28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:53
Jamiyat 👁 2,485

“Obod turmush yili“ yangiliklari

“Obod turmush yili“ yangiliklari

FUQAROLAR YIGʻINLARI XODIMLARI UChUN SEMINAR

13-15-may kunlari tumanimizda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), masʼul kotibi, yigʻinning diniy-maʼrifat va maʼnaviy-ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbarlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi. Seminarda tumandagi 47 ta fuqarolar yigʻinlarining raislari, masʼul kotiblari, yigʻinning diniy-maʼrifat va maʼnaviy-ahloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari, «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi rahbarlaridan iborat jami 202 nafar xodim ishtirok etdi.

3 kun davom etgan ushbu seminar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining kelgusidagi faoliyati yanada yaxshilanishiga, shu orqali hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning oʻsishiga zamin yaratadi.

 


GʻAMXOʻRLIK IFODASI

Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazi tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolgʻiz kishilar va nogironlarga Prezidentimiz qaror va farmonlariga muvofiq doimo gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelinmoqda.

Shu yilning birinchi choragi davomida 143 nafar yakka-yolgʻiz kishilar va nogironlar dispanser koʻrigidan oʻtkazildi. Koʻrik natijasi boʻyicha ularning hammasi statsionar va ambulator sharoitlarida sogʻlomlashtirildi.

Yolgʻizlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish maqsadida 11 million 551 ming soʻm pul sarflandi, ulardan 43 nafariga 3 million 225 ming soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi, keksalar, pensionerlar va nogironlardan 23 nafariga sihatgohlarga yoʻllanmalar berildi.

Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj 125 nafar yakka-yolgʻiz pensionerlarga 9 xil oziq-ovqat mahsulotlari va kir yuvish vositalari har oyda belgilangan miqdorda bepul yetkazib berilmoqda.

 


NOQONUNIY USKUNA UChUN JARIMA

Tuman ichki ishlar boʻlimi huzuridagi yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi xodimlari tomonidan tumanimiz xonadonlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida OFY va MFYlar huzuridagi profilaktika nozirlari, "Shimolgaztaʼminot” unitar korxonasining Amudaryo tumangaz filiali xodimlari tomonidan tez-tez reydlar oʻtkazilib, yongʻin xavfsizligiga qarshi aholi oʻrtasida tushuntirishlar olib boriladi.

Yaqinda ana shunday reydlar natijasida tumanimizning turli hududlarida yashovchi 11 nafar kishi oʻz xonadonlarida tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ravishda taqiqlangan gaz soʻruvchi uskunalarni oʻrnatib qoʻyganliklari uchun jarimaga tortildi.

 


XALQARO OILA KUNI BAYRAM QILINDI

"Choykoʻl” ovulining 2-mahallasi qardosh Turkmaniston Respublikasi bilan chegara hududda joylashganligi bois, mahalla qoʻmitasi raisi Q.Ernazarov mahalla faollari bilan tez-tez xonadonlarga tashrif buyurib, aholi turmush tarzidan voqif boʻlib turadi.

- 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan mahallada istiqomat qiluvchi turkman, qozoq, qoraqalpoq, oʻzbek oilalari oʻz farzandlari, qoʻni-qoʻshnilari bilan bu kunni munosib nishonlashdi, - deydi Q.Ernazarov.

Mahalladagi Qurol Qurbonboyevning oilasi qozoq, Sobir Gurbanov oilasi turkman, Lya opa oilasi ukrain, Abdulla Sobirov oilasi boshqird, Roziya momo oilasi esa tatar millatlariga mansub fuqarolardan iborat ahil-inoq oilalardir. Qozoq millatiga mansub Qurol Qurbonboyev oilasida 15-may – Xalqaro oila kuni keng nishonlandi.

- Men va farzandlarim uchun bu kun qoʻshaloq bayram, - deydi u quvonch bilan. – Chunki bu sana mening tavallud kunim, qolaversa, baynalmilal oilamizning bayrami. – Ilohim, ahil, inoq, bagʻrikeng oilalarimiz koʻp boʻlsin.


OILAVIY TADBIRKORLIK TUFAYLI

Mangʻit shahrining Beruniy nomli mahallasida yashovchi Sobir Polvonov oilaviy tadbirkorlikka qoʻl urib, kam boʻlmadi. Ishni mayda-chuyda duradgorlik anjomlarini yasashdan boshlagan Sobir Polvonov qisqa vaqt ichida yangi oilalar uchun ixcham sandiqlar, xontaxta, deraza va eshik romlari, divan-krovatlar yasashni oʻzlashtirib, eldoshlari olqishiga sazovor boʻldi. Eng muhimi, oʻgʻli Davronbek ham ishli boʻldi, ham malakali duradgor-usta darajasiga erishdi. Oila daromadi oshib, turmushi farovonlashdi.

- Mehnatdan kelsa boylik – turmush boʻlar chiroylik, - deydi u mamnuniyat bilan.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026