IShBILARMONLIK MUHITI YaNADA YaXShILANADI
Prezidentimizning 2017-yil 1-fevraldagi "Tadbirkorlik subʼektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2750-sonli Qaroriga asosan Amudaryo tuman "Yagona darcha” markazi ham Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi balansiga oʻtkazildi.
Taʼkidlash joizki, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 16 turdagi ruxsatnomalarni boshqa idoralarga bormasdan tumandagi "Yagona darcha” markazida rasmiylashtirish amaliyotining yoʻlga qoʻyilishi sansalorlikning oldini olishga, tadbirkorlik subʼektlarining vaqti va moddiy sarf-xarajatlarini tejashga koʻmaklashmoqda.
Prezidentimizning yuqoridagi qarori asosida 2018-yil 1-yanvardan boshlab "Yagona darcha” markazlari orqali taqdim etiladigan litsenziya va ruxsatnomalarni qogʻoz shaklidagi maxsus blankalarda majburiy rasmiylashtirish talabi bekor qilinadi. Endilikda berilgan, toʻxtatib qoʻyilgan, qayta tiklangan, qayta rasmiylashtirilgan, bekor qilingan, shuningdek amal qilishi toʻxtatilgan ruxsatnoma va litsenziyalar haqidagi maʼlumotlarni "Litsenziya” axborot tizimlari majmuasi orqali olish imkoniyati yaratiladi.
Bu esa mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Sherzod Abdullayev,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Amudaryo tumani Axborot-maslahat markazi boshligʻi, huquqshunos.
(Foto - static.norma.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶