AYoL BAXTI
... Bugun uning uçun odatdagidek bir kun xolos. Mana 15-yildirki, şu ahvol, bu oilada. Eri yomon odam emas: içmaydi, çekmaydi, ayoliga ovozini kötarib gapirmaydi. Işdan uyga, uydan işga boradi, ayrim erkaklarga öxşab köçama-köça sanğimasa-da, ayoliga munosabati boşqaçaroqdek. Eri heç qaçon u bilan oçilib gaplaşmagan. Oldinlari qaynota-qaynona, ovsinlari bilan birga yaşaganlarida unçalik bilinmasdi. "Men bilan gaplaşgani ota-onasidan uyalsa kerak”, deb öylardi. Endi-çi, nima halaqit beradi? Farzandlari katta bölişgan, ikkalasi ham maktabda öqişadi, öqişdan keyin öğli boks tögaragiga, qizi esa ingliz tili tögaragiga qatnaşadi. Yolğiz qoladigan vaqtlari köp bölsa-da eri unga tayinli bir gap aytmaydi. Ayol kutadi, eri u bilan hazillaşib, dildan gaplaşadigan kun, albatta keladi!
Bahor yaqinlaşib, bayramlar kelişini ayol boşqaça kutadi. Bu yil bayram özgaça bölişiga özini işontiradi. Har yil şunaqa böladi özi. Bahorning ilk ayyomi – 8-mart bayramida möʼjiza yuz berib, erining özgarib qolişini tasavvur qiladi. Dam oliş kunlari, bayramlarda baʼzi er-xotinlar şahar markazidagi sayilgohga, yaqinlarinikiga mehmonga borişadi, mazza qilib dam olişadi. Ayol esa buni orzu qiladi, xolos. Eridan iltimos qilolmaydi. Rad qilsa-çi? Yöq, yöq köngli sinadi unda.
Bugun bayram. Eridan endi u ortiqça narsa kutmay qöygan. Biladi, möʼjiza ertaklarda bölişini. Har yilgiday guldasta va tort kötarib kelayotgan erini köz oldiga keltiraverib, töğrisi, çarçadi ayol. Hafsalasizgina, tuşlikka dasturxon tuzadi. Bugun ham er-xotin bolalarsiz tuşlik qilişadi, har doimgidek jimgina.
Eşik qönğiroği çalindi. Ayolning köngli birdan orziqib ketdi. Qönğiroq ovozi ham bugun yoqimliroq tuyuldi. Eşikni oçsa, eri.
– Tez kiyin, onasi. Bugun seni restoronga olib boraman, keyin istirohat boğiga boramiz. Öylab qarasam, şu yillar içida birga dam olmabmiz, bayraming muborak!
Ayolning közlarida yoş aylandi. Bu sevinç yoşlarini erining mehribon barmoqlari asta artdi...
Ayolni baxtli köriş uçun köp narsa kerak emas ekan. Erkak buni tuşunib yetdi, keç bölsa-da...
Nodira YaNGIBOYeVA.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶