YoŞ TENNISÇILAR BELLAŞDILAR
1-2-iyun kunlari Amudaryo akademik litseyining tennis kortida "Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan 2001, 2002, 2003, 2004-yillarda tuğilgan hamda undan kiçik yoşdagi ösmirlar va qiz bolalar örtasida sportning tennis turi böyiça tuman oçiq birinçiligi ötkazildi.
Musobaqaning oçiliş marosimida söz olgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisining örinbosari Otajon Hamroyev va boşqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jismonan va maʼnan soğlom avlodni tarbiyalaş, yoşlarni soğlom turmuş tarziga keng jalb etiş, ularning sport bilan muntazam şuğullanişi uçun qulay şaroit yaratişga qaratilayotgan doimiy eʼtibor bugun jahon arenalarida Özbekiston bayroğini baland kötarayotgan, har tomonlama soğlom va barkamol yoşlarimiz safi kun sayin oşişiga zamin yaratayotganini taʼkidladilar.
Özbekiston tennis federatsiyasi qoidalariga muvofiq yakka tartibda, olimpiya usulida ötkazilgan uşbu musobaqada Nukus şahri va Nukus tumani hamda Kegayli, Törtköl, Amudaryo tumanlaridan 80 nafardan ziyod sportçi bolalar iştirok etişdi.
Ğoliblar Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari Vazirligi hamda tuman hokimligi tomonidan faxriy yorliqlar, diplomlar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶