XAVFLI KASALLIKDAN EHTIYoT BÖLING!
Quturiş – ötkir yuqumli kasallik bölib, odamlarga itlarning tişlaşi natijasida yuqişi qadim zamonlardan beri maʼlum.
Infektsiya manbai quturgan itlar, muşuklar, börilar, tulkilar, börsiqlar va boşqa hayvonlardir. Kamdan-kam hollarda kasallik quyonlardan, kalamuş va siçqonlardan yuqişi mumkin. Itning sölagida virus quturiş belgilari maʼlum bölişidan 7-10 kun ilgari paydo böla boşlaydi. Itdan quturiş kasalligi yuqişi uçun itning odamni tişlaşi şart emas, uning sölagi odam terisidagi şilingan yoki tirnalgan joyiga tuşsa kifoya. Quturiş yoz-kuz oylarida köproq uçraydi. Odam boşi va yuzining tişlanişi oyoq-qöllari tişlanişiga qaraganda ança xavfli. Itning odamni kiyim-keçak ustidan tişlaşi ham xatarli.
Yaralangan odam terisiga tuşgan it sölagidagi virus nerv tolalari böylab boş va orqa miyaga yetib boradi va ularda köpayib, çuqur özgarişlar yuz berişiga sabab böladi.
Kasallikning inkubatsion, yaʼni yaşirin davri 1-2 oy davom etadi, baʼzan 2 haftagaça qisqarişi yoki 1-yilgaça uzayişi mumkin. Yaşirin davrning qisqa yoki uzoq bölişi quturgan hayvon tişlaganida yuzaga kelgan jarohatning qayerda joylaşgani va katta-kiçikligi, çuqur yoki yuzada joylaşganligiga boğliq.
Boşlanğiç, yaʼni prodroma davri 2-3 kun davom etadi. Bemor uyqusi buzilib, iştahasi böğiladi. Unda qörquv hissi paydo böladi, kayfiyati özgarib turadi. Keyin bemor atrofga loqayd bölgan holda yotadi. Harorati subfebril darajada böladi. Hayvon tişlagan joydagi jarohat tortişib oğriydi. Suvdan va havodan qörqiş belgilari paydo böladi. Bemor çanqab suyuqlik içişga urinsa, darhol yutiş va nafas muskullari tortişib qisqarib, qattiq oğriydi. Bu vaqtda bemor juda qiynalib azob çekadi, şu sababdan u suvni içiş u yoqda tursin, körişi bilanoq körqadi. Baʼzan suyuqlikni körganida emas, balki nomini eşitganida ham uni vahima bosadi. Bu holat quturiş kasalligi belgilaridandir. Nafas va yutiş muskullari havo harakati taʼsirida ham tortişib, qisqarişi mumkin.
Bemorning harorati 38 darajagaça kötariladi, ovozi böğiladi, badani terlab, sölagi oqadi, hiqildoq tutadi, köz qoraçiği kengayadi, oyoq-qöllari oğriydi, közlari bir narsadan qörqqandek körinadi. Tomiri tez-tez uradi, aritmiya aniqlanadi. Nafas tartibsiz va yuzaki böladi, vaqti-vaqti bilan bemor çuqur-çuqur nafas oladi. Bunda arzimagan tovuş, quyoş nuri va lampa yoruği yoki bemor badaniga biror narsaning sal tegişi ham muskullarning tortişişiga sabab böladi. Bu davrda bemor uxlaydi, öz-özini tişlaydi, atrofidagilarga hamla qilişi ham mumkin, es-huşi kirarliçiqarli bölib qoladi. Keyinçalik bemor köziga yöq narsalar körinadi, alahlaydi. Bu davr 2-3 kundan 5-6 kungaça davom etişi mumkin. Falajlik davrida gidrofobiya ança kamayadi, bemor tinçlanadi, suyuqlik iça boşlaydi, lekin harorat yuqori bölib qolaveradi, sözlarni aniq-aniq ayta olmaydi. Şu holatda oyoqlar falaji boşlanadi va oxiri ölim bilan tugaydi.
It tişlaşi natijasida fuqarolar nafaqat jismoniy, moddiy va maʼnaviy zarar köradilar, balki ölim muqarrar bölgan quturiş kasalligining yuqiş xavfi tuğilişini yodda tutişini eslatib ötmoqçimiz.
Afsuski, aksariyat fuqarolarimiz it tişlaganda şifokorlarga murojaat qilişmaydi. Veterinariya xizmati mutaxassislari tomonidan berilayotgan uy hayvonlarini saqlaş qoidalariga amal qilişmaydi.
Kasallikdan saqlanişni istagan kişi avvalo, hayvonlarning tişlaşidan saqlanişi, qolaversa, agar şunday köngilsiz holga duç kelsa, zudlik bilan şifokorlarga murojaat qilişi lozim.
A.YoVBASAROV, tuman DSENM şifokori.
S.XOLIMBETOV, köp tarmoqli markaziy poliklinika oliy toifali travmatolog-ortoped şifokori.
(Foto - http://www.uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶