Jayxun ilhomlari
BOLA-DA BU...
Bolang bölsa, şöx bölmasa, unda çatoq,
Şovqin solsa, bölaverma toqating toq.
Ne tilasa, muhayyo qil, ovut tezroq –
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.
Bir gap aytsang, kular biri qiqir-qiqir,
Koptok kabi yerga ursang, kökka sapçir,
Qarğama, qöy, oyna sinsa sinsin, kampir –
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.
Buyursangiz yumuş, çala qolgan payti,
Jahl otidan tuşing, tezda raʼydan qayting,
"Yoş bitmasdan iş bitmas”–deb ayting, ayting –
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.
Yirtsa yama, uzsa qadab ber tugmasin,
Tumor taqqin, "tufalam”de, köz tegmasin.
Olma, nokni egsa mayli, qad egmasin –
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.
Aql degan ösadimi böyi ösmay,
Ögit berib ötirsinmi esnay, esnay!
Yuramiz-ku bolalikni eslay-eslay...
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.
Tergayvermang, gir atrofin çellaştirmang,
Goh şaytonga, goh eşşakka tenglaştirmang.
Şuytib-şuytib odam bölar–elaştirmang,
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.
Bola degan bolaligin bildiradi,
Tökib-soçib, but narsani buldiradi.
Işga yarab, hali bizni kuldiradi,
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.
Erkin zamon–yaşasin-da erkin-erkin,
Öynab, öqib, ösib-unsin durkun-durkun,
Dunyo şular yelkasida bölar bir kun –
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.
Assalomu alaykumdan boşlang sözni,
Sözda-işda örnak tuting avval özni.
Yuriş-turiş–qadamidan uzmang közni –
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da.
Sabr qilsak, ğöra pişib, holva bölar,
Donolardan taʼlim olib, dono bölar.
Puryoyvaliy, Sino, Temur, Kubro bölar –
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da!
Ilmi bilan tang qoldirar dunyolarni,
Tadqiq aylar Atorudu Zuhrolarni.
Asrang hozir bola emas–balolarni –
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da!
Soğ bölsin-yey, "bezorilar” bormi bundoq,
Ay, bizlarni sönggi yölga kuzatar çoq,
Tuşsa böldi qöllaridan çimdim tuproq –
Bola-da bu, bola-da bu, bolalar-da!
Tursunboy ABDULLAYeV.
MENING DÖSTIM
Mening döstim Durdona,
Mehnatkaş va mardona,
Öqişda eng aʼloçi,
Yagonadir, yagona.
U barçaga yoqadi,
Mehr bilan boqadi.
Ozoda va sarişta,
Göyo gözal farişta.
VATANIM
Tuproqlari oltin-u zardir,
Boyliklari tuganmas kondir.
Har tarafi gullagan makon,
Tengsiz Vatan – bu Özbekiston!
Bobolarim nomi dostondir,
Har bir sözi hikmatga kondir.
Keksa-yu yoş eʼzoz topgan yurt,
Tengsiz makon – Özbekistondir!
Dinora XOLMURODOVA,
51-sonli maktab öquvçisi.
MAKTABIM
Yoş avlodning hurdir zamoni,
Manglayida porlagan yulduz.
Maktabimiz şodlik makoni –
Öqiyapti barça öğil-qiz.
Orzulari oçmoqda jamol,
Niyatimiz hosil bölajak.
Aʼlo öqib, topamiz kamol,
Bizni kutar buyuk kelajak.
Rahmat aytay, ustoz nomiga,
Bölgan axir otamday tayanç.
Şeʼrlar bitay uning nomiga,
Onamdayin mehribon suyanç.
Oynura JIYaMURODOVA,
41-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi. "Barka-mol avlod” bolalar markazi "Yoş jurnalist va notiq” tögaragi aʼzosi.
ÖZBEKISTON POSBONLARI
Ona yurtning dilbandlari,
Istiqlolning farzandlari,
Qörqmas, botir öğlonlari –
Özbekiston posbonlari.
Yurtimizning çin öğloni,
Şu yurtda azizdir nomi,
El-yurt uçun kerak şunday
Özbekiston posbonlari.
Qiliçdayin ötkirdirsiz,
Tinçligimiz qalqonisiz,
Bu dunyoda yengilmassiz –
Özbekiston posbonlari.
Dilobar BOLTABOYeVA, 21-maktab, 7-sinf öquvçisi. USTOZGA
Ilk bora maktabga qöyganda qadam,
Dastavval qölimga tutqazdi qalam.
Bilimlar sirini örgatdi menga,
Hayotda töğri yöl körsatdi menga.
Kelajakda aʼloçi öğil-qiz böl, deb,
Ilmlar sirini örgatgan ustoz.
Vatanning ardoqli farzandi böl, deb,
Hayotda töğri yöl körsatgan ustoz.
Şogirdlarim – mehnatim mevasi deya,
Çin köngildan taʼlim beradi ustoz.
Şu sabab doimo hurmatda ular,
Baxtimizga soğ-omon bölingiz, ustoz!
Ulğayib, bir kuni ustoz bölolsam,
Siz kabi ilmlar sirin bilolsam.
Minnatdor bölardim to abad sizdan,
Şogirdlarim mevasin men ham körolsam.
Aziza ÖROZBOYeVA, "Barkamol avlod” bolalar markazi "Yoş jurnalist va notiq” tögaragi aʼzosi.
VATANIM –
ÖZBEKISTON
Vatanim – Özbekiston,
Har göşa jannatmakon.
Boği bulbulga oşyon,
Tuproği oltinga kon.
Vatanim – Özbekiston –
Şundayin jannatmakon.
Bu yurtni bir körişni,
Istaydi ahli jahon.
Vatanim – Özbekiston,
Har zamin jannatmakon.
Men uçun yagonadir,
Eng bağrikeng onadir.
Ulbösin JUMABOYeVA,
18-sonli maktab öquvçisi.
OMON BÖLSIN ONALAR
Men uçun muqaddas, azizdir onam,
U uçun jonimni beray desam, kam.
Keçalari uxlamay beşik tebratgan,
Soğ böling, baxtimga mehribon onam.
Bugun sizga şeʼr bitdim, azizim, onam,
Sizga rahmat aytib yurayin har dam.
Mehrda ummonim, mehribonginam,
Soğ böling, baxtimga qalb qörim, onam.
Onadir hayotning eng gözal naqşi,
Onadir farzandning baxti va faxri.
Onasiz bu dunyo dunyomas asli,
Soğ böling, baxtimga mehribon onam.
Dunyoda nima köp - oltin-u zarlar,
Barçasidan qimmat aziz onalar.
Ehtirom-u eʼzozga loyiqsizlar,
Boşin egib, taʼzim qilgay farzandlar.
Onaday uluğ zot -yöqdir dunyoda,
U bilan baxtimiz bölgay ziyoda.
Olam gözalligi çöksin poyiga,
Omon bölsin mangu, aziz onalar!
Sveta XUDOYoROVA,
67-sonli maktab öquvçisi.
Yoz keldi
Yurtimga kelmoqda issiqqina yoz,
Yozda hamma işlar albat bölar soz.
Xayr, körişgunça aziz maktabim,
Xayr, körişgunça, qadrli ustoz.
Yoz kelsa, şodlanar quvnoq bolalar,
Köngillar yorişar, tölar hislarga.
Quyoş kulib boqar butun olamga,
Mehr nurlarini soçar bizlarga.
Daraxtlar şoxini ohista silab,
Biz tomon bir iliq şamollar yelar.
Quvonçli tuyğular dilni allalab,
Yurtimga fayz berib fasli yoz kelar.
Javohir YÖLDOŞEV,
38-sonli maktab öquvçisi.
SÖNGGI QÖNĞIROQ
Jaranglaydi sönggi qönğiroq,
Köksimizda dasta-dasta gul.
Qalblar aro ajib bir titroq,
Hayajonda har bitta köngil.
Taʼlim oldik maktab bağrida,
Kutayotir istiqbol – porloq.
Ğunçalar gul oçgan çoğida,
Jaranglaydi sönggi qönğiroq.
Gulruh EŞIMMATOVA, 16-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶