28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:35
Jamiyat 👁 2,329

“Obod turmush yili“ yangiliklari

“Obod turmush yili“ yangiliklari

Tomorqa uchun koʻmakdosh agregat

"Choykoʻl” qishlogʻida uddaburon dehqonlar koʻp. Qodir ota Kamolov ana shundaylardan biri. U yaqinda oʻz tomorqa xoʻjaligi uchun "Motoblok” agregatini sotib oldi. Oʻgʻillari Saʼdulla va Nuralla Kamolovlar ushbu yer haydovchi agregatni boshqarish sirlarini oʻrganib olishdi. Ayni paytda Qodir otaning oʻgʻillari mahalladoshlarining ogʻirini yengil qilib, ertagi kartoshka va bugʻdoydan boʻshagan yerlarini "Motobrok” agregati bilan haydab berishmoqda. Bogʻ va tomorqa yerlarini haydashga moslashtirilgan bu agregat yordamida yer sifatli haydalishidan hamqishloqlari xursand.

Moʻl hosil nishonalari

"Qangli” MMTP ga qarashli "Yalgʻash Yeshmurodov” fermer hoʻjaligi dalalarida gʻoʻzaga birinchi suvdan soʻng, ishlov berish ishlari tugallanish arafasida. Ijarachi Oydin Jumaniyozova esa oʻz qaramogʻidagi 2 gektar pahta maydonida suvdan keyingi oziqlantirish, ishlarini tugallab, ikkinchi suv ochish taraddudida egat olish ishlarini boshlab yuborgan.

- Fermer hoʻjaligi bilan shart noma asosida ishlab, har yili pahtadan moʻl osil yetishtirib kelaman,- deydi ijarachi dehqon Oydin Jumaniyozova.

Ayni kunda O.Jumaniyozova qaramogʻidagi pahta dalalarida moʻl hosildan darak berib, gʻoʻzalar baravj rivojlanmoqda. Har tup gʻoʻza 5-6 tadan boʻliq koʻsak tukkan.

Obod turmush manbai

"Choykoʻl "OFY ning "Orqa ovul” mavzesida yashovchi Ozodboy Avezovni mahalladoshlari ishning koʻzini biladigan tomorqa sohibi sifatida yahshi bilishadi. U oʻz tomorqa yeriga ertapishar va kuzgi uzum navlarini, olcha,gilos, bir necha hil navdagi olma koʻchatlarini oʻtqazib, soʻlim bogʻ yaratdi. Bir necha yilda hosilga kirgan bogʻ oilaning daromad manbaiga aylandi. Bogʻ atrofiga, tomorqasining "Boʻzsuv”kanaliga tutash qismiga ekilgan jiyda, uch-toʻrt xil navdagi sanoatbop teraklar oʻsib, uning daromadiga daromad qoʻshdi. Farzandlarining imorati uchun tusinbop yogʻoch mahsuloti izlab yurmaydigan boʻldi. Yaqinda esa tomorqa uchun moʻljallangan yer xaydab,egat oluvchi "Mato- blok ”agregatini sotib oldi.-

-Tamorqa –toʻkin sochin, obod turmush manbai,- deydi u.

Diniy maʼrifat markazi

Yusuf Eshon bobo jomʼe masjidi tumanimiz musulmonlari uchun diniy maʼrifat va maʼnaviyat maskani hisoblanadi. Har kuni bu muqaddas ziyoratgohga oʻnlab kishilar tashrif buyurishib, islom dini tarixi, madaniyati va maʼnaviyatiga oid oʻzlarini qiziqtirgan saollarga jaob oladilar.

- Ayniqsa, jumʼa namozi kunlari masjidimiz juda gavjum boʻladi, - deydi Yusuf Eshon bobo jamʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon hoji Matsafoyev. – Musulmonlar bu dargohga nafaqat islom arkonlari, diniy ibodatlarini ado etish, balki xalqaro maydonda oʻzlariga dinni niqob qilib olib islom olamiga mutalaqo zid gʻoyalarni targʻib qilib, yoshlar ongiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan diniy-ekstremistik oqim tarafdorlarining buzgʻunchi tashviqotlari, kirdikorlaridan voqif boʻladilar.

Chunki masjidda Abdurahmon hoji Matsafoyev rahbarligida olib borilayotgan diniy-maʼrifiy va axloqiy mavzudagi ishlarning barchasi sof islomiy manbalarga asoslangan boʻlib, barcha qiziquvchilar haqiqiy islom dinining insonparvarlik tamoyillari asosiga qurilganligidan, "Hizb-ut-tahrir”, "Salafiylar”, "Akromiylar”, "Tabligʻchilar”, "Nurchilar”, "Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimlarining buzgʻunchi terroristik tashkilotlar ekanligidan ogoh boʻladilar.

Obod va shinam goʻsha

"Choykoʻl” ovulining markaziy guzari kundan-kunga goʻzal va obod boʻlib bormoqda. Bunda hududda yashovchi tadbirkorlarning ham hissasi katta. "Jumaboy qoray” MChJ raisi Ikrom Jumaniyozov ana shunday tadbirkorlardan sanaladi. U MChJ ofisi oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat mollari bilan savdo qiluvchi doʻkon va ofis huzurida raynet tashkil etib, ovuldoshlarining ogʻirini yengil qilish bilan cheklanmadi. MChJ ofisi va doʻkon atrofini obodonlashtirib, moʻʼjizagina bogʻ ham yaratdi. Qishloq koʻrkiga koʻrk qoʻshib turgan bu shinam maskanda tashkil etilishi bilan 3 nafar kishi doimiy ish bilan taʼminlandi. Uning bu ishidan hamqishloqlari mamnun.

Tomorqadagi boylik

Tomorqa xoʻjaligini yuritish, rivojlantirish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Xitoy qishlogʻilik RaʼnoHayitboyeva bu borada oʻziga xos tajribaga ega dehqonlardan. Shuning uchun ham ovulda birinchilardan boʻlib "Neksiya” rusumli avtomashina sotib oldi. Oziq-ovqat doʻkonni ishini yoʻlga qoʻydi. Dangʻillama imorat qurdi. Qandini ursin!

- Ertagi pomidorni men bozorga olib chiqqanimda oilasi 3,5-4 ming soʻm edi, - deydi u. – Shu kungacha 1 tonnacha pomidor sotdim.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026