Jayxun ilhomlari
Siz tuğilgan kun
Köngilda neça bor bölsa-da takror,
Har yilda bir marta nişonlanar kun.
Olamda qançalar quvonç bölsa bor,
Hammasi eslanar siz tuğilgan kun.
Hamma uçun bu kun bir katta bayram,
Qança ezgu orzu dilda mujassam.
Göyo şu kun otgan baxt tongi ham,
Şodlikdan sözlanar siz tuğilgan kun.
Döst, qarindoş kelib dilga yoqar öt,
Dilxuş davra bölar siz turgan hudud.
Olisdagilar ham tilar iqbol, qut,
Hamrozlar qömsagan siz tuğilgan kun.
Umrga qöşilib yana bitta yoş,
Dilni öksitmasin köringan oq soç.
Bu ham bir çiroy-da omon bölsa boş,
Yoşlikdan söz ketar siz tuğilgan kun.
Qança bayramlardan köp kutar hamma,
Dil diydor totidan zavq olgan damda.
Alam, qayğu, dardni unutar hamma,
Şunday qutluğ ayyom siz tuğilgan kun.
Sahf xavfidan sal bölsa-da hadik,
Jurʼat etdim bugun aytişga tabrik.
Bir çala şoirdan sizga esdalik,
Köplar qatorida, siz tuğilgan kun.
Ahmad Nafasov.
Vaqt
Men yurib boraman, yurakda armon,
Hayot söqmoğida sekin yo ildam,
Bir zum çarçaganda ololmasam dam,
Menga nima uçun töxtamading vaqt?
Men yurib boraman, yurakda isyon,
Ötgan lahzalardan huzur topolmay,
Men qadam bosişdan töxtagan şu on,
Vaqt yuraverar menga töxtamay...
Közlarim olisdan manzilni körar,
Topolmay garangman, töğri qaysi yöl.
Közimni göyoki bosgan bir parda,
Hali bu yölimda sarguzaştlar möl.
Quvlayman izma-iz vaqtning ketidan,
Mayli, vaqt tutqiçin bermasa-bermas.
Lekin men çinakam baxtga yetaman,
Bir kun vaqtning özi mendan ketolmas.
Sevara SIDABULLAYeVA.
Özbekistonim
Boğlarida sayr etib,
Bahra olsam gulidan.
Quşlar sayrar madh etib,
Vatanim iqbolidan.
Çamanim – gul makonim,
Senga fido tanda jon.
Soğlomdir qiz-öğloning,
Jonajon Özbekiston.
Madina Jabborova, 1-sonli maktab öquvçisi.
Jiyda guli
Jiyda guli qilganda sarxuş,
Xayol ketar öşa damlarga
Intiq hislar qiladi behuş,
Ojiz qalbim kömib ğamlarga.
Sokin oqşom poylayman uni,
Köngil şoşar yöq endi turiş.
Jiyda böyi taralgan kuni
Qalbim qildi qalbingga uruş.
Nigohlarim öt purkab har kun,
Kipriklarim öq bölib botsin.
Işqqa qilib seni zanjirband,
Tuyğularim gulçeçak otsin.
Sanobar TOJIMUROTOVA.
TURMUŞNI "MUŞT” DEYDILAR
Şahnozaxon bu yili,
Ön olti yoşga töldi,
Gözallikda tengi yöq,
Sohibjamol qiz böldi.
Unga taniş-bilişdan
Sovçi kela boşladi.
Sovçilar kelaverib,
Eşiklar sinay dedi,
Şahnozani sörayverib,
Buvisin bezor qildi.
Sovçilarning barisi
Rad javobini oldi.
Oradan hafta ötib,
Eşik taqillab qoldi.
Şahnozaxon tez çiqib,
Darhol eşikni oçdi.
Sovçilar uni körib,
Rosa hursand bölişdi.
Xusni va odobiga
Hayrat ila boqişdi.
Şahnozaning buvisi,
Darhol joy hozirladi.
Olmay qiz roziligin,
Non sindirib yubordi.
- Kollejga endi kirdim,-
deb yiğladi Şahnoza.-
Öqiş rejasin tuzdim,
Öqiyman oliygohda.
Biror kasbni egallab,
Rözğor tutişni anglab
Va hayotni örganib,
Keyin turmuş quraman.
Bu gapdan buvisining
Jahli çiqa boşladi.
Quda tomondan kelgan
Tugunga köz taşladi:
Tugun töla sovğadan
yonib ketdi közlari.
Boylik degan savdodan
Toşdi dilda sözlari:
- Yeganing ortingda-yu,
Yemaganing oldingda.
Yaşaysan izzatda-yu,
Malikaday hurmatda!
Nima, öqib sen menga,
Şahar oberarmiding.
Sözimni ikki qilma,
Boşqa gap qaytarmagin...
Oradan bir oy ötib,
Töy kuni belgilandi,
Har yon ovoza qilib,
Sanʼatkorlar tanlandi.
Töydan söng kunlar ötib,
Şahnoza qoldi çökib...
Irimçi qaynonasi
Janjal qila boşladi:
"Kir yuvişni bilmaydi,
Dazmol qila olmaydi.
Ovqatlari biram şör,
Çoy damlaydi zör-bazör.
Uy tutişni bilmaydi,
Rözğorni eplolmaydi”...
Oradan bir yil ötib,
Şahnoza egiz tuğdi.
Tuğruq köp oğir keçib,
Biri ölik tuğildi.
Ön yetti yoşli ona
Bundan ğoyat ezildi.
Gohi oşkor, pinhona
Yiğlayverib bukildi.
Boz ustiga köp ötmay,
Öğlidan ham ayrildi.
Bu ğami yetmaganday,
Şifokor bir söz aytdi:
"Endi farzand körmaysan,
Aslo ona bölmaysan.
Ertadan turmuş qurib,
Vujuding mayiribsan...”
Bu xabarni eşitib,
Qaynona jahl qilib,
Tuğmas kelin, deb uni
Haydab soldi bir kuni.
Na soğligi, na huşi
Joyida emas edi.
Ikki gödakning doği,
Uni juda ezardi.
Qaynonasining gapi
Diliga oğir botdi.
Özi bilmagan holda,
Özini suvga otdi...
Ön yettiga tölganda,
Sölib qoldi guldayin.
Orzular olamiga
Bitta qadam qöymayin.
Ey, aziz tengdoşlarim,
Sizlarga aytar gapim:
Maktabda, kollejlarda,
Aʼlo bahoga öqing.
Oliygohlarga kirib,
El-yurtni quvontiring.
Biror kasbni egallab,
Uy işlarin örganib,
Hayot darsini olib,
Sevib hamda sevilib,
Turmuş quring suyunib.
Ezgu niyat, ahd bilan
El-yurtga xizmat qiling.
Keyin esa baxtingiz
Özi izlab topadi.
Gözal, şirin hayotga
Sizni olib ketadi.
Sevara IBROHIMOVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶