XAR KÖNGILDA BIR ORZU
Mehri xola qişloqdagi qarindoşlarinikiga mehmonga bormoqçi bölib, yölga çiqdi. Kun biram issiq, "yondiraman”, deydi. Qişloqqa yaqinlaşgan sayin maşina oynasidan toza havo kirib, xolaning dili yayradi. Boğlardan taralayotgan mevalar hidi dimoğini qitiqladi.
Mehri xolani qarindoşlari juda yaxşi kutib olişdi.
Uy egalarining farzandlari xolani örab olişdi.
- Men 7-sinfda öqiyman, men esa 4-sinfda tahsil olaman, men bölsam, 8 yoşdaman, - deya çuğurlaşdi bolalar. – Sizni endi uyingizga qöyib yubormaymiz, – deyişib, xolaga girdikapalak bölişdi.
Ertalab yuz-qöllarini yuvgan bolalar xontaxta atrofiga kelib ötirişdi. Ularning salom bermay, kirib kelganidan Mehri xolaning köngli biroz xijil böldi. Bolalar nonuşta qilib bölişganidan keyin:
- Bolalarim, sizlar bir uyda yaşasalaring ham ertalab bir-biringizga, ayniqsa kattalarga salom berişlaringiz kerak. Keçasi esa xayrli tun tilasalaringiz, bir-biringizga mehringiz yanada ortadi, - dedi.
Ertasiga öğil-qizlar qöllari köksida, "assalomu alaykum”, deb kirib kelganlarini körişgan ota-onaning va Mehri xolaning yuzlarida göyo quyoş balqigandek böldi...
* * *
Rixsi xolaning şahar bozorini aylanib, közi quvonadi. Bozorda yöq narsaning özi yöq. Möl-kölçilik, tökinçilik. "Köz tegmasin yurtimizga” deya öyladi xola bozor aylanarkan.
Xola uyiga qaytiş uçun yölovçi maşinaga çiqdi. Maşinada 30 yoşlar çamasidagi yigit, 15-16 yoşlar çamasidagi ikki nafar öğlonlar ötirişgan ekan. Xola ötirişi bilan maşina örnidan jildi. "Şahar biram gözal, yölning ikki tarafida körkam binolar közni oladi-ya”, quvondi xola atrofni tomoşa qilarkan.
Bir uy yonida 12-13 yoşdagi 2-3 nafar öğil bolalarning milliy öyinimiz "langi” öyinini öynaşayotganiga közi tuşgan 30 yoşlar çamasidagi yigit:
- Anavilarni qarang, anovi bolalar "langi” öyinini öynaşayapti. Men köp paytdan beri bolalarning bu öyinni öynaşganini körmagan edim. Biz yoş paytimizda öynar edik, - deya hayratlandi.
Yigitning bolalarça quvonib gapirişidan uning bolaligini qömsayotganini sezgan Rixsi xola:
- Ha biz ham bolaligimizda "beş toş”, "meni top”, "ip sakraş” öyinlarini öynardik. Bu öyinlar bizning milliy öyinlarimiz. Sening ham öğil-qizlaring bölsa, örgatsang, ular ham öynaydilar. Milliy öyinlarimiz ham bizlarning boyligimiz. Avloddan-avlodga ötguvçi bu öyinlarimizning xosiyatlari köp. Masalan: şu "langi” öyinida bolalarning oyoq muşaklari çiniqadi, baquvvat böladi, qon aylanişi yaxşilanadi. "Kim topar” öyinida bolaning ongi ösadi, "beş toş” öyinida qöl barmoqlarining sezgirligi oşadi. Hozirgi paytda bolalar televizor qarşisida köproq ötiradi, kompyuter öyinlari öynaydi, juda bölmasa, telefon bilan maşğul. Televizor körmasin, kompyuter öynamasin, telefon uşlamasin, demaymiz, lekin har narsa meʼyorida bölgani maʼqul, – dedi xola.
Xolaning bu oqilona mulohazasidan köngli jöş urgan haydovçi ham, 30 yoşdagi yölovçi ham. – Milliy öyinlarimizni albatta bolalarimizga örgatiş kerak, - deyişdi. Maşinadagi ikkala öğil bolaning ham milliy öyinlarimizga qiziqişayotgani yuz-közlaridan sezilib turardi.
* * *
Umr oqar daryo, deyişgani rost ekan. Mana 50 yoşdan ham ötib qoldim. Yoşlikda çarçaş nimaligi heç bilinmas ekan. Endi mana maşina bekatiga yetgunça çarçab qolyapman-a, - degan xayollar bilan qadam bosib kelayotgan ayolning xayolini erkak kişining "Sarvimisan?” degan ovozi böldi.
Röparada bir sinfda taʼlim olgan sinfdoşi Baxtiyor turardi.
Köp yillardan beri bir-birlarini uçratmagan sinfdoşlar quyuq söraşişdi. Oila haqida gap ketar ekan, Baxtiyor:
- Turmuş örtoğim qazo qilganiga ikki yil böldi. Öğillarimni uylantirdim, qizlarimni uzatdim. Umr yöldoşsiz erkak kişiga juda qiyin bölarkan, - dedi.
- Taqdirda borini köraverasan ham, könaverasan ham. Erim qazo qilganiga 10-yildan oşdi. Oila yukini bir özim kötarişim oson bölmadi. Şukurlar bölsin, öğilni uylantirib, qizni uzatib, böynimdagi burçni ötadim. Endi nevaralar bor. Şular uçun yaşaşda davom qilyapman... Söng bir zum tin oldida, sinfdoşiga:
- Yolğizlik qiyin keçişi maʼlum. Tengingiz topilar, uylanib oling, - dedi Sarvi.
- Sen turmuşga çiqmaysanmi? deya hazilomuz kulib qöydi Baxtiyor.
- Hazilingiz ham bor bölsin. Şu yoşda turmuşga çiqib, bolalarim yuzini yerga qarataymi? Endi keç. Aytişadi-ku özim uçun yaşay deganda, umr tugab qolar ekan, deb.
Şu orada avtobus ham kelib qoldi.
- Mayli, soğ böling, - deya xayrlaşib avtobusga çiqarkan, sinfdoşining maʼyus nigohi Sarvini kuzatib qolganday böldi...
Gulnora YuSUPOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶