Jayxun ilhomlari
Bahodir Xudoyberganov
QIRQ YILGA QASIDA
Ne maʼraka döstlar bugun elimizda,
Bu – qirq yillik ayriliqmi yölimizda?
Qirq yillik bir soğinç çökkan dilimizda,
Kim yoyadi sinfdoşlik sirlarini?..
Taqdir hukmi – bir sinfga töplanganmiz,
Murğak qalblar – katta-kiçik saflanganmiz,
Kelajakka birgalikda otlanganmiz,
Öğil-qizlar topib bir-u birlarini.
Idrok etdik birga, avval özimizni,
Anglab oldik kimga aytar sözimizni.
Qalʼalarga tikdik hayrat közimizni,
Aziz tutdik Qiliçboyning qirlarini.
Öşa damlar Badaytöqay sölim edi,
Sitoralar sirli, oylar tölin edi,
Qora soçlar qanday ğayur, qalin edi,
Yillar olar hayot haq-u borlarini.
Şuurimiz tölib bordi safolarga,
Qalqon böldi şu yurt ranj-u balolarga,
Şöx bolalik töldi ming-ming navolarga,
Tavof etdik Manğit elin yerlarini.
Sinfimiz-çi, qizlar bilan töla edi,
Jumaguldek şöx sinfdoş bölar edi.
Olti nafar bola bunda jöra edi,
Bir Madamin uzmas döstlik torlarini.
Amudaryo böylarini kezib ösdik,
Yaxşi kunlar kelişini sezib ösdik,
Ulkan-ulkan rejalarni tuzib ösdik,
Mustaqillik soçdi bizga nurlarini.
Ulğaytirar maktab beşak ruh-u tanni,
Birga öqiş - örganişdir ilm-u fanni,
Sinfdoşlik – idrok etiş hur Vatanni,
Aytsam sizga, hamfikrlik sirlarini.
Yillar bizni, axir aldab ketmagandir,
Farzandlarsiz daqiqalar ötmagandir,
Nabirani suymay tonglar otmagandir,
Ulğaytirdik avlodimiz erlarini
Dorilomon damlar zavqin suraylik-çi,
Ustoz bölib, yuzga kirib yuraylik-çi,
Farzandingiz neçuk, deya söraylik-çi –
Men bilaman, döstlar nima derlarini...
Farzandimiz komillikka ösib, yetsin,
Bizga şundan maqtanişlar nasib etsin,
Baland tutib, asrlarga olib ötsin –
Mustaqillik mayoğining nurlarini...
Istiqlolga guvoh bölgan bir avlodmiz,
Yillar oşa eslanarli hur avlodmiz,
Tariximiz şodasida dur avlodmiz,
Yodda saqlang sinfdoşlik sirlarini!
Sizni körib, közlar yoşga tölarmi-yey?..
Diydordan ham şirin tuyğu bölarmi-yey?..
Qalbga şodlik yoki armon tölarmi-yey...
Men quçaman döstlarning har birlarini!
Sinfdoşlar yillar oşa omon bölsin,
Diydor kabi tansiq hislar qalbga tölsin!
Vatan obod, doim hurlik zamon bölsin!
Soğinç çertsin doim mehr torlarini!
ISTIQLOL ŞUKUHI
Gözal va betakror Özbekistonda,
Bir yuz öttiz millatning vakillari bor.
Muqaddas Vatanda beminnat mehnat
Qilgan insonlarga baxt bölar yor.
Bayramlar yaraşar ona zaminga,
Boşlanmoqda bizning oltin kuzimiz.
Paxta xirmonlari yuksalib kökka,
Bölmoqda kundan-kun yoruğ yuzimiz.
Yurtimda kezmoqda bayram şukuhi,
Istiqlol muborak, aziz yurtdoşim.
Sarhisob qilamiz çorak asrlik
Bosib ötgan yölni, bugun, safdoşim.
Yurtda turli jabha qilindi isloh,
Yangidan qurildi maktab binosi.
Sanʼat, madaniyat jadal rivojda,
Hatto ortda qoldi dunyo jilosi.
Rivojlanişning özbek modeliga,
Dunyo aholisi tan bermoqda-ku.
Özbek öğlonlarin yutuqlariga,
Rio-de-Janeyro lol qolmoqda-ku.
Bundan-da yuqori marrani közlab,
Darkordir yangidan zafarlar quçmoq.
Ğurur va iftixor tölib yurakka,
Samodan quyoşdek ziyo, nur soçmoq.
Tilay osmonimning musaffoligin,
Biz yölçi, yölimiz ravon, oq bölsin!
Oilamiz xotirjam, yaxşilik uçun,
Qilgan orzu-niyat ijobat bölsin!
Jannatmakon yurtim – Özbekistonda
Istiqlol şukuhi bardavom bölsin!
Mustaqilligimiz abadiy bölsin!
Bayram barçamizga muborak bölsin!
Bekbergan TLEUMURODOV,
39-sonli maktab öqituvçisi.
KÖNGLIMGA
Sen-la tuşkunlikning tuşovin yeçsam,
Behis lahzalarning qurşovin ezsam.
Könglim iştiyoqi, jononim, jonim,
Umrim yöllarida gulgun makonim!
Osmonöpar orzu izmida yurgan,
Olis yulduzlarga qanotin urgan.
Oşiq xayollarim oşib boradi,
Tuyğum ilhom istab, şoşib boradi!
Sezgim anglatadi elga kerakli,
Orzum ozaymaydi yaxşi tilakli.
Sen-la tuşkunlikning tuşovin uzib,
Yozsam deyman manzur bayozlar tuzib.
Könglim tuyğulari, qolmanglar tözib,
Men-da yurayin-da kimdandir özib!
Sen-la tuşkunlikning tomirin kesib,
Könglim, nay çalaylik şamolday esib.
Yovni noşod etib, yorni şod etib,
Armon qolmas edi, ketsam-da ötib!..
Jumaboy HIDOYaTOV,
"Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.
Özbekistonim
Allohning nazari tuşgan yurtdir bu,
Osmonida Humo uçgan yurtdir bu.
Ezgu, töğri yölni quçgan yurtdir bu,
Fido bölay senga, Özbekistonim!
Hur Vatan bobolardan bizga meros,
Bugun bizga dunyo qilmoqda havas.
Doim şunday yaşna, gullayver qiyğos,
Abadiy bahordir Özbekistonim!
Bugun biz kim böldik, kim edik oldin?
Jahon tanir Özbekiston davlatin.
Aziz tuproğing ham misoli oltin,
Asragaymiz seni, Özbekistonim!
Har bir farzanding qalbida iftixor,
Jahonni titratgan öğlonlaring bor.
Marralar köp, maqsadimiz ustuvor,
Parvonamiz senga, Özbekistonim!
Biz-yurt kelajagi – öktam, navqiron,
Farzandlaring xizmatingga şay har on.
Köksimizda ğurur, qalbimiz şodon,
Koringga yarasak, Özbekistonim!
Dilobar USNADDINOVA.
PAXTA
Özbegimning faxridur paxta,
Hur ölkamiz boyligi paxta.
Dehqon mehnati ila yaralgan,
Baland rizq-u rözimiz paxta.
Sehr-u sinoatin yaratgan bilur,
U misoli behisob oltin.
Odamzotga asl libos bölur,
Özbegimning şonidur paxta.
Ğayrat otin mingan odamlar
Barçasi dalada şu damlar.
Paxta, deb qöyilar qadamlar,
Har dilda mehr uyğotgan paxta.
Paxtazorga oşiqdim men ham,
Çor tarafda haşar qizgan dam.
"Meni ol”, – deb çaraqlab turgan,
"Oq oltin”im – uluğ nasibam
Inobat OTAJONOVA, "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.
PAHLAVON
Pahlavonning köksida,
Bölsin qöri, mardligi.
Yiqilmasin maydonda,
Körmasin yer kuragi.
Yutay desang har zamon,
Maydonda halol kuraş.
Mardona oliş doim,
Yutqazmay desang, polvon.
Ötirişar keksalar,
Aylanişib davrani.
Agar bölsang noinsof,
Darrov noming qoralar.
Or-u nomus saqlanar,
Nomarddan hamma qoçar.
Qanot qoqib maydonda,
Nomard özin ob qoçar.
Mahliyo
GULMANBETOVA.
VATAN
Suvi tiniq, osmoni ham,
Dono şoir, olimlari.
Dilda ğurur uyğotadi,
Taraqqiyot odimlari.
Ariqlarda şarqiragan
Suvlarida ming bitta sir.
Tolei hur, yarqiragan,
Yurtga quyoş mangu asir.
Quloçimni yozganimça,
Havolarin simiraman.
Sevib ötay ölgunimça
Laylo senga şaydo, Vatan!
Laylo Rajabova,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
YÖQOTIŞ
Qismatim şu böldimi,
Otamni olib ketding.
Jonlarimni oğritib,
Yuragim yulib ketding.
Baxtiyor bölmas ekan,
Bir kam dunyoda odam.
Yetimlik yoziq ekan,
Har kimning umriga ham.
Işongim kelmas sira,
Otam örni böş qoldi,
Közda nam, dilda yara.
Yuragimni ğam oldi.
Allohim, bergil sabr,
El-u yurt omon bölsin.
Har inson topib qadr,
Hayotda baxtga tölsin.
Farruh QALANDAROV,
NDPI talabasi.
IFTIXOR
Gullagan bu gözal böston,
Taʼrifingga kamdir doston.
Sen bittasan Özbekiston –
Ey, gullagan ota makon!
Öğlonlaring Alpomişdek,
Qizing Barçin va Tömaris.
Ertang porloqdir quyoşdek,
Avlodlaring baxtli voris.
Yulduzxon YoQUBOVA.
Fasllar
Har fasl yurtimning çiroyin oçib,
Bezaydi gullarga, bezaydi nurga.
Fasllarning naqş-u sehriga boqib,
El-yurtim tolei töliqdir baxtga.
Fasllar içida bahor – kelinçak,
Gullarga burkanib yaşnagan şunça.
Qirdagi şabada unga belançak,
Bahor gullar içra nozik bir ğunça.
Quyoş ham çaraqlab qizdirgan çoğda,
Qaynoqlikdan dillar sevinsa, kulsa.
Bulbullar sayraydi ajib bir boğda,
Issiq nur tafti-la yoz kirib kelsa.
Daraxtlar libosi tubdan özgarsa,
Bunday manzaraning hissi bölakça.
Mevalar daraxtdan yerga tökilsa,
Oltin kuz faslining gaşti bölakça.
Bunda zaminimiz oromda yotar,
Oqayotgan soylar töxtab, bölar jim.
Qişda kumuş qorlar qalblarga yoqar,
Xalqimning baxti bu – mening ham baxtim.
Barçinoy QURBONBOYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶