Pillakorlar tilidan
TÖYGA TÖYoNA BILAN
Ipak qurti boqişning öziga xos maşaqqatlari va zavqi borligini faqat biz pillakorlargina çuqur his qilamiz. Albatta, har işning özgaça maşaqqati va mehnatlari böladi. Ipak qurtlari ulğaygan sari uning ozuqaga bölgan talabi oşib boradi. Ozuqa tayyorlaş, yaʼni, tutzorga borib tut novdalarini öriş va taşib keltirib, qurtxonalardagi ipak qurtlariga yetkazib beriş serzahmat iş albatta. Bunda yarim soat yoki bir soat ötirib hordiq çiqarişga vaqt topiş amri mahol, keça-yu kunduz qilingan barakali mehnatlar tufayligina möl pilla hosili yetiştiriladi.
Bu yilgi mavsumda bir yarim quti ipak qurtlarini mehr bilan parvarişlab, möl pilla hosili yetiştirdik, rejadagi 102 kilogramm örniga 137 kilogramm aʼlo navli "kumuş tola” topşirdik. Bu biz pillakorlarning mustaqilligimizning qutluğ 22 yillik töyiga munosib töyonamiz böladi. Töyga töyona bilan boriş esa xalqimizning eng yaxşi udumidir.
Murod Davletov,
"Davlatboyev Sobir” fermer xöjaligi pillakori.
BIZNING SOVFAMIZ
Pillakorlar safida işlayotganimga ön beş yil tölmoqda. Şundan buyon har yili bahorda ipak qurti boqib, möl hosil olişni özimizga odat qilib oldik. Bu yil ham 23-aprel kuni bir qurti ipak qurtini olib, mavsum davomida yaxşi parvariş qildik. Bunda oilamizning barça aʼzolari mehnat qildilar. Jumladan, turmuş örtoğim Bekçon Bobotoyev tutzorimizdagi tut novdalarini örib keltirsa, Oysulton, Guliston va Şerzod ismli öğil-qizlarim ipak qurtlarini oziqlantirişda mengayaqindan yordam berdilar. Ayniqsa, ipak qurtlari tört va beş yoşga kirganlarida kunni-tunga ulab mehnat qildik. Natijada pillalar böliq, ipakçanligi yuqori böldi, möl hosil olişga erişdik.
Bu yilgi mavsumda bir quti ipak qurtidan rejadagi 65 kilogramm örniga roppa-rosa 90 kilogramm aʼlo navli pilla hosilini yetiştirib, davlat hazinasiga topşirdik. Bu oila aʼzolarimizning tumanimizning yuksakpilla xirmoniga qöşgan munosib hissasi va mustaqilligimizning 22 yillik bayramiga sovğamiz böldi, deb öylayman.
Gulzira Abdullayeva,
"Feruza Oxun” fermer xöjaligi pillakori.
YuRT BOYLIGIGA BOYLIK QÖŞIB
Xalqimiz pillani sevib-ardoqlab yetti xazinaning biri, deb hisoblaydi va pillamiz-tillamiz, deya eʼzozlaydi. Aslida ham ipak qurtlari xosiyatli jonivor bölib, xonadonga baraka keltiradi, oila aʼzolarini mehnatsevarlikka, bahamjihat bölib işlaşga çorlaydi.Mana yigirma beş yildirki, xonadonimizda ipak qurti boqib kelinadi. Har yili bahor kelişi bilanoq ipak qurti boqiş taraddudini köramiz. Erta bahordan tutzorimizni oziqlantirib, suğoramiz. Negaki, ipak qurti boqiş davrida ozuqa möl bölsa, bu borada taşviş bölmaydi.Ipak qurtlariga öz vaqtida tut bargi ozuqasini yetarli miqdorda yetkazib berib turilsa, qurtxonalar harorati meʼyorida saqlansa, xona havosi tez-tez şamollatib tozalab turilsa, bas. Ipak qurtlari töyib oziqlanadi va möl pilla hosili yetiştirilişini taʼminlaydi.
Bu yilgi mavsumda ham har yilgidek möl pilla hosili yetiştirişga muvaffaq böldik. Bir qutidan ortiqroq ipak qurti boqib, el xirmoniga 108 kilogramm aʼlo navli pilla hosilini topşirdik. Bu bilan yurt boyligiga boylik qöşdik.
Şohida OTAJONOVA,
"Otajonov Şukurulo” fermer xöjaligi pillakori.
ISTIQBOLLI REJALAR
Joriy 2013-yil boşidan boşlab tumanimizda pillaçilikni yanada rivojlantiriş maqsadida "Yulduz-pilla” MÇJ taşkil topdi. Aniq va istiqbolli rejalar işlab çiqildi. Manğit paxta tozalaş zavodi "Yulduz” hissadorlik jamiyati homiyligida uç joyda – "Amudaryo-Panaşam” fermer xöjaligida, "Qipçoq” paxta qabul qiliş va saqlaş maskani yonida va "Oq oltin” ovulida loyiha böyiça har birida 70 qutidan jami 210 quti ipak qurtlari boqiladigan qurtxonalar qurilib, qurt boqiş mavsumigaça foydalanişga topşirildi hamda mana şu uçala qurtxonalarning har birida 70 quti ipak qurtlari boqişga kirişildi. Lekin ipak qurtlari uç-tört yoşdan boşlab bu qurtxonalarning hajmi torlik qilişi maʼlum böldi. Buni biz eʼtiborga olib, kelgusi 2014-yil boşida mazkur qurtxonalar bilan yonma-yon yana şunday uçta qurtxona qurişni rejalaştirib oldik.
Ipak qurti boqiş mavsumi jarayonida har bir qurtxonaga 45-50 nafardan mavsumiy işçi qabul qilindi va bu yilgi ipak qurti boqiş mavsumi muvaffaqiyatli ötdi. Faqat ipak qurtlarining ozuqa zahiralari yetişmovçiligidan ança qiynaldik, xolos. Şuni inobatga olib, yangi tutzorlar taşkil qilişni istiqbolli rejamizga kiritib qöydik.
Mana, nihoyat yangi qurtxonalarimizda boqilgan jami 210 quti ipak qurtlaridan şartnomaviy rejadagi 13210 kilogramm örniga 14000 kilogrammga yaqin aʼlo navli pilla hosili yetiştirildi. Bunda köp yillik boy tajribaga ega bölgan malakali pillakor agronomlarimizdan Bibisara Qöçqorova, Bibirabo Xalillayeva va Bobojon Tojiboyevlarning qurtxona işlarini mohirlik bilan taşkil etganligini va iş jarayonlarida mahorat körsatganliklarini alohida körsatib ötiş joizdir.
Omonboy ERDOŞEV,
"Yulduz-pilla” MÇJ rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶