28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:17
Siyosat 👁 3,082

"Obod turmush yili" yangiliklari

"Obod turmush yili" yangiliklari

Til oʻrganish – dunyoga chiqish demakdir…

Xorijiy tillarni puxta oʻzlashtirish – mamlakatning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, chet ellik ishbilarmonlar bilan davlat ahamiyatiga molik shartnomalar tuzish, ishlab chiqarish va sanoatni modernizatsiya qilish, taʼlim tizimini yanada takomillashtirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois, Prezidentimiz I.A.Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarni oʻrgatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori har bir chet tili fani yilning aprel-may oylarida NDPI qoshidagi Amudaryo akademik litseyidan 4 nafar ingliz tili fani oʻqituvchilari respublikamizdagi nufuzli malaka oshirish kurslarida tahsil olib qaytishdi. Mazkur kurslarda yuqori natijaga erishgan Orzigul Ibragimova ayni paytda akademik litseyning ingliz tili fani oʻqituvchilari uchun maxsus seminar-trening oʻtkazib, litsey oʻqituvchilariga chet tillarini oʻqitish borasidagi eng soʻnggi yangiliklar haqida zarur tushunchalar bermoqda.

 


Saxovatli bolalar

Tumanimizdagi 80-sonli umumtaʼlim maktabida "Oila-mahalla-maktab” hamkorligi yoʻnalishining "Saxovatli bolalar” boʻlimi faoliyatidan nafaqat maktab jamoasi, balki ota-onalar va mahalla ahli ham mamnun. Chunki maktabning "Saxovatli bolalar” boʻlimi aʼzolari hududdagi imkoniyati cheklangan tengqur doʻstlari ahvolidan tez-tez xabar olishib, ularning fanlardan yaxshi oʻzlashtirishlariga yordam beradilar. Hamkorlikda dars tayyorlashib, tengqur doʻstlarini turli bayram sanalarida yoʻqlab birga xursandchilik qiladilar. Ularning bu maʼnaviy himmatidan barcha xursand.

 

  Ahillik bor joyda…

Ahillik bor joyda hamisha fayz-baraka, rivojlanish boʻladi. Buni "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi, Amudaryo televideniyesi tahririyatlari ijodiy jamoalari hamda tuman Davlat arxivi, «Mangʻit matbaasi» xususiy korxonasi misolida yaqqol koʻrish mumkin. Shu yilning 19-may kuni Xiva shahriga uyushtirishgan sayohatda mazkur idora va muassasa xodimlari hamda ularning farzandlari miriqib dam olishdi. Shaharning tarixiy obidalari bilan tanishib, safardan katta taassurotlar bilan qaytishdi.

 


Barkamol avlod tarbiyasi yoʻlida

Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji oʻquvchilari "Barkamol avlod” sport oʻyinlari hamisha faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqdalar. Shu yilning aprel oyida sport oʻyinlarining voleybol turi boʻyicha Nukus shahrida boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida kollejning oʻgʻil bolalar jamoasi uchinchi oʻrinni, qizlar jamoasi esa 4-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldilar. Kollej oʻquvchilarini sport oʻyinlariga tayyorlashda murabbiylar rahbari Marat Jarliqapov va maxsus fan oʻqituvchisi Otabek Kamolovlarning hissalari katta boʻldi.

 


Asalarichilik rivojlanadi

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirish maqsadida bir qancha ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻrmon xoʻjaligi xodimlari yaqinda Navoiy viloyatining Konimex tumanida faoliyat koʻrsatayotgan "Gulbogʻ - Umidraxmiddin” asalarichilik fermer xoʻjaligi bilan shartnoma tuzib, 74 ta asalari oilasini olib kelishdi. - Konimexliklar bilan hamkorlik qilishdan maqsad – ularning ish tajribalari va yordami asosida tumanimizda yetti xazinaning biri boʻlgan asalarichilikni yanada rivojlantirishdir, - deydi oʻrmon xoʻjaligi boshligʻi oʻrinbosari Farxod Mamkarimov.


Sport xabarlari

Shu yilning 15-16-may kunlari Nukus shahrida 1997-2005-yillarda tugʻilgan sportchilar oʻrtasida stol tennisi va katta tennis boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchiligi uchun musobaqalar oʻtkazildi. Ushbu sport musobaqalarida Mangʻit shahridagi 1-sonli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi yosh sportchilari faol ishtirok etishdi. Stol tennisi musobaqasida Marina Kamolova va Muhriddin Rajabovlar birinchi oʻrinni, katta tennis boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda Doniyor Sobirov 1-oʻrinni, Dilshod Karimov 2-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldilar. Yosh sportchilarning bu yutuqlarida stol tennis boʻyicha murabbiy Xursand Rajabov va tennis boʻyicha murabbiy Bahrom Soatovlarning hissalari katta boʻldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026