Parvozing yanada yuksalaversin, “Burgut”
Hozirgi kunda taʼlim maskanlarida tez-tez ötkazilib turilayotgan tadbirlar yoş avlodning barkamol bölib yetişişida katta ahamiyat kasb etmokda. Bugungi kunda butun mamlakatimiz böylab ötkazilayotgan "Yoş çegaraçilar” harbiy-sport musobaqasi ham bunga yaqqol misoldir.
Bizning Amudaryo melioratsiya va suv xöjaligi kasb-hunar kollejimizda 2013-yili taşkil topgan "Burgut” jamoasi 10 öquvçi – 8 öğil va 2 qizlarni özida jipslaştirdi. 2013 va 2014 yillarda bu jamoa tuman miqyosida ötkazilgan "Yoş çegaraçilar” harbiy-sport musobaqasida qatnaşib, öz mahoratlarini oşirib bordi. 2014 va 2015-yillarda tanlovning tuman bosqiçida ketma-ket faxrli 1-, 2-örinlarni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldi va 2015-yili Respublika bosqiçida 3-örinni qölga kiritdilar.
Albatta, bunday muvaffaqiyatlarga erişiş özidan-özi bölgan emas. Bu muvaffaqiyatlar zamirida yoşlarni çaqiriqqaça tayyorlaş fani öqituvçisi Laziz Matsapoyevning maşaqqatli mehnati bor. U jamoa aʼzolarida özlariga bölgan işonçni mustahkamladi va orzuni röyobga çiqariş uçun esa tinmay öz ustida işlaş, izlaniş kerakligini örgatdi.
Musobaqada jamoalar safda harbiyça yuriş, saf qöşiğini kuylaş, 100-1000 m.ga yuguriş, simli tör va tösiqlardan sakrab ötiş, öq-dori solingan idişlarni kötarib yuguriş, qurollarni tez va töğri soçib-yiğiş, azimut böyiça yuguriş, mina maydonidan ötiş kabi bir-biridan qiziqarli va murakkab şartlar asosida bellaşadilar.
Jamoa orasida qizlarimiz borligi ham biz uçun quvonçlidir. Qizlarimiz yigitlar bilan bir safda turib barça şartlarni birgalikda bajarişadi. Bundan taşqari birinçi tibbiy yordam körsatiş böyiça ham qizlarimiz faoldir.
2016-yil jamoa uçun juda omadli böldi. Ular tuman miqyosida birinçi örinni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida ham ğolib bölişdi. Endilikda Özbekiston Respublikasi miqyosida Çirçiq şahrida bölib ötadigan musobaqaga qizğin tayyorgarlik körişmoqda. Butun kollejimiz mehnat jamoasi ularni qöllab-quvvatlagan holda qöllaridan kelgan yordamlarini ayamayapti. Ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligini oşirişda, ingliz tili saboqlarini mustahkamlaşda Şahlo Iskandarova, Şerzod Polvoniyozov, Sanjar Qalandarov va boşqa öqituvçilar öquvçilar bilan tinmay şuğullanmoqdalar.
Ularning yakuniy bosqiçda ham ğoliblikni qölga kiritişiga tilakdoşmiz.
Yulduz SOBUROVA, kollejning iqtisodiyot fanlari kafedrasi mudiri.
Şerzod POLVONIYoZOV, şu kollejning tarix fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶