Ekologik muammolarga qarşi kuraşiş — har bir fuqaroning işi
Global dunyoda kuzatilayotgani kabi mamlakatimizda ham ekologiya bilan boğliq muammolar tobora dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi mavjud holatni izga soliş maqsadida ekologik vaziyatni yaxşilaşga qaratilgan Prezident farmonlari, hukumat qarorlari qabul qilinib, izçillik bilan hayotga tatbiq etilmoqda. Şu bilan birga, xalqimizga xos bölgan qadimiy anʼanalarni tiklaş, aholining ekologik madaniyatini yuksaltiriş, ona tabiatni asrab-avaylaş, uni boyitib boriş har bir insonning burç va masʼuliyati sifatida kundalik hayot tarzidan munosib örin olgan.
Amudaryo tumanida ham aholining ekologik madaniyatini oşiriş, har bir xonadon, har bir köça va mahalla hududini yaşil boğ-roğlarga aylantirişga qaratilgan saʼy-harakatlar özining ijobiy samarasini bermoqda. Ayniqsa, kuz va bahor oylarida amalga oşirilayotgan “Yaşil makon” umummilliy harakati ekologik muammolarni bartaraf etiş borasida amudaryoliklarni yagona maqsad yölida yanada jipslaştirdi. Faqat 2025-yilning özida tumanning barça ovul va mahallalari hududlarida köplab yaşil boğ-roğlar yaratildi. Hududlarda barpo etilgan yaşil boğlar uçun Qipçoq davlat örmon xöjaligi tomonidan tumanning tuproq va iqlim şaroitiga mos, anomal sovuq va jazirama yoz haroratiga, şör va suvsizlikka çidamli daraxt köçatlari yetkazib berildi. 825 ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt köçatlari sifatli qilib ekilib, ularning unib-ösib, yaxşi rivojlanişi uçun masʼul işçilar biriktirildi. “Yaşil makon” umummilliy dasturi doirasida Çoyköl ovulida 0,9 gektarlik boğ barpo etildi va Manğit-Qipçoq guzar yölining ikki tarafiga turli manzarali daraxt köçatlari ötqazildi.
Tuman hududlaridagi ekologik muammolarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş maqsadida vakolatli taşkilotlar tomonidan amalga oşirilgan tezkor çora-tadbirlar tufayli 123 holatda qonunbuzilişlar aniqlanib, mansabdor şaxslar va fuqarolarga 250 mln sömdan ziyod jarimalar solindi. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining Amudaryo tumani bölimi tomonidan irrigatsiya tarmoqlarining muhofaza hududlari hamda quyi Amudaryo biosfera rezervati tasarrufidagi örmonzorlar, tabiiy ravişda ösgan daraxtzorlarni asrab-avaylaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ötgan 2025-yil davomida bölim tomonidan “Yerelektron” avtomatlaştirilgan platforma orqali ajratilgan 10 gektardan ziyod yer maydonlarining ekologik holati atrofliça örganib çiqildi va mazkur yer maydonlari hududidagi dov-daraxtlar alohida tizimga olinib, qonun doirasida zarur xulosalar berildi.
Bugungi kunda Amudaryo tumanida ekologik muammolarni bartaraf etişga qaratilgan barça saʼy-harakatlar nafaqat davlat va jamoat taşkilotlari, balki siyosiy partiyalar va aholi bilan hamkorlik asosida olib borilayotgani özining ijobiy natijasini bermoqda. Ayniqsa, soğliqni saqlaş, taʼlim-tarbiya tizimi sohalari vakillari, Özbekiston Ekologiya partiyasi Amudaryo tuman Kengaşining özaro hamkorligi natijasida 2025-yilning bahor va kuz faslida taʼlim va soğliqni saqlaş sohalarida faoliyat olib boruvçi ekologiya partiyasi aʼzolari iştirokida 50 dan ziyod aktsiyalar taşkil etilib, minglab mevali va manzarali daraxt köçatlari ötqazildi. Bu borada partiyaning “Ayollar qanoti” faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi. “Ayollar va ekologik muammolar” mavzusida taşkil etilgan uçraşuvlarga tumanning barça hududlarida istiqomat qiluvçi katta, örta yoş toifasidagi fuqarolar, ayniqsa, eng köp yoşlar qamrab olindi. Bunday uçraşuvlar 49 ta ovul va mahallalarda ötkazilib, aholining ekologik madaniyatini oşiriş yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, bukletlar tarqatildi.
Şuni alohida eʼtirof etiş kerakki, ekologik muammolarni bartaraf etişga qaratilgan barça saʼy-harakatlarda tuman aholisi, ayniqsa, yoşlar faol iştirok etişmoqda. Tabiiy resurslarni tejaş, atrof-muhit tozaligiga eʼtiborli böliş, xonadonlarni yoritiş va isitişda energiya tejamkor uskunalardan foydalaniş, keng kölamli kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş tadbirlarini amalga oşiriş bugungi kunda har bir amudaryolikning birinçi galdagi dolzarb vazifasiga aylangan. Çöllaniş va suvsizlikka qarşi körilayotgan çora-tadbirlar tumanda faoliyat olib boruvçi qişloq xöjalik korxonalari, fermer va dehqon xöjaliklari tomonidan tomçilatib suğoriş texnologiyalaridan samarali foydalaniş imkonini bermoqda.
Suv — nafaqat insoniyat uçun, balki tabiiy olam uçun ham eng zarur hayot va taraqqiyot manbaidir. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, 1 tonna buğdoy yetiştiriş uçun 1,5 tonna, 1 tonna şoli uçun 4-5, 1 tonna paxta hosilini yetiştiriş uçun esa 10000 tonna suv sarflanar ekan. Gidrosferaning 2,5 foizi çuçuk suv ekanligini inobatga olsak, global dunyoda, şu barobarida mamlakatimizda ham ekologiya bilan boğliq muammolar, ayniqsa, suvsizlikka qarşi qatʼiy çoralar köriş va bu borada qatʼiyat va tejamkorlik bilan iş olib boriş nafaqat davlatning, balki har bir fuqaroning zimmasiga yuksak masʼuliyat yuklaydi.
Şunday ekan, aziz yurtdoşlar, yaşil energiya manbalaridan foydalanişni anʼanaga aylantiriş, tomçilatib suğoriş texnologiyalarini faoliyatimizga keng joriy etiş, boğ-roğlar, yaşil maskanlarni köpaytiriş, yerosti suvlaridan öta ehtiyotkorlik bilan foydalaniş orqali ekologik tahdidlarning oldini olişga öz hissamizni qöşaylik!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶