Saylov yuksak saviyada oʻtadi
Yaqinda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi tomonidan saylovni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar uchun koʻrgazmali seminar tashkil qilindi.
Seminarda ishchi guruhlarining tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda yigʻin raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar koʻrsatish, aholi oʻrtasida saylovga doir tushuntirish ishlarini olib borish, saylovni tashkil etish hamda oʻtkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish kabi vakolatlarini amalga oshirishi boʻyicha keng tushunchalar berildi.
"Yangiobod” mahalla fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi joylashgan xonada ish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Suratda: ishchi guruh aʼzolari kelgusidagi ishlar yuzasidan maslahatlashmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶