28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:38
Sport 👁 4,980

PARLAMENT KOMISSIYaSINING NAVBATDAGI YIGʻILIShI

PARLAMENT KOMISSIYaSINING NAVBATDAGI YIGʻILIShI

2015-yil 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Parlament komissiyasi aʼzolari – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, senatorlari, davlat organlari, NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining demokratik oʻzgarishlarda, mamlakatimizni modernizatsiya qilishda va jamiyatimizni liberallashtirishda faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash  boʻyicha izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadlarga 2015-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 10,0 mlrd. soʻm mablagʻ ajratildi. Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan davlat grantlari ajratish va davlat ijtimoiy buyurtmalari berish boʻyicha 7 ta tanlov oʻtkazildi. Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tanlovlarida 1200 gayaqin NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari oʻzlarining 1383ta ijtimoiy ahamiyatli loyihalari bilan qatnashdi. Tanlov ishtirokchilari va taqdim etilgan loyihalar soni 2014-yilga nisbatan 2 marotaba oʻsdi.

Davlat koʻmagi turlari boʻyicha taqsimlangan mablagʻlar hajmida ham sifat jihatidan oʻzgarishlar kuzatilmoqda, yaʼni 2009-yilga nisbatan davlat granti mablagʻlari hajmi 12,5 marotaba va ijtimoiy buyurtma 2,7 marotaba oʻsgan.

Ular 2015-yilda ajratilgan va tanlov asosida yoʻnaltirilgan davlat koʻmagi umumiy hajmining 67 foizini tashkil qiladi. Bunda bir davlat granti uchun ajratiladigan summa 2009 yildagi 5-7 million soʻmdan 25 million soʻmgacha yoki oʻrtacha deyarli 4,2 marotaba oʻsgan. Umuman olganda, joriy yilning 10 oyida Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 238ta loyihasi va dasturi davlat grantlari, ijtimoiy buyurtmalar va subsidiyalar koʻrinishida davlat tomonidan 9,2 mlrd. soʻm miqdorida qoʻllab-quvvatlandi.

1. Davlat subsidiyasi oluvchilar egalari tomonidan qariyb 50ta qonunni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlandi, 1800 ta axborot-tahlil materiallari tayyorlanib, ularning 1000 dan ortigʻi bosma OAVda eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligiga bagʻishlab "Eng ulugʻ, eng aziz” respublika tanlovi, jurnalistlarning ijodiy faolligini ragʻbatlantirishga qaratilgan "Yilning eng faol jurnalisti” respublika tanlovi va qator seminar va treninglar, Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bagʻishlab «Ozod yurt tulkinlari», «Jurnalistlar bahori-2015» media-festivallari, «Mening yurtim - mening faxrim» aktsiyalari oʻtkazildi. 1000dan ortiq media mahsuotlari tele-radio efirga berilib, ularda mamlakatimizdagi demokratik islohotlarni amalga oshirilishi va fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonlari oʻz aksini topdi.

2. "Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasiga va davlat organlarining buyurtmalariga muvofiq  tanlov asosida 20dan ortiq davlat buyurtmalari taqdim etildi. "Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol ishtirokini taʼminlash davlat ijtimoiy buyurtmalarining eng muhim yoʻnalishiga aylandi. Natijada «Nuroniy» Oʻzbekiston fariylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash fondi, «Mehr-shavqat va salomatlik», «Ekosan» kabi jamoat fondlari tomonidan 7000 ta keksalarga,
1000 dan ortiq urush va mehnat faxriylariga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatildi, nogironlarga eshitish apparatlari, aravachalar, harakatlanish vositalari va boshqa vositalar taqdim etildi.

Tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda yoshlar, taʼlim muassasalari oʻquvchilarining urush va mehnat faxriylari bilan 1000dan ortiq uchrashuvlari oʻtkazildi, tarixiy-madaniy joylar, muzeylar, koʻrgazmalarga borga holda 100dan ziyod turli madaniy koʻngil ochar tadbirlar tashkil etildi. Xoʻjayli (Qoraqalpogʻiston Respublikasi), Qoʻqon (Fargʻona viloyati), Zomin (Jizzax viloyati) tumanlarida "Muruvvat” uylarida qayta tiklanuvchi elektr manbaalari joriy etildi va shu tariqa 800 dan ortiq keksalar va nogironlarning turmush darajasi va sifatini oshirishga koʻmaklashildi.

Jismonan sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalashga koʻmaklashish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va Parlament komissiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan ijtimoiy buyurtmalarning muhim yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Ushbu yoʻnalishda ijtimoiy buyurtmalar amalga oshirilishi natijasida 1000 gayaqin yoshlarning sharq sport bellashuvlarida ishtirok etishi, 10 nafar sportchi xalqaro musobaqalarda qatnashishi qoʻllab-quvvatlandi. 200 nafardan ortii nogiron bolalarning ijtimoiy moslashuvi uchun 40 nomdagi 130ta zamonaviy asbob-uskunalar va sport anjomlari sotib olindi. Ijtimoiy muhtoj qatlamlaridan bolalarga ijtimoiy-pedagogik, huquqiy va axborot-taʼlim yordami koʻrsatish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratildi.

600dan ziyod talantli, iqtidorli yoshlar ilmiy faoliyatga jalb qilindi, yoshlarning ilmiy-texnik, ijodiy va intellektual salohiyatini, ijtimoiy faolligini rivojlantirishga, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan qator turkum tadbirlar tashkil etildi, 150dan ziyod ijtimoiy ahamiyatli axborot-kommunikatsion texnologiyalari bilan bogʻliq loyihalar ishlab chiqilib joriy qilindi.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarini, millatlararo va madaniyatlararo birdamlikni mustahkamlash sohasida loyihalar amalga oshirildi. Ijtimoiy buyurtmalarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekistonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniya voqealar haqida oʻzbek, rus va ingliz tillarida 3000 dan ortiq axborot-tahlil materiallari Internetga joylashtirildi.

Faol fuqarolik pozitsiyasini va yuksak kasbiy mahoratini namoyon qilgan jurnalistlarning mehnatini ijtimoiy eʼtirof etilishi va munosib baholanishiga koʻmaklashish boʻyicha ishlar davom ettirildi. Butunjahon matbuot erkinligi kuniga bagʻishlab Jurnalistika sohasida "Oltin qalam” X Milliy mukofoti xalqaro tanlovi oʻtkazildi. Oʻzbekistonda tinch totuv yashab, mehnat qilayotgan 130 ta millat va xalqlarining hayotini, jamiyatimizdagi fuqarolar totuvligi va tinchlikni yorituvchi "Oʻzbekiston – umumiy uyimiz” kitobi-albomini tayyorlash boʻyicha ishlar faollik bilan amalga oshirilmoqda.

3. 2015-yildaoʻtkazilgan 4 ta grant tanlovi natijalari boʻyicha Fond tomonidan NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining umumiy summasi 3 mlrd. 950 mln. soʻm boʻlgan 217ta ijtimoiy ahamiyatli loyihalari qoʻllab-quvvatlandi. Davlat grant loyihalarini amalga oshirish doirasida keksalarni ijtimoiy manzilli himoya qilishga, faxriylar va katta yoshdagilarga ijtimoiy tibbiy xizmat koʻrsatish darajasi va sifatini oshirishga alohida koʻmak koʻrsatildi.

Keksa yoshdagilar sogʻligʻini mustahkamlash, ularning oiladagi, jamiyatdagi oʻrni va obroʻsini oshirish hamda yoshlarni tarbiyalash qoʻllab-quvvatlandi. Bu keksalar hayoti va faoliyati, xordiq chiqarishini tashkil qilish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, muloqot markazlari, qiziqishlar boʻyicha klublar tuzish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga sharoitlar yaratish imkonini berdi.

Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri «Kurilisshi» №12 fukqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organida keksalarning dam olishi va sport bilan shugʻullanishi, shuningdek xordiq chiqarishlari uchun maydoncha bunyod etildi. «Salomatlik plyus ekologiya» NNT (Fargʻona viloyati) 1095dan ortiq, shu jumladan 73 nafar keksa yoshdagilar istiqomat qiladigan Dangara tumani "Quduq” qishlogʻi aholisini ichimlik suvi bilan taʼminladi. Quduq tiklanib taʼmirdan chiqarildi va tozalandi. Aholi oʻrtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish va sogʻlom turmush tarzi yuritish boʻyicha oʻquv seminarlari oʻtkazildi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining
23 yilligi bayramini nishonlash arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi tomonidan fuqarolik institutlarining aholi huquqiy bilimlarini, huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan davlat granti tanlovlarining natijalari koʻrib chiqildi. 207 ta loyihadan Parlament komissiyasi NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining umumiy summasi 800,0 mln.soʻm boʻlgan 34 ta loyihani maʼqulladi va qoʻllab-quvvatladi. Shuningdek, Parlament komissiyasi aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston xalqlari tarixiy-madaniy merosini, respublikaning Istiqlol yillaridagi ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi yutuqlarini targʻib qilishga qaratilgan 6-qoʻshimcha grant tanlovi natijalari koʻrib chiqildi. NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 115ta loyihasidan jami 28ta loyiha gʻolib deb topildi va ularning qoʻllab quvvatlanishiga
700,0 mln.soʻmga yaqin mablagʻ ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Yigʻilishda jamiyatda ijtimoiy sherikliklar tamoyillarini yanada kuchaytirish, NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining demokratik islohotlarni amalga oshirish, modernizatsiya va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonidagi oʻrni va ahamiyatini yuksaltirish masalalari ham muhokama qilindi.

NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari uyushmalari va birlashmalari rahbarlarining NNT hududiy forumlari, Oʻzbekiston NNT IV milliy forumi, shuningdek VII Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivalini oʻtkazish boʻyicha axborotlari eshitildi. Shu maʼnoda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xalq taʼlimi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi, shuningdek qator davlat organlari, milliy NNT va xalqaro tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklikda oʻtkazilayotgan "Alohida ehtiyojlari boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasi va jamiyatga uygʻunlashuvi” xalqaro forumini tashkil qilish va moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash masalalari ham koʻrib chiqildi.

NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining qoʻllab quvvatlangan loyihalari va dasturlarini amalga oshirilishi samaradorligi va natijalarini aniqlash monitoringini oʻtkazish boʻyicha ishlar milliy mexanizm tomonidan yoʻlga qoʻyilgan. Joriy yilning oʻzida davlat koʻmagidan foydalanuvchilar xarajatlari smetasi va qariyb 300ta loyiha va dasturlarning amalga oshirilishi boʻyicha hisobotlari monitoringi keng miqyosda tahlil qilindi,  NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 200 dan ortiq xarajatlar smetasi va hisobotlari notoʻgʻri tuzilishining oldi olindi. Yigʻilishda davlat grantlarini amalga oshirishda joylarda monitoring oʻtkazish va ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish boʻyicha turli maslahat va huquqiy  yordam koʻrsatish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining faolligini oshirish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Yigʻilish ishi doirasida muhokama qilingan masalalar yuzasidan boshqa qarorlar ham qabul qilindi.

 

Jamoat fondi ijroiya devoni
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026