JUMURNING MARD ÖĞLONI
Bugungi kunda yurtimizda yoşlarga yaratilayotgan şart-şaroitlardan oqilona foydalanib, katta marralar sari ilgarilayotgan tengqurlarimiz yutuqlarini körib, köz quvonadi. Mana şunday yoşlardan biri karate-do sport turining bir neça turnirlari ğolibi, Jumurning mard öğloni Şohruh Jumamurodovdir.
U 1999-yil 30-yanvarda tumanimizning sölim göşalaridan biri Jumur ovul mahallasida tuğildi. 48-sonli maktabda tahsil oldi. Maktabda öqituvçilari Muyassar Matmurodova, Raʼno Qodirova, Anvar Yusupov, Momojon Matmurodova, Ilhom Qalandarov, Gulbahor opa Abdurahmonovalar singari ziyolilardan taʼlim-tarbiya olib, öquvçilik çoğlaridayoq turli tanlovlarda iştirok etib, öz iqtidori bilan öqituvçilari eʼtiborini tortar edi.
Şohruh öquvçilik çoğidayoq – 2014-yilda Jizzax viloyati Zomin tumanida ötkazilgan "Yoş avtonazoratçilar - 2014”Respublika slyotida qatnaşib 2-örin sohibi bölgandi.
Ilmga qiziqişi uni QDU qoşidagi akademik litseyga yetakladi. U yerda ham ustozlari Yulduz Nurjanova, Maxsed Polvonov, Gulşod opa Asanovalardan taʼlim-tarbiya oliş bilan bir qatorda darsdan böş paytlari 3-son bolalar va ösmirlar olimpia zahiralari maktabida murabbiy Rustam Kazakov boşçiligida sportning karate-do turi bilan muntazam şuğullana boşladi. Şu oz fursat içida karate-do sport turining köpgina sir-asrorlarini örganişga muvaffaq bölgan Şohruh bir neça musobaqalar ğolibi hamdir. U 2015-yil 2-5-noyabr kunlari Toşkent şahrida ötkazilgan karate böyiça yoşlar, ösmirlar va kattalar örtasida Özbekiston kubogida 16-17 yoşlilar orasida 68 kg. vaznda yakka kuraş bahslarida 3-örinni, Qoraqalpoğiston Respublikasi oçiq kubogida 16-17 yoşlilar orasida 68 kg. vaznda 1-örinni, 2016 yil 14-fevralda esa 2016-yil "Soğlom ona va bola yili” munosabati bilan "Soğlom bola – soğlom va ahil oila mevasi” şiori ostida sportning şotokan karate-do turi böyiça ötkazilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi oçiq çempionatida 1-örinni va şu yili 22-may kuni Nukus şahrida "Soğlom ona va bola” yiliga bağişlab sportning karate turi böyiça ötkazilgan Qoraqalpoğiston Respublikasi oçiq çempionatida 16-17 yoşli sportçilar orasida 68 kg. oğirlikda kumite musobaqalarida 2-örinni egalladi.
- Albatta bu yutuqlarimning barçasi ota-onamning duosi va işonçi, ustozlarimning bergan taʼlim-tarbiyasi mevasi, deb öylayman, - deydi yoş sportçimiz.
Biz ham Şohruhga kelgusi öqiş va işlarida yana ham katta zafarlar quçişini tilab qolamiz.
Dinora KARIMBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶