28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:16
Jamiyat 👁 2,213

“Obod turmush yili“ yangiliklari

“Obod turmush yili“ yangiliklari

IQTIDORLI BOLALAR MASKANI

Bugungi kunda "Barkamol avlod” bolalar markazi tumanimizdagi iqtidorli, bilimga chanqoq oʻquvchi-yoshlarning sevimli maskaniga aylangan. Bu yerda bolalar oʻzlari xohlagan yoʻnalishlar boʻyicha iqtidorlarini namoyon etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Markazda badiiy ijodiyot, oʻlkashunoslik va ekologiya, texnika ijodkorligi yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etilgan toʻgaraklarda malakali mutaxassislar amaliy va nazariy mashgʻulotlar olib borishadi.

- Markazda texnika ijodkorligi yoʻnalishi boʻyicha yangi toʻgaraklar ochishni reja qilganmiz, - deydi markaz direktori oʻrinbosari M.Roʻzmetov. – Yaʼni, boshlangʻich texnik modellashtirish, yosh konstruktor-ixtirochi, radio-texnika, elektrotexnika va aloqa, kompyuter dizayni va grafika, kompyuter servis xizmati, yosh foto-kino havaskor kabi toʻgaraklar oʻz faoliyatini boshlaydi.

 

OVUL YoShLARINING BANDLIGI

"Choykoʻl” OFYda aholining ish bilan bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor beriladi. Ayniqsa, yoshlarni hududdagi obodonlashtirish va yakka tartibda uy-joy qurilishi ishlariga jalb etishda OFY tarkibiga kiruvchi mahalla qoʻmitalari raislari faollik koʻrsatishmoqda.

Hududdagi 2-mahalla qoʻmitasi raisi Q.Ernazarov mahalla yoshlari bilan ishlashishda boy tajribaga ega.

Bekorchidan xudo bezor, deyishadi. Ayni kunda mahallada bekorchi odamning oʻzi yoʻq. 20 nafardan ortiq yoshlar yakka tartibdagi uy-joy qurilishida ishlab, moʻl daromad topishmoqda.

Hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida tumanda "Obod turmush yili” Davlat Dasturi asosida amalga oshirilayotgan qurilishlardan bir qismi "Vaxum – Taqir qalʼa – Boʻzsuv - Choykoʻl” yoʻnalishidagi yirik nasos stantsiyalaridan biri "Choykoʻl” OFYning "Orqa ovul”  aholi punktida barpo etilayotgani yana koʻplab yoshlarning ish bilan taʼminlanishiga imkon yaratdi. Mazkur qurilishda ovul yoshlaridan 7 nafari ish bilan taʼminlanishdi.

 

"Dehqon bozori” koʻrkam boʻladi

"Mangʻit dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan "Dehqon bozori” hududini obodonlashtirish ishlari jadal davom ettirilmoqda.

2013-yilning oʻtgan 5 oyi davomida bozor hududida tadbirkorlar hisobidan 110 million soʻmlik, bozor maʼmuriyati hisobidan 60 million soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

- Yaqin vaqt ichida bozorni obodonlashtirish ishlariga yana 40 million soʻm mablagʻ ajratamiz, 80 million soʻmlik kredit olib koʻpgina jihozlar sotib olamiz, oʻz mahsulotlarini bozorga olib kelgan dehqonlarni elektron tarozilar bilan taʼminlaymiz, - deydi "Mangʻit dehqon bozori” MChJ rahbari Rustam Yangiboyev biz bilan suhbatda.

 

YaNGI OʻQUV YILI OLDIDAN

 Ayni kunda tumanimizdagi barcha taʼlim muassasalarida maktablar binolarini joriy va kapital taʼmirlash, kapital rekonstruktsiya qilish ishlari jadal davom ettirilmoqda.

2013-yilda investitsiya dasturi doirasida 5 ta maktabda kapital rekonstruktsiya va kapital taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Bolalar sportini rivojlantirish  jamgʻarmasi hisobidan 21-sonli musiqa maktabi binosi yangidan bunyod etiladi. 23-sonli maktabga esa sport zali qurib beriladi.

Bu ishlarni amalga oshirishda "Amudaryo” SQB, "Amudaryo qurilish” MChJ, "Qurilish xizmat” MChJ, "Amudaryo maxsus qurilish” MChJ quruvchilari sidqidildan mehnat qilmoqdalar.

Jonbozlik namunalarini koʻrsatib mehnat qilishayotgan quruvchilarning maqsadi – barcha qurilish-taʼmirlash ishlarini barvaqt yakunlab, maktablarning oʻqituvchi va oʻquvchilar jamoalariga koʻrkam, shinam oʻquv va sport inshootlarini topshirishdan iborat.

 

Yoz –oʻtmoqda soz

Bu yil butun mamlakatimizda boʻlgani kabi bizning tumanimizda ham maktab oʻquvchilarining yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazishlariga alohida eʼtibor berilmoqda.

Shu maqsadda tumanimizda 4 joyda – Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji qoshida "Qaldirgʻoch”, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji yonida "Bulbulcha”, Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji qoshida "Lochin”, Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji yonida "Oq kabutar” bolalar kunduzgi oromgohlari tashkil etildi.

Yozgi taʼtil davomida bolalarning 3 bosqichda dam olishi moʻljallangan ushbu oromgohlarda ayni kunda 380 nafar oʻquvchi miriqib dam olmoqda.

 

Kasanachilik rivoji

Hozirgi kunda tumanimizda yirik sanoat korxonalari, boshqa tarmoqlardagi yirik korxonalar va kichik sanoat korxonalarida uy mehnati orqali kasanachilik ish oʻrinlarini tashkil etishga alohida eʼtibor berilmoqda.

2013-yilning oʻtgan 5 oyi davomida tumanimizda 124 ta kasanachilik ish oʻrinlari yaratildi. Shu davr mobaynida kasanachilar tomonidan 161 million 188,3 ming soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ularning oʻrtacha ish haqlari 280 ming soʻmdan toʻgʻri kelmoqda.

Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazi kasanachilikni yanada rivojlantirish maqsadida mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat daftarchalarini yuritish yuzasidan nazorat ishlarini olib bormoqda.

 

Texnika taʼminoti yaxshilanmoqda

Texnika - dehqonning qoʻl-qanoti, deyishadi. Shu bois tumanimizda fermer xoʻjaliklari va muqobil mashina-traktor parklarining texnika bazasini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Qishloq xoʻjalik sohasiga Xitoydan keltirilgan va kelgusida xarid qilinadiganYTO rusumli traktorlarni ehtiyot qismlari bilan taʼminlash, ularga texnik xizmat koʻrsatish uchun sobiq «Amudaryo mashina traktor parki» bazasida yangi korxona ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Korxona Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi mazkur rusumli traktorlar uchun ehtiyot qismlari yetkazib beradi va servis xizmati koʻrsatadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026