonu XUDOYBERGANOVA,
34-sonli maktab öquvçisi.
FASLLAR
Yurtimiz fasllari,
Gözallik asllari.
Galma-galdan kelişar,
Seplarini yoyişar.
Bahor - yoşlik timsoli,
Qiş – poklikning misoli.
Yoz - bolalar gulzori,
Kuz - ona yurt xirmoni.
Surayyo
QURBONBOYeVA
Xursandbek
(Ukamga)
Xursandbek şodon doim,
Uni maqtaydi oyim.
Öynab doim vaqti çoğ,
Kel, uçiray arğimçoq.
Ukam judayam yaxşi,
Oilamizning naqşi.
Ukamga mehrimni men,
Kuylay misoli baxşi.
Nafisa ŞUKURULLAYeVA, 48-sonli maktab öquvçisi.
ARMON
(1966-yilda oliygohni endigina bitirib kelgan, sevimli sohasida iş boşlagan vaqtida harbiy xizmatga ketgan va xizmatini Kuba Respublikasida ado etiş çoğida halok bölgan amakim Rahimboy Qodirov xotirasiga)
Sovuq xabar keldi birdan,
Kuba deb atalmiş eldan.
Çegarada turgan akam,
Köksin öqqa tutgan akam.
El-u, yurt xizmati deb,
Hayotini tikkan akam.
Sevgisiga yetolmay,
Göşangaga kirolmay,
Hayotda farzand körmay,
Armonda ketgan akam.
Bobom qaddi bukildi,
Enam qalbi ezildi.
Sandiqlarda sarpolar,
Armonlarga ilindi.
Raʼno QODIROVA.
Bolalik!
Bolalik! Özingsan öynoqi anhor,
Közimda yaşnagan eng gözal bahor.
Qaniydi, men bilan qolsang umrbod,
Şirin onlaringga töyingan kim bor?
Toşqinsan, nigohing tuşganmi soyga,
Hilolsan, havasing kelganmi oyga.
Yillarni tortganday misoli yoyga,
Onamning allasin yaşirding qayga?
Podşohlik onlarim eding-ku - öşa,
Kapalak ketidan yugurgan şoşa.
Oy-u yulduzingni qilib tomoşa,
Ulğaydim umidli yillaring oşa.
Siyrating qolgandir nurli çoğlarda,
Jajji qöllardagi közmunçoqlarda.
Soğinçga belanib keng quçoqlarda,
Menga hamroh bölgan öyinçoqlarda.
Iroda ERDOŞEVA,
38-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶