28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:43
Salomatlik 👁 7,587

GRIPP KASALLIGIDAN SAQLANING!

GRIPP KASALLIGIDAN SAQLANING!

Gripp – bu oʻtkir yuqumli virusli infektsiya boʻlib, nafas olish aʼzolari shilliq qavat xujayralarining zararlanishi va organizmning zaharlanishi bilan kechuvchi, havo-tomchi hamda muloqot yoʻllari bilan yuquvchi, epidemik va pandemik tarqalishlar bilan namoyon boʻladigan kasallik hisoblanadi.

Gripp virusining hozircha maʼlum boʻlgan uchta – A, V, S serotiplari mavjud. Hozirgi vaqtda "A”, "V” tipiga mansub gripp viruslarining bir qator serologik variantlari aniqlangan. Gripp virusi miksoviruslar guruhiga, ortomiksoviruslar oilasiga mansub boʻlib, RNK saqlaydigan qoʻzgʻatuvchilar guruhiga kiradi. Gripp virusi tashqi muhit omillari taʼsiriga nihoyatda sezuvchan. Yuqori haroratda virus tezda nobud boʻladi. Dezinfektsiyalovchi moddalar: xloramin, xlorli ohak va boshqalar taʼsirida 5-10 daqiqadan keyin virus kasallik chaqiruvchi xususiyatini yoʻqotadi. Ammo gripp virusi past haroratga chidamli boʻlib, 0 - minus 4 darajadan minus 25-70 darajagacha sovuqda oʻz hayot faoliyatini bir necha yil davomida saqlab qoladi.

Tarixiy maʼlumotlardan maʼlumki, gripp kasalligining yangi virusi paydo boʻlgan vaqtlarda kasallik pandemik holatda butun dunyoga tarqalgan. Masalan, 1918-1920-yillardagi "Ispanka” deb nomlangan pandemiya 1 mln. odamni hayotdan olib ketgan. Pandemiya oraligʻida har 2-3-yilda gripp kasalligining epidemiyaviy tarqalishi kuzatiladi. Odamdan-odamga havo-tomchi va muloqot yoʻli bilan yuqadi. Yaʼni, gaplashganda, aksirganda, salomlashganda va bemor foydalangan anjomlardan foydalanganda yuqishi mumkin.

Virus organizmga tushgandan keyin yashirin davri bir necha soatdan 2-3 kungacha davom etadi. Yashirin davridan keyin kasallik belgilari yuzaga chiqadi. Kasallikning asosiy belgilari bosh ogʻrigʻi, mushaklardagi ogʻriq, tana haroratining koʻtarilishi, yoʻtal, angina, renit bilan boshlanadi va ayrim hollarda qayt qilish, ich ketish holatlari kuzatiladi. Bemorga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilmasa, ogʻir oqibatlarga, hatto oʻlimga olib kelishi mumkin.

Gripp kasalligi bilan kasallangandan keyin odam organizmida gripp kasalligiga qarshi kurashuvchi immunitet paydo boʻladi. Lekin bu immunitet turgʻun emas. Shu sababli 1-1,5-yildan keyin odam gripp virusi bilan qayta kasallanishi mumkin.

Xoʻsh, kasallikning oldini olish uchun nimalarga eʼtibor berish kerak?

Odam gripp va boshqa respirator kasalliklar bilan ogʻriganda uyidan chiqmagan holda tibbiyot xodimlarini uylariga chaqirtirishi kerak. Tibbiy xodimlar kelguncha bemorni uyidagi boshqa odamlardan ajratib qoʻyib, koʻproq suyuqliklar, asalli, shirin choy, limon, malina solingan choy, kompotlar va boshqa vitaminlarga boy ichimliklar ichirish tavsiya qilinadi. Tana harorati yuqori boʻlsa, paratsitamol yoki boshqa haroratni tushiruvchi dorilardan foydalanish zarur. Bemor ajratib qoʻyilgan xonani tez-tez shamollatib, hoʻllash usuli bilan tozalash kerak.

Jamoat joylarida, maktablar, bolalar bogʻchalari, transportlarda, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, korxona va muassasalarda kundalik tozalash ishlarini xlor saqlovchi, dezinfektsiyalovchi moddalar bilan oʻtkazib, tez-tez shamollatib turish tavsiya etiladi. Kasallik qayd qilingan vaqtda jamoat joylarida ishlovchilar toʻrt qavatli doka niqoblar taqib ishlashlari kerak. Hududlardagi davolash-profilaktika muassasalarida gripp kasalligi qayd qilingan vaqtda zudlik bilan yordam koʻrsatish uchun dori-darmon va dezinfektsiyalovchi vositalar zahirasi tashkil qilinishi zarur.

Gripp kasalligining oldini olish uchun hozirgi kunda grippga qarshi vaktsinalar ishlab chiqarilgan. Yiliga 1-marta grippga qarshi emlash ishlari olib borilsa, gripp kasalligi yuqishining oldi olinadi.

Yuqoridagilarga amal qilsak, kasallikning kirib kelishi va tarqalishining oldini olgan boʻlamiz.

Gulshod TOJIBOYeVA,

tuman DSENM epidemiologiya boʻlimi mudiri,

oliy toifali epidemiolog.

(http://navoimed.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026