MUSTAQILLIK - ENG ULUĞ, ENG AZIZ NEʼMAT
Mamlakatimiz istiqlolga erişgan sana – 1-sentyabr – mustaqillik bayrami tobora yaqinlaşib kelmoqda. Ayni kunlarda butun yurtimiz böylab mustaqilligimizning 22 yilligini munosib kutib olişga qizğin tayyorgarlik işlari davom etmoqda.
Mustaqillik - bugun biz erişgan yuksak marralarga qanot bölgan kuç. Bugun yurtimizning har bir göşasida böy körsatib turgan ozod va obod Vatan manzaralari, avvalo, istiqlol şarofatidandir. Şu bois xalqimiz har yili eng uluğ va eng aziz bayramimizni özgaça şukuh, kötarinki kayfiyat bilan kutib oladi.
Bugun mamlakatimizda qölga kiritilayotgan yutuqlar va erişilayotgan yangi-yangi marralar haqida gapirganda, bu yutuqlarning tub asosida istiqlolning ilk kunlaridan belgilab olingan «Inson manfaati — har narsadan uluğ», «Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari — eng oliy qadriyat», «Islohot islohot uçun emas, avvalo inson uçun, uning farovon hayoti uçun», «Hamma narsa — inson uçun, uning kelajagi uçun» kabi köplab ezgu daʼvatlar va hayotbaxş ğoyalar turganini mamnuniyat bilan tilga olamiz.
Mustaqillik bizga eng avvalo özligimizni qaytarib berdi. Kim ekanimizni, qanday buyuk zotlar avlodi ekanimizni, heç kimdan kam emasligimizni va heç qaçon kam bölmasligimizni anglab, ötgan 22 yillik tarixan qisqa davrda dunyo hamjamiyatida öz örnimizga, öz sözimizga ega böldik.
Mustaqillik bizga inʼom etgan huquqlar juda köp. Masalan, birgina mulkdorlik huquqini olaylik. Bundan 22-yil oldin «xususiy mulk» degan tuşunçaning özi yöq edi. Istiqlol şarofati bilan bugun yurtimizda har bir inson mulkdor böla oladi, tadbirkorlar safi yil sayin ortib bormoqda. Barçamizga maʼlumki, Özbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda iqtisodiyotning ğoyat muhim sohasi bölmiş kiçik biznesni rivojlantirişni rağbatlantirişga, xususiy tadbirkorlik huquqlarining kafolatlari va himoyasining kuçli tizimini yaratişga juda katta eʼtibor berib kelinmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, ruxsat beriş tartib-taomillarini soddalaştiriş, soliq va statistik hisobotlarni qisqartirişga qaratilgan qonun hujjatlari va normativ aktlar majmuasining qabul qilinişi kiçik biznes subʼektlari rivojiga xizmat qilmoqda.
Tadbirokorlarning qonun bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş, ularning rivojlanişiga tösiq bölayotgan muammolarni bartaraf etiş borasida tuman Prokuraturasi tomonidan qator amaliy işlar qilinmoqda. Jumladan, joriy yilning ötgan 6 oyi davomida 8 ta holatda Prokuratura aralaşuvi bilan tadbirkorlarning poymol qilingan huquqlari tiklandi. Prokuraturada taşkil qilingan 007 raqamli işonç telefoniga tadbirkorlardan 4 ta qönğiroqlar kelib tuşgan bölsa, telefon orqali murojaatlarda aytilgan muammolarning barçasi tadbirkorlar foydasiga hal qilindi.
Şuni faxr bilan aytiş mumkinki, bugun yurtimizning har bir fuqarosi istiqlol bergan ana şu huquq – tadbirkorlik bilan şuğullanib, mulkdor böliş, öz oilasi, özi yaşayotgan hudud va mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanişiga hissa qöşiş baxtiga ega.
Fursatdan foydalanib, ana şunday baxtni özining oliy maqsadi, Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qöşişni farzandlik burçi, deb bilgan holda turli sohalarda işlab, mehnat qilayotgan har bir yurtdoşimizni yaqinlaşib kelayotgan eng uluğ va eng aziz bayramimiz – mustaqilligimizning 22 yilligi bilan tabriklayman.
Qadr-qimmatimiz, tayançimiz va iftixorimiz bölmiş muqaddas Vatanimiz hamişa tinç, xalqimiz omon, turmuşimiz obod va istiqlolimiz abadiy bölsin!
Farxad ALLAMBERGENOV,
tuman prokurori, adliya maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶