USTOZIM - OTAM
1944-yil qiş çillasida Xitoy qişloğining Sori ovulida dunyoga kelgan otamga ota-onasi umri uzoq bölsin, dunyo omon tursin degan niyat bilan Tursunboy deb ism berişgan. Bobo, momolari el koriga yaraydigan, serfarzand, serdavlat bölsin deb duo qilişgan.
Oradan yillar ötdi, Tursunboy Örozimbetov el koriga yaradi. Öqituvçi bölib, yoş avlodga taʼlim-tarbiya berdi. Fidoyi mehnatlari evaziga munosib taqdirlandi. El-u yurtning duosini olib, töylarga boş böldi. Uning aytgan kelin salomlarini eşitgan otaxonu onaxonlar, "umringdan baraka top, farzandlaring rohatini körgin”, -deya olqişlaşdi.
Davralarga jöşqinlik, kötarinki kayfiyat olib kirgan, suxandonligini körgan eldoşlari "qoyil-ye” deya tan berişdi.
Döstlar davrasida doim hurmati baland böldi. Buni körgan ota-onaning qalbi quvonçga töldi. Farzandlari esa "bu mening otam” deya faxrlanişdi.
Darhaqiqat, köça-köyda, bozor-öçarda, töy-haşamlarda otamning şogirdlari: "iye, ustozning qizlari-ku”, - deya salomlaşganda, "Tursunboyning qizimisan?” – deya quvonçdan yuzlari yorişib hol-ahvol söraşgan otamning döstlarini körganda şunday insonning farzandi bölganimdan qalbim faxrga tölib, boşim osmon qadar yuksaladi.
Ehtimol, men otamga şogird böliş darajasida emasdirman, ammo otam – ustozim deyiş men uçun şaraf!
Çunki otajonimning sinfga kirib, mumtoz adabiyot namunalaridan, yangi davr va qardoş xalqlar adabiyotidan öqigan ğazalu şeʼrlari, nasriy asarlar qahramonlari nafasini his qiliş darajasida tuşuntirib bergan mavzulari, ona tilimizning naqadar ranginligi, birgina tovuş yoki birgina tiniş belgisining ahamiyati haqidagi betakror saboqlari hali-hanuz quloğimda.
Ehtimol, xuddi öşa paytlardan menga otam kabi öqituvçi böliş eng katta orzuga aylangandir. Ammo, bugun men aziz ustozim-otam kabi bölmasam ham unga izdoş bölganimdan behad mamnunman.
Aziz Otajon! Siz menga va farzandlaringizga bu nurli hayotdan zavq olib, özgalarga zavq ulaşib yaşaşni örgatdingiz. Siz borsizki, boşimiz baland, xonadonimiz fayzli, muammolar yeçimli.
Allohdan tilagim, nevara-yu çevaralaringiz quvonçli kunlarida ham onajonim bilan xonadonimiz fayzi bölib yaşang.
Aziz ota-onam, mehr daryoyim,
Sizlardir umrimning uluğ tojdori.
Yöllarim yoritgan nurli ziyoyim,
Men qarzim uzolmam to umrim böyi.
Quyunlar aylansa, dovullar tursa,
Toğ kabi bizlarning qalqonimizsiz.
Saraton yoqsa-yu qovjirab, sölsak,
Hayot baxş etguvçi ummonimizsiz.
Qoronği tunlarni yoritgan Oysiz,
Tiriklik nurini taratgan Quyoş.
Toşda gul undirgan obi-hayotsiz,
Tilagim, Allohim bersin uluğ yoş.
Şirin ÖROZIMBETOVA,
6-sonli maktab.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶