GÖZAL VA BETAKRORIMSAN, MUQADDAS VATANIM, JONIM SENGA FIDO, ÖZBEKISTONIM! (Muvaşşah)
Gözal va betakror – muqaddas Vatan,
Özbekistonimga fido bölsin jon.
Zalvorli sanangga qasida bitsam,
Ajoyib ilhomlar jo böldi kökdan.
Latif satrlardan çizsam qiyofa,
Viqor, çiroyingdan dil böldi ravşan.
Asrlarga tatir bunyodkorlikdan,
Bugun kam bölmagan London, Parijdan.
Yetti iqlim aro dovruğ taratgan,
Toşkent, çiroyingdan dunyo hangu-mang.
Anjumanlar şahri – gözalsan çindan,
Kurrai zaminning darvozasisan.
Röyi zamin aro sayqalsan bilsang,
Olovday közlarga yaqinsan, Vatan.
Ranglaringni olding qay kamalakdan?
Istiqlol nuridan.
Mustaqillikdan.
Samarqand,
Andijon,
Namanganing ham.
Marhamat,
Urganç-u,
Qarşi,
Asakang –
Dunyoga tanildi,
Dunyo oldi tan!
"Afrosiyob” endi qaytar Qarşidan,
Samarqand-u Toşkent böldi bir qadam.
"Vo ajab”, der yurtga kelgan har odam,
Arnasoy, Baxmalga yöli tuşgan dam.
Tarixiy osori-atiqalarda
Ajdodlar dahosi bölar namoyon.
Nyeça saroy, qasr-u minoralardan,
Inşoot, majmua, sardobalardan
Matonat, jasorat irfon urar bong.
Jaloliddin Manguberdi,
Ogahiy,
Nodira, Fitrat-u ham Samarqandiy.
Ibn Sino, Uluğbek va Beruniy,
Mirzo Bobur, Mir Alişer Navoiy.
Sohibqiron Amir Temur Köragon,
Yetuk ilm-u irfoningdandir nişon.
Nyeça yil mustabid bölding, ey Turon,
Goh u şoh, goh bu şoh ayladi vayron.
Alhazar, böğilding, bağring böldi qon,
Fiğon içra qolding, ota Turkiston.
Istiqlol quyoşi balqigani on,
Diyor istiqboli böldi çaroğon.
Ozod diyorimga keldi hur zamon,
Özbekiston yana quçdi şaraf-şon.
Ziyo maskaniga aylangan makon,
Bugun yigirma beş yoşga tölasan.
Yelkangga ortilgan mustabidlikdan,
Kişan, zanjirlardan ozodsan, hursan.
Ilohim, abadiy bölsin şu jabhang,
Syening uşbu mustaqillik qiyofang.
Toki özlik topgan xalqing bor ekan,
Orqaga qaytiş yöq, oşmoq bor dovon.
Noma bitib Hayratiy der ey, Vatan,
Iqbolingga köz tegmasin heç on,
Mangu yaşa, gulla, yaşna quçib şon!
Tojiboy DÖSANOV, "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶