28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:50
Sport 👁 3,194

KELAJAKKA DADIL INTILIB...

KELAJAKKA DADIL INTILIB...

Yurtimizda istiqlol yillarida bolalar sportiga alohida eʼtibor qaratilayotgani koʻpgina oʻgʻil-qizlarning qobiliyati rivojlanib, nimalarga qodir ekanligini namoyish etishlariga asos boʻlmoqda.

Tumanimizdagi Gulzor mahallasi, Avaz Oʻtar koʻchasida yashovchi Gulchehra  opa Salayevaning quvonchi cheksiz. Chunki uning tarbiyalab voyaga yetkazgan farzandi Botirjon Rajapboyev bu yil Nukus Olimpiya zahiralari kollejini futbol yoʻnalishi boʻyicha tamomlaydi.

U 2004 yilda tumanimizdagi 38-sonli umumtaʼlim maktabining birinchi sinfiga qabul qilindi. Botirjondagi jismoniy tarbiya va sportga qiziqish ustun ekanligini sezgan ustozlari va oilasidagilar uni 2009-2010 oʻquv yilida Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligiga qarashli 7-sonli futbolga ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabiga olib borishdi, sinovlar asosida 6-sinfga qabul qilindi.

Shundan boshlab Botirjon oʻzining sport sohasidagi bilimlarini, mahoratini yanada boyitish va oʻzi qiziqqan futbolning sir-sinoatlarini ustozlaridan yaxshilab oʻrganishga kirishdi.

Endilikda Botirjon oʻzi ilk qadam qoʻygan maktab sport maydonchasida oʻynagan futboli bilan haqiqiy futbol  orasidagi farqni, jamoada toʻp surish masʼuliyatini tushunib yetdi.

Murgʻakkina bolakayni oʻzining intilish va qiziqishlari yetaklab kelgan, uyidan, ota-onaning issiq bagʻridan oʻnlab chaqirim olisdagi bu sport maktabi uning kelajak hayotida omadlarga eltuvchi baxt maskani boʻldi.

U har doim oilasi va maktabidagilarning oʻziga bildirgan umid va ishonchlarini oqlashi kerak ekanligini his etdi.  Mana shu masʼuliyatni sezish tuygʻusi uni orzular sari yetakladi. Botirjonning fikr-oʻyida yetuk sportchi boʻlib yetishish, Oʻzbekistonning eng ilgʻor futbol jamoalarida toʻp surish, Vatanimiz dovrugʻini dunyoga tanitgan sportchilar qatoridan joy olish ishtiyoqi hukm surardi. Mana shu izlanish va intilishlar samarasi oʻlaroq koʻrik-tanlovlarga, musobaqalarga qatnashdi. 2010-yilda "Barkamol avlod yili” ga bagʻishlab qishki taʼtil kunlari boʻlib oʻtgan ochiq turnirda 1-oʻrinni egallagani uchun uning jamoasi 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bagʻishlangan futbol birinchiligida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi. Shuningdek 2010-yilda sport maktabining "eng yaxshi sportchi” nominatsiyasi, 2011-yilda "Eng mahoratli sportchi” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. 2012 yilda 1997-1999-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar orasida oʻtkazilgan futbol boʻyicha ichki birinchilikda 1-oʻrinni egallagani uchun 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Bu roʻyxatni uzoq davom qildirish mumkin. Tumanimizning faxriga aylanib borayotgan yosh futbolchi Qoraqalpogʻistondagi oʻsmir sportchilar orasida erishgan yutuqlari bilan koʻpchilikka namuna boʻlayapti.

Kollejdagi tahsili davomida ham u yaxshi natijalarga erishdi. "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi  va bir qator hamkor tashkilotlar mutasaddiligida oʻtkazilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida futbol boʻyicha "Kamolot kubogi” respublika musobaqasida faol ishtirok etganligi uchun Sertifikat bilan taqdirlandi.

Botirning musobaqalarda erishgan yutuqlarini dalillab, koʻzni quvontirib turgan oʻnlab medallar, diplom, faxriy yorliqlari borki, ularni koʻrgan ota-ona bizning ham farzandimiz shunday yutuqlarga erishsin, deb niyat qilishiga ishonchimiz komil.

Iqtidorsiz farzandning oʻzi yoʻq, oila va jamiyatdagi eʼtibor va taʼlim-tarbiya farzandlarimiz kelajagida asqotadi. Shu maʼnoda biz tumanimizning sport sohasidagi nufuzini oshirishga  oʻzining hissasini qoʻshayotgan, mohir futbolchini tarbiyalagan Gulchehra opaga, yuksak orzular bilan kelajakka talpinayotgan futbolchi Botir Rajapboyevga havas bilan qaradik. Uning porloq istiqboliga tilakdosh boʻldik.

Oʻlmasbek XOʻJAYeV

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026