SANʼATGA VA SPORTGA OŞUFTA KÖNGILLAR
Mustaqillik – xalqimiz hayotini tubdan özgartirib yuborgani bilangina emas, balki har bir inson qalbida öz tuğilgan yeriga çeksiz mehr-muhabbat, ona yurt va mamlakatimizda yaşayotgan barça millatlar kelajagiga yuksak işonç tuyğusini uyğotgani bilan ham qadrlidir. Çunki, mustaqillik – xalqimizga özligini, erkini qaytarib berdi, inson qadr-qimmati eng oliy qadriyat ekanligini anglatdi. Inon-ixtiyori, erki özida bölgan xalq nelarga qodir bölmaydi, deysiz? Mamlakat hayotining barça jabhalaridagi yuksak taraqqiyot, jahoniy özgarişlarga butun dunyo ahli havasda!
Bugun istiqlol bergan imkoniyatlardan foydalangan holda qator yutuqlarni qölga kiritayotgan tuman Madaniyat va sport işlari bölimi faoliyati haqida hikoya qilişni lozim topdik.
XALQQA MANZUR TADBIRLAR
Yurtimizda bayramlar köp. Bayramlarga monand tadbirlar ham. Tuman madaniyat va sport işlari bölimining yillik iş rejasi, albatta, ana şu bayram tadbirlarini hisobga olgan holda tuziladi. Rejalar puxta bölsa, maqsadlar aniq böladi. Amaliy ijrosi esa albatta, xalqqa manzur bölmoği kerak.
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan har bir yilga öziga xos, betakror nomlarning berilişi madaniyat va sport sohasi xodimlari zimmasidagi masʼuliyatni yanada oşiradi. Bu qanday masʼuliyatki, boşqa sohalarga nisbatan aynan madaniyat va sport işlari tizimi mutaxassislari yanada faollaşib ketadilar? Sababi, xalqning qalbida ezgu orzular uyğotişga qodir, xalqqa manzur dasturlar tuziş talab etiladi soha xodimlaridan.
- Şuning uçun yil boşidanoq biz öz rejamizni puxta tuzişga, xalqqa manzur dasturlarimiz bilan xalq orasida bölişga harakat qilamiz, - deydi tuman Madaniyat va sport işlari bölimi mudiri Şuhrat Yusupov.
Xalq orasida böliş, xalqqa manzur xizmatlar qiliş – bu insondan bilim va iqtidor talab etadigan fazilat. Bunday fazilat tuman Madaniyat va sport işlari bölimining har bir xodimi uçun begona emas. Faqat markaziy madaniyat va aholi dam oliş maskanining özida taşkil etilgan 14 ta tögarak har kuni öquvçi-yoşlar va qiziquvçilar bilan gavjum bölişining özidan bu yerda sanʼatga, sportga oşno, iqtidorli yoşlar kamol topayotganini ilğaş qiyin emas.
"Mardlar qöriqlaydi ona Vatanni!”, "Vatan uluğ – burçim muqaddas”, Navoiy va Bobur tavallud kunlari munosabati bilan "Ğazal mulkining sultoni”, "Şoh va şoir Bobur bobomiz”, "Otam - suyangan toğim, onam – mehr buloğim”, "Mardlarni el eʼzozlaydi”, "Guldan ham gözaldir ayol qalbi”, "Assalom, Navröz”, "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi”, "Donolik va taşabbuskorlik siyosiy yetakçilik mezoni”, "Hamşira - 2015”, "Hormang, aziz paxtakorlar”... Bölim tomonidan yil davomida amalga oşirilgan şu kabi tadbirlar, körik-tanlovlar röyxatini yana uzoq davom ettiriş mumkin. Lekin gap bu tadbirlar röyxatida emas, balki ana şu ötkazilgan rejaviy tadbirlarning xalqqa qançalik manzur bölganida, körik-tanlovlarning ijobiy natijalarida!
Xalqqa manzur tadbirlardan eng muhimi bu – yoşlar tarbiyasi bilan boğliq adabiy-musiqiy festivallar, harbiy vatanparvarlik, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaşga xizmat qiluvçi "Vatan uluğ – burçim muqaddas” şiori ostidagi Vatan himoyaçilari bilan uçraşuv keçalari, "Siz qonunni bilasizmi?” körik-tanlovi, "Yurt kelajagi yoşlar qölida” festivali, "Otaşnafas qöşiqlar”, "Yagonasan, muqaddas Vatan” kabi körik-tanlovlar bölsa ne ajab! Çunki, faqat ana şu tadbirlarning özida minglab amudaryolik yoşlar iştirok etişdi. Öz qöşiqlari bilan xalq qalbidan joy olgan Murod Ibragimov Komiljon Otaniyozov xotirasiga bağişlangan "Otaşnafas qöşiqlar” körik-tanlovida Qoraqalpoğiston miqyosida 1-örinni egallagan bölsa, "Sanʼat maktabi” deb nomlangan körik-tanlovning respublika bosqiçida Renat Saparboyev, Sarvar Xudoyberganov, Komiljon Boltaboyevlar muvaffaqiyatli iştirok etişdi.
Xalqimiz sanʼatsevar. Yaxşi kuyni, qöşiqni tanlab biladi. Köngliga manzur kelmagan kuy-qöşiqqa quloq solmaydi xalq. Şu bois, fidoyi sanʼatkorlar - Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan artist Nazir qori Rahimovning sodiq şogirdlari – ustoz sanʼatkor kuylagan maşhur "Kiyik qissasi” doston-aşulasi ustida işlab, maromiga yetkazib ijro etgan va doston-aşulaga qayta hayot bağişlab, yana xalqqa qaytargan xuşovoz xonanda Bahodir Rajabov, el dilidan joy olgan sanʼatkorlar Anvarjon Xudoyberganov, Murodjon Ibragimov, Nazir qori Rahimovning nevarasi Ikromjon Siytimov, Şahnoza Matsafoyevalarning har bir çiqişidan, ijro mahoratlaridan tumanimiz xalqi mamnun.
Madaniy-maʼrifiy tadbirlarga aholining uyuşmagan qatlamini jalb etiş, ayniqsa, yoşlar qalbida ona Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat, millatlararo totuvlik tuyğularini şakllantiriş, ularni mehnatkaş, tadbirkor, bilimdon va har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalaş madaniyat va sport işlari bölimi faoliyatining asosini taşkil etadi. Şu bois, bölim tasarrufidagi "Çoyköl”, "Uyşin”, Qiliçboy madaniyat va aholi dam oliş maskanlarida taşkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda yuzlab qişloq yoşlari iştirok etişmoqda. Ularning öz qobiliyatlarini namoyon etişlari uçun bu maskanlarda turli xil tögaraklar işi yölga qöyilgan. Xususan, qöşnay, raqs gimnastika, tikuvçilik tögaraklarining har biriga 20-21 nafar ovul yoşlari jalb qilingan.
Madaniyat va aholi dam oliş maskanlarida taşkil etilgan tögaraklar aʼzolari tomonidan tayyorlangan milliy urf-odatlar, maʼnaviy qadriyatlar asosidagi tadbirlarni xalqimiz katta qiziqiş va eʼtibor bilan qarşi olib, hatto bu tadbirlarda özlari ham jon-jon deb iştirok etişmoqda.
- "Uçqun” aşula va raqs xalq ansambli, "Ofarin” folklor-etnografik xalq ansambli, ovullardagi madaniyat va aholi dam oliş maskanlarining yoş, iqtidorli sanʼatkorlari tomonidan ğöza parvarişi va paxta yiğim-terimi mavsumi davrida 55 kunlik reja asosidagi kontsert dasturlari namoyiş etildi, - deydi Şuhrat Yusupov 2015-yilda amalga oşirilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqida söz yuritarkan. – Sanʼatkorlarimiz, töğrisi, 55 kunlik reja, deb şu muddat tugaganidan söng ham qarab ötirişmadilar. Ular rejadan taşqari ham mavsum davomida qişloq mehnatkaşlari huzurida kontsert dasturlarini namoyiş etdilar.
Çunki, sanʼat – xalqniki, sanʼatkor esa ana şu sanʼatni – qöşiqni qöşiqday kuylab, raqsni xalqona ijro bilan xalq qalbiga jo etmoği kerak. Texnika, ayniqsa, sanʼat sohasida, yuksak taraqqiy etgan asrimizda xalq çolğu asboblari jörligida, xususan tor, rubob, qöşnay, çang va doira çalib, davralarga jon kiritib, öz ijrolari bilan tobora xalq yuragidan joy olayotgan tumanimiz sanʼat ahli erişayotgan yutuqlar esa barçamizniki.
Har gal Navröz – umumxalq bayrami, Mustaqillik bayrami, "Ustoz va murabbiylar kuni”, Yangi yil kabi teatrlaştirilgan bayram tomoşalarida iştirok etgan tumanimiz xalqi yuragida bir samimiy tuyğu uyğonadi. Bu – teatrlaştirilgan bayram tomoşalaridan qoniqiş tuyğusi, qalblariga huzur-halovat baxş etgan hayajon, hayrat. Bu hayajon va hayrat nedan? Xalq qalbiga payvasta bayramona ruh, xuş kayfiyatning davrada hokim bölganidan. Özim neça bor guvoh bölganim – har galgi bayram tadbirlarida xalq dilida uyğongan eʼtirof, bayram taşkilotçilariga nisbatan samimiy hurmat, nazarimda, tuman madaniyat va sport işlari bölimining har bir fidoyi xodimi mehnatiga berilgan bahodir. Sanʼat ahli uçun esa bundan uluğ mukofot yöq.
YeLKASI YeR KÖRMAGAN
AMU YoŞLARI

Mustaqillikdan avval Manğit, nari borsa Nukus şahridan u yoğiga ötib, öz iqtidorlarini namoyon eta olmagan tumanimiz yoşlari dunyoning nufuzli davlatlari sportçilari bilan bellaşib, ğoliblik şohsupalaridan joy olib qaytayotganlaridan quvonib ketaman. Axir quvonmay böladimi? Ular amudaryolik! Bundan ham muhimroği, Özbekiston yoşlari!
Amudaryolik polvon qiz Feruza Haytimbetova 2000-yilda Rossiyaning Tver şahrida yoşlar örtasida ötkazilgan 1-jahon çempionatida ikkinçi örinni egallagandi. Bundan ham muhimi, Angliyaning Bedford şahrida Özbekiston Prezidenti sovrini uçun ötkazilgan Xalqaro turnir ğolibi, 2003-yilda yana Rossiyaning Tver şahrida bölib ötgan kuraş böyiça 2-jahon çempionatida 3-örin sohibasi bölgandi. Feruza Xaytimbetovaning izdoşi, kuraş böyiça Özbekiston, Osiyo va jahon çempionatlari ğolibi Zulhijja Xudoyorovaning sportda erişgan yuksak natijalari Özbekistonning çekka bir tumani – Amudaryo elini dunyoga tanitdi. Amudaryolik sportçilar Feruza Haytimbetova va Zulhijja Xudoyorovalarning nomlari özbek kuraşi böyiça Özbekiston sporti tarixidan munosib joy oldi.
Bugungi kunda Amu elining zabardast sportçilari safi yanada kengaydi. Ular safiga 2008-yilda Turkiya davlatining Istambul şahrida bölib ötgan jahon çempionatida sportning kuraş turi böyiça faxrli 3-örin sohibasi bölgan yana bir çempion polvon qiz Umida Matyoqubova, bir neça xalqaro turnirlar, Yevropa kubogi, Osiyo çempionatlarida yelkasi yer körmagan Elyor polvon Maşaripov, sportning dzyu-do kuraşi böyiça bir neça marta Özbekiston çempioni, uç bora Xalqaro turnirlar, Yevropa, Osiyo va jahon çempionatlari ğolibi va sovrindori Şarofaddin Boltaboyevlarning sportda erişayotgan mislsiz yutuqlari ona Özbekistonimizga, şu barobarida Amu elimizga katta şon-şaraflar keltirgani, tumanimiz yoş sportçilarining çegara bilmas imkoniyatlarga egaligidan yaqqol dalolatdir.
TADBIRLAR – IQTIDORLILARNI KAŞF ETADI
Bugungi kunda tumandagi 82 ta umumtaʼlim maktablari va 8 ta kollej hamda akademik litseyda zamonaviy sport inşootlari mavjud. Bundan taşqari, 3 ta bolalar va ösmirlar sport maktablarida, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey hamda umumtaʼlim maktablari qoşidagi sport majmualarida 20 ming nafardan ziyod elimiz farzandlari sportning 16 ta turi böyiça şuğullanib, tuman va respublika miqyosidagi sport musobaqalarining nafaqat doimiy iştirokçilari, balki ğoliblariga aylanişgan.
- Sport sohasida kuçlilarni aniqlaşda turli xil mavzulardagi tadbirlarning örni ham ğoyat muhim, - deydi tuman Madaniyat va sport işlari bölimi mudiri Şuhrat Yusupov. – Oddiy bir misol, "Sport – salomatlik garovi” şiori ostida ötkazilgan musobaqalarni olaylik. Tumandagi korxona, taşkilot va öquv muassasalari hamda tibbiyot birlaşmasining 18 va undan katta yoşdagi xotin-qizlari örtasida 2015-yil 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ötkazilgan sport musobaqalarida 500 nafarga yaqin sportçi ayol-qizlar iştirok etişdi.
Ayol-qizlarimizning sportga qiziqişi, intilişi avvallari bu darajada bölmaganligini hisobga olsak, tuman Madaniyat va sport işlari bölimi tomonidan taşkil etilayotgan, aynan sport sohasi bilan boğliq tadbirlar orqali umidli yoş sportçilarni kaşf etiş mumkinligini anglaş qiyin emas. Çunki, Ş.Yusupov tilga olgan ikkita muhim tadbir – "Sport - salomatlik garovi”, "Umid nihollari - 2015” musobaqalari tufayli umumtaʼlim maktablarining öquvçilaridan 9 nafari sportning voleybol, dzyu-do, yengil atletika, stol tennisi, şaxmat va boks turlari böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi terma jamoalari tarkibiga qabul qilindilar.
Şuni alohida mamnuniyat bilan qayd etiş joizki, "Umid nihollari - 2015”sport musobaqalarining tuman bosqiçi qatʼiy intizom va uyuşqoqlik bilan taşkil etilgani bois, uşbu musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida tumanimizdan 97 nafar öquvçi-yoşlar muvaffaqiyatli iştirok etdilar. Şulardan 32 nafari qiz bolalar ekanligi yanada quvonarli. Tumanimiz öquvçi-yoşlari sportning dzyu-do, yengil atletika, stol tennisi, şaxmat va futbol, basketbol, voleybol, qöl töpi turlari böyiça yuqori natijalarni qölga kiritişgani tumanda Feruza Haytimbetova, Şarofaddin Boltaboyev, Zulhijja Xudoyorova, Elyor Maşaripovlarning izdoşlari köpligidan dalolatdir.
RAĞBAT – YaNGI MARRALARGA UNDAYDI
2015-yilda tuman madaniyat va sport işlari bölimi mehnat jamoasi hayotida quvonçli voqealar köp böldi. Sportda va sanʼatda tumanimiz yoşlari erişayotgan, yuqorida tilga olganimiz – muvafaqqiyatli natijalar qatoriga Yangi yil arafasida yana bir quvonçli yutuq qöşildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi madaniyat va sport işlari vazirligi tomonidan taşkil etilgan "Ardaqlau - 2015” körik-tanlovida " Yilning eng yaxşi madaniyat xodimi” yönalişi böyiça tuman madaniyat va sport işlari bölimi mudiri Şuhrat Yusupov ğolib deb topildi va körik-tanlovning 1-darajadi diplomi hamda qimmatbaho sovğasi bilan taqdirlandi.

- Bu mukofot – ahil va fidoyi mehnat jamoamizniki, - deydi Şuhrat. – Çunki, men ularsiz heç narsaga erişa olmasdim. Mehnat ham, fidoyilik ham, demak, mukofot ham bölimimiz xodimlariniki.
Ayni kunlarda tuman madaniyat va sport işlari bölimi mehnat jamoasi uçun işning eng qizğin pallasi boşlangan. Madaniyat va aholi dam oliş maskanlarida, taʼlim-tarbiya muassasalarida Navoiyxonlik, Boburxonlik keçalari, turli sport musobaqalari kötarinki ruhda ötkazilmoqda. "Soğlom ona va bola yili”ga monand bahor bayramlari tadbirlariga esa har qaçongidan ham jiddiy taraddud körilmoqda. Eng muhimi, har bir tadbirdan, taşkil etilayotgan sport musobaqalaridan közlangan maqsad bitta - ösib kelayotgan yoş avlodni istiqlol ğoyalariga sodiq, ona Vatanga muhabbat ruhida, maʼnan yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalaş.
Biz esa tumanimizda kuraş böyiça özbekning birinçi çempion qizlari Feruza Haytimbetova, Zulhijja Xudoyorova, yelkasi yer körmagan Alpomiş kelbatli Şarofaddin Boltaboyev va Elyor polvon Maşaripov, jajji şaxmat ustasi Saidbek Qadamboyevlarning izdoşlari, qöşiqlari, soz-u suhbatlari bilan minglab sanʼat şinavandalari qalbidan joy olgan Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan artist Nazir qori Rahimovning şogirdlari safi kengayişini tilab qolamiz.
Robiya YÖLDOŞEVA, suratlar muallifi M.ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶